Matematikani o‘rganuvchilar uchun mobil ilovalar yaratish s. I. Ibragimov – Axborot texnologiyalar fakulteti o’qituvchisi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#208571
Bog'liq
Maqola



MATEMATIKANI O‘RGANUVCHILAR UCHUN MOBIL ILOVALAR 

YARATISH 

S.I.Ibragimov – Axborot texnologiyalar fakulteti o’qituvchisi 

I.B.Yarashov – Amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi talabasi 

Buxoro davlat universiteti 

Bugungi rivojlanayotgan vatanimiz – O’zbekistonda hayotimizning barcha 

jabhalarida bo’lganidek, ta’lim tizimida ham juda katta islohotlar amalga 

oshirilmoqda, ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot 

texnologiyalarini olib kirish, ta’limni masofaviylashtirish muammolarini hal qilish 

alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa hozirgi epidimologik vaziyatni hisobga olgan 

holda ta’lim tizimining sifati keskin tushib ketishining oldini olish va rivojlanishni 

yuqori cho’qqilarga olib chiqish uchun axborot texnologiyalarining o’rni beqiyos 

ekanligi hech kimga sir emas. Axborot texnologiyalar orasida telefonlar shu 

darajada ommalashganki ular bugungi kunda butun dunyo bo’ylab eng ko’p 

foydalanuvchiga ega qurilmalar hisoblanadi. Bunga sabab telefonlar o’zida aloqa 

qilish xizmati bilan birga bir qator qulayliklarni ham o’z foydalanuvchilariga 

taqdim etishadi. Mobil qurilmalarga bu qulayliklar ilovalarni yaratuvchi 

dasturchilar tomonidan turli dasturlash tillarida yozilib foydalanuvchilarga taqdim 

qilinadi, hamda bu yo’nalish “Mobil developer” deb nomlanadi. 

Mobile Developer – Mobil qurilmalar uchun dastur tuzish 

  Java/Kotlin(Android) 

  Swift(iOS) 

  Flutter(Android, iOS) 

  React Native(Android, iOS) 

Mobil qurilmalar xuddi kompyuterlar kabi bir necha OS(Operating System)larda 

ishlaydi. Yuqorida keltirilgan dasturlash tillari yordamida dasturchilar bugungi 

kunda mobil qurilmalarning 99% ini qamrab olgan Android va iOS operatsion 



tizimlari uchun dasturlarni yaratishadi. Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli 

barchasi mobil qurilmalarga ega ekanligi hammaga ma'lum. Bu qurilmalarning 

juda katta qismi Android operatsion tizimida ishlaydi. Statistik ma'lumotlarga 

qaraganda, aqlli qurilmalar(smart devices)ning 80% dan ortiq qismi Android 

tizimida ishlaydi. Android tizimi keng imkoniyatli, dasturchilarga qulay, bepul va 

albatta ochiq kodlidir. Android tizimlar uchun dasturlarning ko’pchilik qismi 

hozirda Android Studio muhiti yordamida Java yoki Kotlin dasturlash tillarida 

yaratiladi. 

 

Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri maktab o’quvchilari xususan 



abituriyentlar orasida mobil qurilmalarga bog’lanib qolish va qaramlik ortib 

bormoqda, yoshlar vaqtini keraksiz mobil ilovalarda ishlash bilan o’tkazishadi. 

Bularning oldini olish va yoshlarga ularning vaqtini maqsadli sarf bo’lishiga hissa 

qo’shish uchun kerakli mobil dasturlarini ishlab chiqish lozim. Xususan aniq 

fanlarga bolalarni yo’naltirish barcha sohalarda yuksalishni kafolatlaydi desak 

mubolag’a bo’lmaydi. Keling endi Android operatsion tizimlari uchun Android 

Studio muhitida Java dasturlash tili yordamida yaratilgan ana shunday foydali 

dasturlardan biri bo’lgan “Matematika” deb nomlangan ilovani ko’rib chiqamiz:  

 

 

 



 

 

 



 

               1-rasm                            2-rasm                                     3-rasm  




 

 

 



 

 

 



 

                4-rasm                                  5-rasm                                   6-rasm 

 

 

 



 

 

 



 

                7-rasm                                  8-rasm                                  9-rasm 

 

 

 



 

 

 



 

                10-rasm                               11-rasm                                 12-rasm 




Yuqoridagi ilovamizning qismlari suratlari keltirilgan. Ilova yuqorisida o’ng 

tomonda turgan tugmani bosish orqali menyularni ko’rish mumkin, 1- va 2-

rasmlarda menyular keltirilgan, menyularda 4 ta: “Bolalar uchun”, “Abituriyentlar 

uchun”, “Kerakli adabiyotlar” hamda “Aloqa uchun” bo’limlari mavjud. Dastur 

asosiy oynadagi yuqori chap qismdajoylashgan yordamchi tugmani bosish orqali 

(3-rasm) qo’shimcha qulayliklarni foydalanuvchiga taqdim etadi(4-rasm). 

Menyular orasidagi “Abituriyentlar uchun” bo’limida biz “Algebra”, “Geometriya” 

va “Javoblar” menularini ko’rishimiz mumkin. Javoblar tugmasini bosish orqali 

barcha axborotnomalar javob variantlarini ko’rish mumkin(5-rasm). 1-rasmda 

keltirilgan “Bolalar uchun” menyusi orqali esa yosh bolalar uchun 4 amalga doir 

turli kichik o’yinlarni o’ynash mumkin(6-rasm). 7-, 8-, 9-rasmlarda shu 

o’yinlardan rasmlar keltirilgan. 10-,11-,12-rasmlarda esa “Algebra” va 

“Geometriya” tugmalari bosilgandagi holarlar keltirilgan, har bir bo’lim amaliyot 

va nazariya bo’limlaridan tashkil topgan, bu bo’limlar orqali abituriyentlar nufuzli 

OTMlarga kirish uchun tayyorgarlik ko’rshlari mumkin.  

 

Ushbu ilova keng foydalanish doirasiga egaligi bilan ajralib turadi. Sababi ilova 



nafaqat yoshlar uchun foydali, balki OTMlarga kirishni maqsad qilgan har bir 

abituriyent uchun ham juda foydali qo’lanma vazifasini ham o’tab beradi. Ilovada 

sinf darsliklaridan tashqari OTMlarga kirish imtihonlariga tushgan variantlardan 

ham joylashtirilgan bo’lib, abituriyent har bir yilning kamida 20 tadan variantlarida 

o’z bilimini tekshirib ko’rish imkoniyatiga ham egaligi bilan ajralib turadi shu 

sababli abituriyent va o’quvchilarning repetitorga borishiga ehtiyoj qoldirmaydi. 

https://udemy.com  

https://udacity.com  

https://coursera.org  

https://w3schools.com  

https://stackoverflow.com 

https://developer.android.com



                                                                

03.04.2021y 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish