4. Material resurslaridan foydalanish samaradorligi
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida sanoat korxonalariga qonun doirasida harakat qilish mustaqilligi berilgan. Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Bu holat korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham bevosita bog‘liq.
Korxonalar ishlab chiqarishining rivojlanishini rejalashtiradilar. Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu masalalar korxonalarning biznes-rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi.
Korxonalar o‘z maqsadining muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsa-dida o‘zlarini ishlab chiqarishlar moddiy texnika resurslari bilan ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning uchun aniqlangan, ya’ni korxona uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif qilinganligi o‘rganiladi. Korxona o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddiy tex-nika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladi.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
Moddiy - texnika ta’minotini kompleks tahlil etishda talabni shartnoma bo‘yicha qoplanishi va bajarilishi aniqlanadi.
1-jadval : Moddiy resurslar ta’minoti
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, «A» xomashyo turiga tuzilgan tashqi shartnoma 95,1 (23300:24500x100) foizga, «B» turi bo‘yicha 95,0 foizga bajarilgan xolos. Korxonani ichki va tashqi manbalar bo‘yicha xomashyoga bo‘lgan talabi «A» xomashyosi bo‘yicha foizga, «B» xomashyosi bo‘yicha esa 95,1 oizga ta’minlangan. Materiallarni yetkazib berish rejasi 10,4
foizga bajarilmagan.
Zaxira holatini tahlil etish uchun belgilangan me’yor bilan zaxirani
kundalik sarfi taqqoslanib xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurs-larni ortiqchaligi yoki yetishmasligi aniqlanadi.
2-jadval Moddiy resurslar zaxirasi
Moliyaviy va boshqaruv tahlilida optimal hajmdagi buyurtma va zaxiralarni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zaxiralarni boshqarish eng zarur va mas’uliyatli hisoblanadi. Korxonaning barcha yakuniy natijalari zaxiralarni optimallashtirishga bog‘liq. Zaxiralarni samarali boshqarish sarmoyalarni aylanishini tezlashtiradi va uning daromadliligini oshiradi, zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi, xo‘jalik oborotidan sarmoyalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid etish va uni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
1) tovarlarni tashish xarajatlari;
2) tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari
2. Korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi tahlili
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yo-riy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxo-nalarida biznes-rejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqa-rish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi, ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi.
Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil
boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta’minlash uchun shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxo-nalarga material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda o‘z aksini topadi. Korxona moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlar-dan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yara-tilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi. Ularni quyi-dagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:
- korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgi-langan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;
- erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsu-lotning umumiy miqdoriga ko‘paytiriladi;
- moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiq-cha xarajat reja bo‘yicha ko‘zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi.
Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishil-gan iqtisod asosida qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Materiallardan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi jadvaldan foydalanamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |