Matematikanaliz fanining ishchi o‘quv dasturi


Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar



Download 0,66 Mb.
bet3/24
Sana30.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#858480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
13361 математик анализ (МУМ 2-3 курс) 2014-2015

1.2. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
«Matematik analiz» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- haqiqiy sonlar to‘plamining asosiy xossalarini; ketma-ketlik va uning limiti; funksiya, uning limiti va uzluksizligi, tekis uzluksizligi; kesmada uzluksiz funksiyalarning asosiy xossalari; asosiy elementar funksiyalar, ularning uzluksizligi; hosila va differensial, ularning geometrik va fizik ma’nolari; differensial hisobning asosiy teoremalari; aniq integral va uning tatbiqlari; integrallanuvchi funksiyalar sinflari; kvadratlanuvchi figura, to‘g‘rilanuvchi chiziq tushunchalari; aylanma jism hajmi, aylanma sirt yuzi; xosmas integrallar; ko‘p o‘zgaruvchili funksiya, uning limiti va uzluksizligi; ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari, to‘la differensiali, gradient va ularning tatbiqlari; ikki argumentli funksiya ekstremumlari, shartli ekstremumlar; ikki va uch o‘lchovli integrallar, egri chiziqli integrallar va ularning tatbiqlari; sonli va funksional qatorlar, darajali qatorlar; Teylor qatori va uning tatbiqlarini differensial tenglama, uning umumiy, xususiy, maxsus yechimlari (integrallari); differensial tenglamaning tartibi; differensial tenglamaning turlari, ularni yechish (integrallash) usullarini; kompleks tekislikdagi soha, chiziqlar; kompleks hadli ketma-ketlik va qatorlar; kompleks o‘zgaruvchili funksiya va uning geometrik talqini; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning bir varaqlilik sohasi; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning uzluksizligi; kompleks o‘zgaruvchili funksiya hosilasi, Koshi-Riman shartlari; hosila moduli va argumentining geometrik ma’nosi; konform akslantirish haqida tushuncha; asosiy elementar funksiyalar va ularning xossalari; kompleks o‘zgaruvchining funksiyasining integrali; Koshi teoremasi va Koshining integral formulalari va ularning tatbiqlari; darajali qator, Teylor qatori; analitik funksiyani Teylor qatoriga yoyish; Loran qatori; analitik funksiyani Loran qatoriga yoyish; funksiyaning nollari va mahsus nuqtalari; maxsus nuqtalarning turlari; chegirmalar va chegirmalar haqidagi asosiy teoremani; to‘plamning quvvati, quvvatlarni solishtirish; sanoqli, sanoqsiz, kontinuum quvvatli to‘plamlar; ratsional sonlar to‘plamining sanoqliligi, haqiqiy sonlar to‘plamining sanoqsizligi; sonlar o‘qidagi ochiq va yopiq to‘plamlarning tuzilishi; o‘zgarishi chegaralangan funksiyalar; uzluksiz va to‘g‘rilanuvchi chiziqlar; to‘plamlarning Jordan o‘lchovi; chiziqli to‘plamning Lebeg o‘lchovli va uning xossalari; o‘lchovli funksiyalar va ularning xossalari; Riman, Stiltes integrallari; Lebeg integrali va uning xossalari; Lebeg va Riman integrallari orasidagi bog‘lanish; metrik fazo; metrik fazoda yaqinlashish; to‘la metrik fazolar; to‘ldiruvchi fazo haqidagi teorema; yopiq sharlar haqidagi teorema; qisqartib akslantirish prinsipi va uning tatbiqlari; separabel metrik fazo; kompakt to‘plamlar; kompaktlik kriteriylari; chiziqli fazo, normalangan fazo, banax fazosi, gilbert fazosi; chiziqli funksional va operatorlar, ularning xossalari; qo‘shma fazo; sust yaqinlashish tushunchasi; chiziqli chegaralangan operator va uning xossalari; funksional analizning variatsion hisobdagi tatbiqini bilishi kerak;
-talaba haqiqiy sonlar to‘plamining asosiy xossalariga oid sodda misol va masalalarni yechish; biror hodisa yoki jarayonni tavsiflovchi funksiyani analitik ifodalash va uni tekshirish; ketma-ketlik limitini hisoblash; funksiyaning limitini hisoblash; ajoyib limitlar yordamida aniqmasliklarni ochish; funksiyaning uzluksizligiga doir misollar yechish; maktab, o‘rta-maxsus matematika ta’limidagi uchraydigan funksiyalarning uzluksizligini asoslay olish; funksiyaning hosilasi va differensialiga oid tatbiqiy masalalarni yechish; hosila yordamida funksiyani to‘la tekshirish va grafigini chizish; aniqmas va aniq integrallarga doir misollar yechish; aniq integralni geometrik va fizik kattaliklarni hisoblashga tatbiq qila olish; ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobiga doir misol va masalalar yechish; ekstremumga doir masalalarni yechish; sonli va funksional qatorlarni yaqinlashishga tekshirish; elementar funksiyalarni Teylor qatoriga yoyish; differensial tenglamalarni turlarga ajratish; differensial tenglamalarning umumiy, xususiy, maxsus yechimlarini topa olish; masala shartiga ko‘ra differensial tenglamani tuza bilish va yechimini tahlil qilish; kompleks hadli ketma-ketlik va qatorlarni yaqinlashishga tekshirish; kompleks o‘zgaruvchining funksiyasini uzluksizga tekshirish; kompleks o‘zgaruvchining funksiyasi hosilasini hisoblash; kompleks o‘zgaruvchili funksiyani analitiklikka tekshirish; asosiy elementar funksiyalarga doir misollar yechish; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning integralini hisoblash; Koshining integral formulasini integrallarni hisoblashga tatbiq qilish; darajali qatorning yaqinlashish radiusi va sohasini topish; analitik funksiyani Teylor qatoriga yoyish; Loran qatorini yaqinlashishga tekshirish; analitik funksiyani Loran qatoriga yoyish; funksiyaning nollari va mahsus nuqtalarini topish; maxsus nuqtalarning turlarini aniqlash; chegirmalarni hisoblash; chegirmalar nazariyasi yordamida ba’zi integrallarni hisoblash; kompleks hadli ketma-ketlik va qatorlarni yaqinlashishga tekshirish; kompleks o‘zgaruvchining funksiyasini uzluksizga tekshirish; kompleks o‘zgaruvchining funksiyasi hosilasini hisoblash; kompleks o‘zgaruvchili funksiyani analitiklikka tekshirish; asosiy elementar funksiyalarga doir misollar yechish; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning integralini hisoblash; Koshining integral formulasini integrallarni hisoblashga tatbiq qilish; darajali qatorning yaqinlashish radiusi va sohasini topish; analitik funksiyani Teylor qatoriga yoyish; Loran qatorini yaqinlashishga tekshirish; analitik funksiyani Loran qatoriga yoyish; funksiyaning nollari va mahsus nuqtalarini topish; maxsus nuqtalarning turlarini aniqlash; chegirmalarni hisoblash; chegirmalar nazariyasi yordamida ba’zi integrallarni hisoblash; metrik fazo aksiomalarini tekshira olish; to‘plamni kompaktlikka tekshirish; funksionalni uzluksizlikka tekshirish; chiziqli funksional va operatorlarning normalarini hisoblash; funksionalni differensiallanuvchanlikka tekshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
-talaba funksiyaning xossalariga oid misol va masalalarni yechish; o‘rta-maxsus matematika ta’limidagi uchraydigan funksiyalarning uzluksizligini asoslay olish; ularning hosilasi va differensialini hisoblash; aniqmas va aniq integrallarni hisoblash; sodda differensial tenglamalarni integrallash, umumiy integralga ko‘ra xususiy integralni topish, ikkinchi tartibli o‘zgarmas koeffitsientli chiziqli differensial tenglamalarni yechish; kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning haqiqiy va mavqum qismlarini ajrata olish; Koshi-Riman shartlarini tekshirish; hosila moduli va argumentining geometrik ma’nolarini tavsiflash, sodda integrallarni hisoblash, kasr chiziqli funksiyani darajali qatorlarga yoyish, funksiyaning nollari va maxsus nuqtalarini aniqlash; Kantor-Bernshteyn teoremasi yordamida to‘plamlarning quvvatini aniqlash; metrik fazodagi metrikani hisoblash, ketma-ketlikni limitini hisoblash, chiziqli fazolardagi funksional va operatorning qiymatlarini hisoblash malakasiga ega bo‘lishi lozim.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish