Ball: ___________
Buxoro -2020
Mavzu: Mulohazalarda formula, qism formula .Aynan chin, aynan yolg’on va bajariluvchi formulalar.
Reja:
I BOB Mulohazlarda formula.
Mulohaza. Mulohazalar ustida amallar
Formula va teng kuchlilik tushunchalari
II BOB Tavtologiya, aynan chin, aynan yolg’on va bajariluvchi formulalar.
2.1 Tavtologiya.
2.2 Aynan chin formulalar.
2.3 Aynan yolg’on formullar.
2.4 Bajariluvchi formulalar.
Xulosa.
Ilova
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,
dono va albatta baxtli bo’lishi shart”.
Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda, “ Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo’lishi shart” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o’rin egallagan.
Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan- shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham-shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq.
Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak- odamlarimiz bilan.
Kim bilan bamaslaxat ish tutishimiz kerak- avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo’ladi. Xalq bizdan rozi bo’lsa, yaratgan ham bizdan rozi bo’ladi.
“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” prezident qarori qabul qilindi. Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko’ra, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo’nalishlari belgilandi.
Qarorga ko’ra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (ixtisoslashtirilgan bog’chalar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Hozirgi kunda Diskret matematika va matematik mantiq amaliy masalalarni yechishning eng keng tarqalgan fanlardan biri, masalan, hisoblash texnikasining mantiqiy asoslari va dasturiy ta’minotini rivojlantirishda.
Matematik mantiq, bir tomondan, formal mantiqga muammolariga matematik metodlarni qo’llash bo’lsa, ikkinchi tomondan, matematikani asoslashga xizmat qiluvchi fan sifatida foydalanishdir. Hozirgi zamon matematik mantiqi avtomatika, mashina matematikasi, bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarzda tarjima qilish, matematik lingvistika, axborot nazariyasi va umuman kibernetikaning nazariy va asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |