Materiallar


XII  BOB  YUKLARNING  DINAMIK  TA’SIRI



Download 6,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/503
Sana31.12.2021
Hajmi6,18 Mb.
#272983
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   503
Bog'liq
Materiallar qarshiligi (2)

XII  BOB 
YUKLARNING  DINAMIK  TA’SIRI
M avzu  m azm uni.  M azkur  bobda  inshoot  yoki  mashina  qismlariga  di- 
namik  yuklar  t a ’sir  etganda  elementlarda  hosil  bo'ladigan  kuchlanish  va 
deformatsiyalarni  aniqlashga  oid  m a ’lumotlar  bilan  tanishamiz.  Inersiya 
kuchlari  hisobiga  qo'shim cha  kuchlanishlar  paydo  bo'lganda  elementning 
mustahkamligi  qay  darajada  о ‘zgarishini  tekshiramiz.
12.1.  Umumiy  m ulohazalar
Y uklar  inshoot  yoki  mashina  qismlariga  statik  yoki  dinamik  ravishda 
ta ’sir  etishi  mumkin.  Har  ikkala  holda  ham  materiallar  qarshiligining  asosiy 
m asalasini  yechish,  y a ’ni  m aterialga  b o g ‘liq  holda  k o ‘ndalang  kesim  
oMchamlarini  tanlash  masalasini  hal  etish  talab  etiladi.  Avvalgi  boblarda 
biz  bu  masalani  statik  yuklar  ta ’siri  uchun  hal  etdik.  Mazkur  bobda  esa 
dinamik  yuklar  ta’sirini  ko‘rib  o ‘tamiz.
Eng  a w a l  dinamik  yuk  bilan  statik  yukni  farqlab  olish  maqsadida  bir 
oddiy  misol  keltiramiz.  Aytaylik,  m ashhur  usta  Mirjalol  binoning  yuqori 
qavatlaridan  birida  g ‘isht  terayapti.  Avval  devorning  g ‘isht  teriladigan  qis- 
miga  astagina  qorishma  yoyadi,  qo‘Iiga  g ‘isht  olib,  uni  o ‘z  o ‘miga  asta 
q o ‘yadi,  yaxshiroq  yopishsin  deb  g ‘ishtning  ustiga  kurakchasi  bilan  bir-ikki 
urib  qo‘yadi.  Shu  oddiy  jarayonni  nazariy  jihatdan  tahlil  qilsak,  bu  yerda 
ham  statik,  ham  dinamik  yuklarga  duch  kelamiz;  qorishm aning  devorga 
yoyilishi,  g‘ishtning  asta  qo‘yilishi  statik ta ’sir;  kurakcha  bilan  urib  qo'yilishi 
esa  dinamik  ta ’sir  sanaladi.  Sababi  shundaki,  qorishm a  yoyish  va  g‘isht 
qo ‘yish  harakatlarida  tezlik  o ‘zgarmas,  tezlanish  y o ‘q,  y a’ni  nolga  teng. 
Tezlanish  yo‘q  yerda  N ’yutonning  ikkinchi  qonuniga  ko‘ra  inersiya  kuchi 
boMmaydi.  Inersiya  kuchi  uyg‘otmaydigan  ta ’sir  statik  ta ’sir  yoki  statik  kuch 
sanaladi.  Kurakcha  g ‘ishtga  urilganda  uning  tezligi  ju d a  qisqa  vaqt  ichida 
qirqiladi,  bu  esa  o ‘z  navbatida  tezlanish  uyg‘otadi.  Tezlanishning  massaga 
k o ‘paytmasi  inersiya  kuchini  beradi.  Misolni  davom  ettiramiz.  Bexosdan 
g 'ish t  ustaning  qoMidan  pastga  tushib  ketdi,  deylik.  Katta  tezlanish  bilan 
yerga  tushgan  gMsht  parchalanib  ketadi.  GMshtni  parchalagan  kuch  aynan 
inersiya  kuchi  boMadi.  Yuqoridan  tushib  kelayotgan  g ‘ishtning  tezligi  tobo- 
ra  ortib  boradi,  bu  esa  o ‘z  navbatida  tezlanish  uyg‘otadi.  G ‘isht  yerga 
urilganda  tezlik  nol,  tezlanish  esa  maksimum  boMadi.  Maksimal  tezlanish


esa  maksimal  inersiya  kuchini  vujudga  keltiradi.  G ‘ishtning  yer  sirtiga  zarb 
bilan  urilishi  dinamik  yuk  sanaladi.  Dinamik  yukning  miqdori  gMshtning 
vazni  bilan  inersiya  kuchining  yig‘indisiga  teng  b o ‘ladi.  Bunga  o‘xshash 
misollarni  m uhandislik  amaliyotidan  k o ‘plab  keltirish  mumkin.  M asalan, 
k o ‘tarma  kranda  biror  yuk  o ‘zgarmas  tezlik  bilan  ko‘tarilsa,  uning  trosga 
b o ‘lgan  ta ’siri  statik  boMadi.  Agar  bu  yuk  m a’lum  tezlanish  bilan  ko‘tarilsa, 
u  holda  ta ’siri  dinamik  boMadi.  B ug1  mashinalari  va  ichdan  yonar  dvigatel- 
larning  shatunlari  ham  o ‘zgaruvchan  tezlik  bilan  harakatlanadi.  Aylanuvchi 
qismga  ega  boMgan  m ashinaning  poydevorga  boMgan  ta ’siri  ham   dinamik 
yuk  liisoblanadi.  Tem ir  beton  qoziqlarni  qoqib  kiritadigan  gurzi  (molot)  lar- 
ning  zarbi  ham  dinam ik  yuklar  sirasiga  kiradi  va  h.k.  Mashinasozlik,  samo- 
lyotsozlik  va  transport  sohalarida  dinamik  yuklar,  dinamik  ta ’sirilar  ostida 
ishlaydigan  mashina  qismi  va  elementlarni  k o ‘plab  uchratish  mumkin.  Mu- 
handis  dinamik  yuklar  ta ’sirida  ishlaydigan  inshoot  yoki  mashina  qismlarini 
hisoblashni  bilishi  lozim.  Quyida  aynan  ana  shular  haqida  gap  boradi.

Download 6,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish