2.Bolalarda massa va siģim
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
metodikasi.
2.Bolalar birinchi sinfda tanishadigan birinchi massa birligi
bu,,kilogramm"dir.1kg li massa haqidagi tasavvurnibolalar faqat
ózlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar massasining 1kg
ga teng bo’lgan
(masalan bir pachka shakar)predmetlarin
i qo’llarida
ushlab kórishlari va
bu predmetlarni oģir yoki yengil predmetlar bilan
taqqoslashlari kerak.Taqqoslash operatsiyasi asosidagidina bolalar 1 kg
lik massa haqida real tuyg’uni sezadilar.
Birinchi darsning ózidayoq bolalar pallali(richagli)tarozida har xil
predmetlarni masalan:1kg 2,3 kg li paketga solingan shakar,tuz yoki
turli xil yormalar va boshqa narsalarni
1kg 3 yoki 5 kg gacha bo’lgan
toshlar to’plamidan
foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak.
Tortish jarayonida bolalarning ózlari qatnashishlari muhim
hisoblanadi.Albatta bunda óqituvchi oldindan tarozida tortish qonun
qoidalarini tanishtirib borishi zarur.Tortish natijalari doskaga va
daftarga yozib boriladi.
Navbatdagi darsda bolalar siģim
(hajm) ôlchov birligi LITR bilan
tanishadilar.Bunda litrni har xil namunalarini bólishi ya'ni bir litr banka
krujka,chelak,kastryulka,stakanlar bólishi juda muhim ahamiyatga ega.
Óqituvchiga mo’ljallangan metodik qo’llanmada darsni “suhbatdan
boshlash tavsiya qilinadi.Bu suhbatda bolalardan kim oldin sut yoki
yoģ
sotib olgani shu paytda sotuvchi bu mahsulotlarni nima bilan
ólchaganini sórash tavsiya
etiladi.Shundan keyin litrni ko’rsatish va litr
yordamida
har xil idishning siģimini ólchash tavsiya etiladi.
Amaliy
ishlarni har xil usulda ótqizish mumkin.
Shulardan ba’
zilarini keltiraman
“
Magazin
” óyini bunda
óquvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi
chelaklarga suv quyilgan.Óquvchilar bidon va banklar olishadi ( ular
xaridorlar) xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularning idishiga
1litr,2litr,3 litr,sut(suv) quyib beradi.Qolgan hamma óquvchilar sotuvchi
sutni tóģri quyib beryaptimi yóqmi kuzatib turishadi.
Ikkinchi sinfda óquvchilar yangi massa birligi
“gramm" bilan
tanishadilarbunda ish metodikasi xuddi kg bilan tanishtirgandek
boradi.Gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar
qo’llari bilan
1gramm
bo’lgan toshlarni ólchashlari va uning og’irligini
boshqa predmetlar bilan taqqoslashlari kerak.Bolalarga bit tayinli
tanganing massasi 1 g ikki tiyinlik tanga 2g,3 tiyinlik tanga 3g,5 tiyinlik
5g ekanini aytish, va bu chaqalardan toshlar órnida foydalanish
mumkinligini aytish foydali bóladi. Sinfga dorixona yoki hozirgi
zamonaviy olib kirish bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini aytish
kerak.Dorilarni ólchash uchun 1g,2g 3g,4g,5g,10g,20g,30g,40g,50g
100g,500g mayda toshlar kerakligini aytish va bu toshlarni ko’rsatish
kerak.Shundan keyin tortishga oid amaliy mashg’ulotlar
ótkaziladi.Masalan 300g shakar yoki 200 g yorma tortib olish vah.k.z bu
jarayonda óquvchilar ózlari ishtirok etishi muhimdir. Ikkinchi sinfda
bolalarni savdo tarozisi bilan tanishtirish buning uchun ularni yaqin
atrofidagi oziq ovqat do’konlariga ekskursiyaga olib borish
va bolalarni
bunday tarozilar tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish lozim.
Uchinchi sinfda
birinchidan”
massa ólchovlari
”
tushunchasi
kiritiladi.Ikkinchidan óquvchilar ózlari uchun birlik
–
tsentner va tonna
bilan tanishadilar,uchinchidan massa ólchovlari jadvali kiritiladi.Massa
ólchovlari terminini quyidagicha tushuntirish tavsiya etiladi
“ ikki
kesmani taqqoslab ulardan qaysi biri uzun,qaysi biri qisqaligini
”
bilish
zarur
bo’lganda ularning uzunligini bir xil
birlik masalan santimetr
yordamida ólchab olinadi. Qaysi bólak massasi ortiq qaysi bir kam
ekanligini bilish uchun esa buni taqozi va toshlar yordamida hal
qilamiz.Massasi 1 tsentner va 1t bo’lgan narsani qo’lda ushlab turib
bo’lmaydi
shu sababli óquvchilarda yangi ólchov birliklari haqida
konkret tasavvur hosil qilish uchun metodik adabiyotlar da ilgaridan
òquvchilarga masalan mana bunday ma'lumotlarni aytish tavsiya etiladi
Moskvich mashinasini massasi passajirlarsiz 1 t ga teng sinfdagi barcha
30 35 ta óquvchilarning massasi taxminan 1 t teng.Shundan keyin
massa ólchovlari birligi jadvali tuziladi va bolalarga uni eslab qolish
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |