«Sokol» gimnastika tizimi. Chexiyada XIX asrning 60-yillarida «Sokol»
(Lochin) gimnastika harakati vujudga kelgan. Ular o’z milliy ozodligiga intilib,
«Sokol» harakatini yaratdilar. Tizimda mashqlarning gavdaga ta’siri emas, balki
bajariladigan harakatlarga ko’proq e’tibor berilgan.
Chexlar saf mashqlari va kiyimlarga juda katta e’tibor berishgan. Gavda
hamda oyoqlarning nozik, aniq va tashqi ko'rinishi go’zal harakatlarigina amalda
qo’llanilgan. «Sokol» gimnastikasining asosiy muallifi, mashqlarning asosiy
texnikasi va usullarini ishlab chiqqan kishi estetika professori Miroslav Tirsh
(1832-1884) edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |