1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish kozda tutilgan holda qollaniladi. Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita togridan togri 1010-1090 schetlarda aks ettirish kozda tutilgan bolsa, u holda 1510-schet qollanilmaydi.
1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish kozda tutilgan holda qollaniladi. Hisob bahosi bolib, odatda, normativ yoki rejali tannarx hisoblanadi. Tayyorlangan (sotib olingan) materiallarning haqiqiy tannarxini hisob bahosidan kop bolishi ushbu schetning debetida, kam bolishi esa uning kreditida 1510-schet bilan korrespondensiya-langan holda aks ettiriladi. 1610-schetning debet qoldigi summasi hisob baholaridan ortiq qiymatda kelib tushgan materiallarga togri keladigan chetlanishlar summasini korsatadi. Baholar ortasidagi farqlar sotib olingan materiallarni haqiqatda sarflangan vaqtida ularning hisob bahosidagi qiymatiga proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.
Materiallarning harakatiga doir operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
1. Hisob siyosatida 1510 schyotni qollash kozda tutilmagan holda
Tar-tib raqam
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Debet schyot
|
Kredit schyot
|
Yozuvga asos boluvchi hujjat
|
1.
|
Materiallar taminotchilardan qabul qilinganda:
zaxiralarni QQSsiz sotib olish qiymatiga
QQS summasiga
|
1010-1090
4410
|
6010,
4110
6010
|
Shartnoma, schet-faktura
|
2.
|
Yordamchi ishlab chiqarishdan olinganda
|
1010-1090
|
2310
|
Hisobot, nakladnoy
|
3.
|
Hisobdor shaxslardan olinganda
|
1010-1090
|
4220-
4230
|
Bonak hisoboti
|
4.
|
Yarim tayyor materiallar xom ashyo va materiallar tarkibiga kiritilganda
|
1010-1090
|
2110
|
Qaror, nakladnoy
|
5.
|
Tayyor mahsulotlar materiallarga aylantirilganda
|
1010-1090
|
2810-2820
|
Qaror, nakladnoy, talabnoma
|
6.
|
Xojalik inventarlari va buyumlari materiallarga aylantirilganda
|
1010-1090
|
1080
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
7.
|
Tasischilardan olinganda
|
1010-1090
|
4610
|
Ustav, shartnoma, dalolatnoma, schet-faktura
|
8.
|
Davolar boyicha olinganda
|
1010-1090
|
4860
|
Qaror, schet-faktura
|
9.
|
Bepul olinganda
|
1010-1090
|
8530,
|
Qaror, schet-faktura, dalolatnoma
|
10.
|
Moliyaviy yordam sifatida olinganda
|
1010-1090
|
9380
|
Shartnoma, schet-faktura, dalolatnoma
|
11.
|
Kamomadlar orniga qabul qilinganda
|
1010-1090
|
4730
|
Qaror, schet-faktura, dalolatnoma
|
12.
|
Naqd sotib olinganda
|
1010-1090
|
5010-5020
|
Schet-faktura, chiqim kassa orderi
|
13
|
Inventarizatsiya aniqlangan ortiqchalar summasiga
|
1010-1090
|
9390
|
Inventariza-siya varagi, qaror
|
14.
|
Ichki alamashuv bolganda
|
1010-1090
|
1010-1090
|
Inventariza-siya varagi, nakladnoy, talabnoma
|
15
|
Qayta baholanganda:
-narxi oshirilganda
-narxi kamaytirilganda
|
1010-1090
9430
|
9390
1010-1090
|
Dalolatnoma
|
16
|
Asosiy ishlab chiqarishga sarflanganda
|
2010
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
17
|
Yordamchi ishlab chiqarishga sarflanganda
|
2310
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
18
|
Umum ishlab chiqarishga sarflanganda
|
2510
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
19.
|
Xizmat qiluvchi xujaliklarga sarflanganda
|
2710
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
20.
|
Reklama uchun sarflanganda
|
9410
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
21.
|
Boshqaruv maqsadlariga sarflanganda
|
9420
|
1010-1090
|
Talabnoma, nakladnoy
|
22.
|
Sotilganda:
-sotish qiymatiga
-QQS summasiga
-tannarxiga
-sotishdan olingan foydaga
-sotishdan korilgan zararga
|
4010
9220
9220
9220
9430
|
9220
6410
1010-1090
9320
9220
|
Shartnoma, schet-faktura
|
23
|
Bepul berilganda:
-tannarxiga
-QQS summasiga
-korilgan zararga
|
9220
9220
9430
|
1010-1090
6410
9220
|
Qaror, schet-faktura, shartnoma
|
24.
|
Kamomad chiqganda:
-moddiy javobgar shaxs boyniga qoyilganda
-karrali ondirish summasiga
-korxona zarariga olib borilganda
|
4730
4730
9430
|
1010-
1090
9390
1010-1090
|
Dalolatnoma,
Qaror
|
25
|
Tasis badali sifatida kiritilganda:
-kelishuv qiymatiga
-QQS summasiga
-tannarxiga
foyda summasiga
|
0610-0690
9220
9220
9220
|
1010-1090
6410
1010-1090
9320
|
Shartnoma, qaror, schet-faktura
|
26.
|
Tayyor mahsulotga aylantirilganda
|
2810-2820
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
27
|
Yarim tayyor materialga aylantirilganda
|
2110
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
28
|
Arzon baxoli inventarlarga aylantirilganda
|
1080
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
29.
|
Tayyorlov- transport harajatlari tannarxga kiritilganda
|
1010-1090
|
1510
|
Raschet
|
30
|
Brak mahsulotga kiritilganda
|
2610
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
31
|
ITI va TKI ga sarflanganda
|
3190
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
32
|
Kapital quyilmalarga kiritilganda
|
0810
|
1010-1090
|
Qaror, talabnoma, nakladnoy
|
33
|
Taminotchilarga qaytarilganda
|
6010,
4110
|
1010-1090
|
Dalolatnoma, schet-faktura
|
34.
|
Barter operatsiyalariga kiritilgan materiallarning tannarxiga
|
4010
|
1010-1090
|
Shartnoma,
Schet-faktura
|
35.
|
Favqulotdagi xodisalar oqibatlarini bartaraf etishga sarflanganda
|
9720
|
1010-1090
|
Qaror, schet-faktura, dalolatnoma
| 2. Hisob siyosatida 1510 schyotni qollash kozda tutilgan holda
Tar-tib rakami
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Debet schet
|
Kredit schet
|
Yozuvga asos boluvchi hujjat
|
1.
|
Materiallar taminotchilardan qabul qilinganda:
Zaxiralarni QQSsiz sotib olish qiymatiga
QQS summasiga
|
1510
4410
|
6010,
4110
6010
|
Shartnoma, schet-faktura
|
2.
|
Yordamchi ishlab chiqarishdan olinganda
|
1510
|
2310
|
Hisobot, nakladnoy
|
3.
|
Hisobdor shaxslardan olinganda
|
1510
|
4220-
4230
|
Bonak hisoboti
|
4.
|
Tayyorlovga doir xizmatlarga
|
1510
|
6990
|
Schet-faktura
|
5.
|
Tayyorlov boyicha bildirilgan davolarga
|
4860
|
1510
|
Davo xati
|
6.
|
Tayyorlov natijasida kirim qilingan materiallarga
|
1010-1090
|
1510
|
Qabul qilish dalolatnomasi
|
7.
|
Tayyorlovning haqiqiy qiymati materiallarning hisob bahosidan past bolganda
|
1510
|
1610
|
Buxgalteriya malumot-nomasi
|
8.
|
Tayyorlovning haqiqiy qiymati materiallarning hisob bahosidan yuqori bolganda
|
1610
|
1510
|
Buxgalteriya malumot-nomasi
|
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi boyicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy texnik taminotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo’lib, EҲMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo’lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni oz vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bolimi olib boradi. Marketing bolimi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi boyicha davolarni rasmiylashtiradi, agar yuklar oz vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi.
Тransport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo’lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga davo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib koradi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida korsatilganiga toliq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi.
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari korsatilgan mahsus shtampa qoyib, uni toldiradi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, tort nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga kirim orderini orniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun.
Тo’lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul qilish togrisida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning taminot bolimi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi davo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar boyicha qoshimcha tolov talabnomasi yuborish togrisida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bolimiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bolsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xojalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jonatish, xojalik extiyojiga ishlatish, xojalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, tolov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bolimi tomonidan malum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga otkaziladigan bir yoki bir necha materiallar turlari boyicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur boladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bolimi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jonatish limiti materiallarning mazkur turi boyicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. Materiallarni ombordan jonatishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qoyadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan song foydalanilmagan limit summasi chiqarib qoyiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qoshimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bolgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jonatiladigan hollarda foydalanilsa, xojalik va boshqa extiyojlari uchun bir yola materiallar jonatilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qollaniladi. Akt-talabnoma materiallarni istemol qiluvchi bolimlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qoyilib, material oluvchida qoladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qoyilib omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jonatiladigan materiallar uchun yoki materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini korsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jonatiladi.
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan ozining xojaliklari uchun jonatilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qollaniladi. Ular taminot bolimi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jonatilsa, tovar transport nakladnoyi yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini togri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot boyicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob malumotlari boyicha toliq malumotlar hisobga olinadi.
«Masul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» esa 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi.
Material qiymatliklar pul olchovida hisobga olinib,
19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari boyicha davriy inventarizatsiya otkaziladi. Materiallarning qoldigi va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, ozining ehtiyoji uchun yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.
Materiallarni sarflanishi boyicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlarni yonalishlari boyicha guruhlanadi. Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan song haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. Shunday qilib, qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi malumotlar buxgalteriya hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, Bosh daftarda esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jonatilgan materiallarning haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va Bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qollasa ham boladi. Bunda materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bogliq bolgan barcha xarajatlar 1510 - «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga yetkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, ortacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning debetida yigilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib otkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t 2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish boyicha xarajatlar sodir bolganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
1000 «Materiallar» ni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
|
Schyotning kreditiga
Debet
|
Schyotning debetiga
Kredit
|
2010, 2310, 2510, 2610, 3100 schyotlar FIFO va AVEKO baholari buyicha asosiy ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlashga;
|
6010 mol yuboruvchilardan tushgan qiymatliklar - olingan qiymatliklarni tashish va olib kelish qiymatiga;
|
2710 xizmat korsatuvchi xojaliklar ehtiyoji uchun materiallar sarflanganda
|
4200 hisobdor shaxslar hisobidan sotib olingan qiymatliklar summasiga, hisobdor shaxslar tomonidan tolangan yuklash tushirish xarajatlari summasiga;
|
9220materiallarni chetga jonatish va sotish boyicha; chetga sotilgan mahsulotga tegishli transport-tayyorlov xarajatlariga.
|
6710 yuklovchilarga hisoblangan ish haqiga;
|
1510«Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida yoldagi material qiymatliklar togrisidagi joriy axborot aks ettiriladi.
|
6520 yuklovchilarga hisoblangan ish haqidan ijtimoiy sugurtaga ajratma;
|
2310 yordamchi ishlab chiqarish sexlari tomonidan tayyorlangan va omborga topshirilgan buyumlar qiymatiga- omborga topshirilgan chiqindilar va tejalgan materiallar qiymatiga;
|
9210 asosiy vositalarni tugatilishidan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
|
2610 batamom yaroqsiz mahsulotdan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
|
2010 asosiy ishlab chiqarishdan olingan va omborga topshirilgan chiqindilar va tejalgan materiallar qiymatiga.
|
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qollanilganda material qiymatliklar haqiqiy tannarx boyicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti qollanilmaydi.
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan qiymati orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq qomitasining 2001-38-sonli 2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga otkaziladi. Bizning misolimizda bu foyda 450000 somni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» - 450000 so’m,
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib kеtishidan olingan foyda» - 450000 so’m.
Korxonalarda matеrial qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo’yicha aniq aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» schеtiga o’tkaziladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» 1800000 so’m, Kt 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan talofatlar» - 1800000 som.
Shunday qilib, xojalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan meyorlarga muvofiq sarflashda bevosita buxgalteriya hisobining naqadar togri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bogliqdir.
Xulosa
Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bogliq bolib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda togri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini taminlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bolgan baholash usullarini qollash natijasida mahsulot tannarxini obyektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.
Тavsiya etilgan adabiyotlar
Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Дарслик.-Т.: 2004.- 279 бет.
Каримов А ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. Т. 2004, 591бет.
Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004
Гусева Г.Н.,Шеина Г.Н. Основы бух. Учёта: теория, практика,тесты. Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |