Matematikadan sinfdan tashqari qiziqarli tadbir
ishlanmasi
Mavzu: 7x7 o’yin
Bu o’yinni darsdan tashqari tadbirlarda o’tkazish mumkin. Unda ikkita guruh
qatnashadi, Har bir guruhda 7tadan ishtirokchi bo’lib, ular 7ta shart bo’yicha bellashadilar:
1. Sonli topishmoqlar
2. Sonli maqollar
3. Matematik shehrlar
4. Atamalar zanjiri
5. Matematik domino
6. Matematik chaynvord
7. Sardorlar bahsi-alifbo topishmog’i
Ikkala guruhdan h ar bir shartga bittadan o’quvchi qatnashadi, o’zaro bellashadilar. G’olib o’quvchiga gul beriladi. Barcha shartlar yakunlangach, eng ko’p gul to’plagan guruh g’olib chiqadi.
Bu o’yinni 7-sinflar uchun quyidagicha tashkil etish mumkin:
1-shart
Birinchi shart bo’yicha ikkita o’quvchi (har bir guruhdan bittadan) chiqadi. Ularga navbat bilan sonlar qatnashgan topishmoqlar beriladi:
1001 askar bolaga, boshdir bitta enaga. (asalari)
1 tayoqda 4 barmoq, beda ko’tarar inoq. (panshaxa)
Bordir 2ta o’rtoq
Hamisha ahil, inoq
Navbat bilan yurishar
Goh chopib yugurishar (oyoqlar)
Kiradi 1 eshikdan, chiqadi 3 teshikdan. (ko’ylak)
Yo’l chetida qaqqaygancha turar o’zi,
Yo’lovchiga yo’l ko’rsatar 3ta ko’zi (svetofor)
4 oyoqli 1 ta bosh (toshbaqa)
Temir mixli tuyog’i
Manzilga yetishtirar
Toshdan qattiq tuyog’i (ot)
To’rtoviga 1 qalpoq (stol)
Yo’qdir, ko’z, qo’l, oyog’i. (qozon)
O’zi 1 qarich, quyrug’i 11 qarich, (igna,ip)
5 xonaga 1 yo’lak
Qo’lingga loyiq ko’ylak. (qo’lqop)
5 juft oshna, doimo ishga tashna. (qo’l)
Simga qo’ngan qushchalar
Zag’chalar, musichalar
Xar biri bo’lib
7 xilda kuy chalar. (nota)
7 aka-ukaning 1 tadan singlisi bor. Ularning hammasi nechta? (8 ta)
1 va 100 o’rtasida
O’rnim bilib turaman
1 tadan keyin qo’shib 0
Yuksaklikka yuraman. (10)
94 ta donasi
Ashulasi chak-chuk-chak
Riyoziyot onasi. (cho’t)
2-3-shartlarda o’quvchilar navbat bilan sonli maqollar va matematik she’rlarni aytish kerak. Agar ulardan biri maqol yoki she’rni aytaolmasa yutqazgan hisoblanadi.
4-shartda 2 ta ishtirokchi matematik atamalar zanjirini og’zaki tuza olishlari kerak bo’ladi, ya’ni birinchi atama tugagan harfga 2 - sini topishi lozim.
Masalan, arifmetika-ayniyat-tenglama-aksioma-asos-......
5-matematik domino o’ynaladi:
35a : 7
=5a
-6d (-3)
10x=1
=18 d
=0.1
12ав2:3ав
0,1+4,99
=4в
(2а)3
=5
8а3
3,25 10
32,5
Domino o’yini tayyorlangan taxtachalar teskari holda, misollarini ko’rinmaydigan qilib stolga aralashtirib teriladi. Qatnashuvchilar 4 tadan tanlab oladilar. O’yinni birinchi katagini to’ldirishni bo’sh o’quvchi boshlab beradi.
O’yin yakunida qatnashuvchilar qo’lida taxtacha qolmasligi va uni to’g’ri qo’ya olishi talab etiladi. Bu shartlarni bajarmagan qatnashuvchi mag’lub bo’ladi.
6-shartda o’quvchilarga matematik chaynvord beriladi. Ma’lum vaqt belgilanadi va uni to’g’ri to’ldirilganligi tekshiriladi.
1-guruh uchun:
O’nli sanoq sistemasini yaratgan buyuk olim. (Xorazmiy)
Berilgan nuqtadan teng uzoqlikdagi nuqtalar to’plami (Aylana)
24 yozuvidagi 4 ning atalishi (Daraja)
2 nuqta orasidagi masofa (Kesma)
Son va xarfiy ko’paytruvchilar ko’paytmasi (Birhad)
Hamma tomoni teng to’g’ri to’rtburchak (Kvadrat)
2-guruh uchun:
Bir necha birhadlarning algebraik yig’indisi (ko’phad)
Eng katta vatar (diametr)
Noldan kichik sonlar (manfiy)
Aylana bilan chegaralangan tekislik (doira)
Er o’lchovi birligi (ar)
Vaqt o’lchovi birligi (soat)
Noma’lum son qatnashgan tenglik (tenglama)
7-shartda sardorlar bellashadilar. Ularga navbat bilan javoblari alifbo tartibida keluvchi qisqa savollar beriladi, o’ylash uchun 3 soniya vaqt ajratiladi. Kim ko’p savollarga javob bersa, o’sha sardor g’olib deb topiladi.
1-guruhga:
A -son haqidagi ta’limot (arifmetika)
V -son va harfiy ko’paytuvchilar ko’paytmasi (birhad)
D -eng katta vatar (diametr)
E -uloqchaning onasi (echki)
F -sonning yuzdan bir qismi (foiz)
G -er sharining modeli (globus)
H -geometriyaning qadimda nomlanishi (handasa)
I -eng kichik tub son (ikki)
J -uzun bo’yli hayvon (jirafa)
K -to’g’ri burchakli uchburchak tomoni (katet)
L -ammo, biroq so’zlarining sinonimi (lekin)
M -manfiy sonning ishorasi (minus)
N -eng sodda geometrik shakl (nuqta)
O -osmon jismlaridan biri (oy)
P-Xitoy poytaxti (Pekin)
Q -o’zi bitta, qulog’i 4 ta (qozon)
R -burchakning o’lchov birligi (radian, gradus)
S -eng kichik vaqt o’lchovi (soniya, sekund)
T -televizor vatani (Toshkent)
U -otadek ulug’ zot (ustoz)
V -aylana nuqtasini tutashtiruvchi kesma (vatar)
X -boshi taroq, dumi o’roq (xo`roz)
Y -aylananing ixtiyoriy 2 nuqtasini tutashtiruvchi kesma (yoy)
Z -yo’l-yo’l ot (zebra)
G’ -xizmatkor so’zining sinonimi (g’ulom)
Sh -aql gimnastikasi (shaxmat)
O’ -A.Qaxxor hikoyasi (o’g’ri)
Ch -piyolaga ta’zim qiluvchi buyum (choynak)
2-guruhga:
A - yer o’lchovi birligi (ar)
V - burchakni teng ikkiga bo’luvchi nur (bissektrisa)
D - 10sm ga teng uzunlik o’lchov birligi (dm)
E - Hur, ozod (erkin)
F - quruqlikdagi eng yirik xayvon (fil)
G - bolalar jurnali (gulxan)
H - shaxmat vatani (Hindiston)
I - Hammaga to`n kiydirar o’zi kiyinmas (igna)
J - 2 ga karrali sonlar (juft)
K - Hamma tamoni teng to`g`ri to’rtburchak (kvadrat)
L - suyuqlik o’lchov birligi (litr)
M - qadimda oliy ilm maskani (madrasa)
N - yangi ekilgan daraxt (nihol)
O - yopiqning aksi (ochiq)
‘ - Misr mo’jizalari (piramida)
Q - beminnat qorovul (qulf)
R - Hamma tamoni teng parallelogramm (romb)
S - qator, misra (satr)
T – o.g’irlikni o’lchovchi asbob (tarozi)
U - eng sodda ko’pburchak (uchburchak)
V - qog’ozdan yasalgan qush (varrak)
X - o’nli sanoq sistemasini kiritgan olim (Xorazmiy)
Y - 2 ta toғ, o’rtasida saryoғ (yong’oq)
Z -zulmkor, yovuz (zolim)
G’ -qurilish ashyosi (g’isht)
Sh -shaxmatning yana bir nomi (shatranj)
O` -qirg’izlarning vaqtincha yashash joyi (o’tov)
Ch -sonning to’rtdan bir qismi (chorak)
Izoh: Lotin alifbosi tartibida tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |