Professional sport. Havaskorlik sporti qatorida professional sport ham rivoj
topdi. XVII-XVIII asrlarda mavjud bo'lgan sovrinli sport o'rniga hozirgi davr
professional sporti paydo bo'ldi, bu savdo-ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan
uzviy bog'liq edi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli
yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi
(11-rasm)
. Chunki u tovarlarni reklama
qilish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Professional spoitchi va
tadbirkorlarning
(menejer)
o'zaro
munosabatlari
shartnomalar
asosida
rasmiylashtiriladi. «Qanday bo'lmasin g'alaba» shiori ostida katta pul evaziga barcha
joylarda reklama qilish professionalizm yo'lida amalga oshirib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |