Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi Matematik analiz kafedrasi 1-kurs magistratura talabasi Eshimbetov Jo‘rabek Reyimbayevichning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot



Download 47 Kb.
Sana27.02.2022
Hajmi47 Kb.
#473580
Bog'liq
Eshimbetov Jo\'rabek (1-yarim yillik)(1)


70540101 - Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) mutaxassisligi Matematik analiz kafedrasi 1-kurs magistratura talabasi Eshimbetov Jo‘rabek Reyimbayevichning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayyorlash bo‘yicha kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha 2021-2022 yil 1-yarim yilida amalga oshirgan ishlari hisoboti


O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
1. Dars jadvaliga muvofiq o‘quv va seminar mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashdim.
2. 1-semestrda belgilangan fanlardan mustaqil ta’lim yuzasidan berilgan topshiriqlarni aniqladim. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “O‘lchovlar va integrallar nazariyasi”, “Banax fazolarida operatorlar nazariyasi”, “Matematik fizikaning zamonaviy usullari”, “Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash”. Ushbu fanlardan dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilardan mustaqil ta’limda bajariladigan ishlar yuzasidan vazifalar oldim.
3. Kafedra tomonidan belgilangan jadval bo‘yicha haftada bir marta ilmiy rahbarim f.-m.f.n., dot. T.T. To‘ychiyev bilan uchrashib o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha maslahatlar oldim.
4. Kafedra ilmiy seminari, talabalar va yosh olimlar ilmiy seminarlarida ishtirok etib kelmoqdaman, hamda kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalarini tinglab kelmoqdaman.


Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha:
1. Magistratura dissertatsiya mavzusini aniqlash uchun ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda “Silindrik sohalarda (2+1) tartibli Eyri tenglamasining analogi uchun potensiallar usuli” mavzusini tanladim.
2. Haftaning har juma kunlari kafedramiz tomonidan tashkil qilingan ilmiy seminarda qatnashib ma’ruzalarni tingladim va dissertatsiyam uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldim.
3. Ilmiy rahbarim f.-m.f.n., dot. T.T. To‘ychiyev bilan kafedra tomonidan belgilangan jadval bo‘yicha har haftada uchrashib maslahatlar oldim.
Ilmiy–pedagogik ishlar bo‘yicha:
1. Yarim yil davomida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilarini, kafedra tomonidan o‘tkazilgan seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdim, ularning mashg‘ulot o‘tkazish tajribalarni o‘rganishga harakat qildim va ishtirok etgan mashg‘ulotlarim bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlab, ilmiy rahbarim nazoratidan o‘tkazdim.
2. Kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan darsni tashkil qilish va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish borasida maslahatlar oldim.
3. Har oyda reja bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda yozma hisobotlar tayyorladim. Tayyorlagan hisobotim kafedrada muhokama qilindi.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo‘yicha:
1. Tadqiqot o‘tkazishga tayyorgarlik bo‘yicha:
1. Tanlangan dissertatsiya mavzuyimni tasdiqlatdim.
2. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha axborot va elektron resurslari, hamda kutubxona fondlari bilan tanishib chiqib, bibliografik ro‘yxat tuzdim.
3. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha ilmiy rahbarim bilan annotatsiya tuzdik.
4. Magistrlik dissertatsiyasining mantiqiy sxemasini tuzishni yakunladim.
5. Mavzuga oid kutubxona fondlaridagi adabiyotlar hamda elektron resurslarni o‘rganishni davom ettirdim.
6. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbarimdan tavsiyalar oldim.
7. Dissertatsiya mavzusiga oid yangi adabiyotlarni o‘rgandim va bu adabiyotlardan o‘zimga kerakli ma’lumotlarni to‘plab ilmiy ishimga qo‘shib bordim.
8. Tadqiqotimda uchraydigan ayrim terminlar izohlarini internet ma’lumotlari va ilmiy rahbarim f.-m.f.n., dot. T.T. To‘ychiyevdan o‘rgandim va atamalarni lug‘atimga kiritib qo‘ydim.
9. Internet orqali dissertatsiya mavzusiga yaqin mavzular bo‘yicha chet davlatlarda bajarilgan ishlar bilan tanishdim. Jumladan www.arxiv.org, www.sci-hub.st, https://sng1lib.org/, https://scholar.google.com.do/, www.researchgate.net va boshqa internet saytlari orqali mavzuyimga oid materiallar to‘plab chiqmoqdaman.
10. Yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalangan holda magistrlik dissertatsiyamni yozishga kirishdim.
2. Tadqiqotni amalga oshirish, materiallar yig‘ish (yoki tajriba sinovlar o‘tkazish) bo‘yicha:
1. Olingan ba’zi natijalarni ilmiy rahbarimga ma’ruza qildim.
2. Ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda magistrlik dissertatsiya rejasini tuzdik.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar ish rejasi loyihasi asosida tayyorlandi.

_____ ____________ 2022-yil




Magistratura talabasi: _______ J.R.Eshimbetov


Hisobot bilan tanishib chiqdim
Ilmiy rahbar: _______ f.-m.f.n., dot. T. T.To‘ychiyev
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish