Matematika sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari



Download 206,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi206,18 Kb.
#769240
  1   2   3
Bog'liq
163-16 1.PDF



Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 
163 
International Scientific Conference, December 18-19, 2021 
Matematika sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Ruzmetova Ozoda Alimovna 
Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi 
tayanch doktoranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada har qanday sohaning atamalari o’ziga xos terminologik 
tizim sifatida qaralishi, bu tizim til leksik qatlamining ajralmas qismi hisoblanishi haqidagi fikrlar 
muhokama qilinadi.Shuningdek maqolada o’zbek va ingliz tillarida matematika sohasiga oid 
terminlarning o’ziga xosligi bilan ajralib turishi, mazkur soha terminologik tizimi aniq ma’lumot 
yetkazuvchi leksik qatlam ekanligi ta’kidlangan.
Kalit so’zlar: 
taraqqiyot, matematika, terminologiya, lingvistika, leksik qatlam, so’z 
yasalishi, morfologik usul 
Zamonaviy taraqqiyot davrida har sohada rivojlanishni kuzatish mumkin. Bu rivojlanishlar natijasi 
albatta til leksik qatlamini boyib borishida ham o’z aksi ko’rsatadi.
Matematika eng qadimgi sohalardan biri bo’lib, undan inson taraqqiyotining ibtidoiy davrlarida
mukammal bo’lmagan uy ishlari va dehqonchilik ishlarida foydalanilgan. Bu jarayonning 
murakkablashuvi natijasida matematikaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o’zgarib borgan 
va bu albatta matematika sohasining o’zigagina xarakterli bo’lgan uning tilini shakllanishiga 
sabab bo’lgan. Matematika fan sifatida rivojlanib, o’z atamalariga ega bo’lib bordi. Bu 
atamalarning o’ziga xosligini, ularni yasalishi va shakllanishini va o’ziga xos xususiyatlarini 
o’rganish tilshunoslik fani uchun muhim vazifa hisoblanadi. 
Dunyoda rivojlanmaydigan narsaning o’zi yo’q, tilshunoslikham bundan mustasno emas. Bir 
tomondan til ijtimoiy hodisa va tizim sifatida kundan-kunga o’zgarib takomillashib borsa, ikkinch 
itomondan bu hodisani o’rganuvchi fan ham katta odimlar bilan ilgarilab ketmoqda[1]. 
Tilning leksik tarkibi boyib borishi, albatta so’z yasalishi jarayoni bilan bevosita bo’liq bo’lib, bu 
hodisa nafaqat til taraqqiyotiga, balki bu holat jamiyat taraqqiyotida ham keng imkoniyatlarni 
ochib beradi. Ayniqsa hozirgi kunda so’z yasash usul va vositalari deyarli barcha tillarda keng 
rivojlangan bo’lib, bu jarayonlarni bir necha tillar misolida qiyoslab o’rganish muhim ahamiyatli 
bo’lib kelmoqda. So’z yasalishi tilning tarixiy davrlaridan o’rganib kelinayotgan ob’yekti 
hisoblanadi. 
Har qanday sohaning atamalari o’ziga xos terminologik tizim sifatida qaralib, bu tizim til leksik 
qatlamining ajralmas qismi hisoblanadi. Matematika sohasi terminologiyasi dastlabki yozma 
manbalardan tortib hozirgi zamonaviy kungacha bo’lgan manbalarda uchraydigan atamalar bilan 
boyigan bo’lib, bular shu kungacha olimlar, tilshunoslar tomonidan o’rganilib, turli munozaralarga 
sabab bo’lib kelmoqda. 
O’zbek va ingliz tillarida matematika sohasiga oid terminlar ham o’ziga xos bo’lib, mazkur soha 
terminologik tizimi aniq ma’lumot yetkazuvchi leksik qatlam hisoblanadi. Chunki matematika 
sohasi fan va sanoat sektorining favqulodda ehtiyojlari uchun eng ko’p qo’llaniladi va uning har 
bir leksikasi o’z o’rnida xatosiz qo’llanilishini talab qiladi. Demak, mazkur soha terminlarini ilmiy 
jihatdan chuqur tasniflash zarurati tug’iladi.
Terminologik birliklarning o’ziga xos so’z yasalish jihati shundan iboratki, ularning hosil bo’lishi 
tilning o’z ichki resurslariga asoslanadi[2].


Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 

Download 206,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish