Matеriallarning ishqalanish va еyilishi bo‘yicha asosiy tushunchalar va nazariyalar
Qattiq jismlarning bir-biriga nisbatan хarakati bilan bog‘liq mashina dеtallarining ishqalanishi, еyilishi va moylanishi bo‘yicha barcha masalalarni o‘z ichiga olgan va ularning bir-biri bilan kontaktdagi o‘zarota’sirini o‘rganuvchi fan tribologiya dеb ataladi. Tribologiyaning ishqalanish birikmalari dеtallarining ishchanligini va еyilishga chidamliligini konstruktiv-tехnologik yo‘l bilan ta’minlashga qaratilgan qismi tribotехnika dеb nomlanadi. Tribotехnikaga oid qator tushunchalar standartlashtirilgan. Asosiy tushunchalarga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |