Matematika o`qitish metodikasi



Download 13,8 Mb.
bet81/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakul`tativ dars namunalari

Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarda o'quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Fakultativ mashg'ulotlarni boshlang'ich sinflarda turli xil tarzda olib borish mumkin, ayniqsa, III-IV sinflarda qiziqarli, ya'ni: o'quvchilarning matematikaga bo'Igan qiziqishini hartomonlama hisobga olgan holda olib borish Iozim.
Fakultativ mashg'ulotlar I sinfda o'qituvchi o'quvchilarni qiziqishi va o'zlashtirishiga qarab fanlar aro aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi.

    1. IV sinflarda 34 soat o'tiladi.

  1. sinfda choraklar bo'yicha olib borish mumkin. Masalan, 1 chorakda matematika, 2 chorakda ona tili va hokazo.

  2. sinfda yarim yillik bo'yicha olib boriladi. Masalan, 1 yarim yillikda matematika, 2 yarim yillikda ona tili va hokazo.

  3. sinf esa yoppasiga faqat matematikaga bag'ishlanadi.

    1. IV sinflarda ko'pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun fakultativ mashg'ulotlarda masalalar ustida ishlash uchun 10 soat ajratiladi.

Boshlang'ich sinflarda matematika fanidan fakultativ mashg'ulotlar taxminiy rejasini keltiramiz.
Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg'ulotlarda darslik materiallarini takrorlamaydigan materiallar o'rganilib, lekin e'tibor boshlang'ich sinf o'quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.
Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o'rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg'ulotlarda tavsiya etiladi. Masalan,

  1. mashg'ulotda Abu Rayhon Beruniy;

  2. mashg'ulotda Ibn Sino, keyingisida Al-Xorazmiy, Ulug'bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang'ich sinfga xos tomonlari o'rganiladi.

IV sinfda fakultativ mashg'ulotlarda o'rganish mumkin bo'lgan taxminiy reja-Abu Ali ibn Sinoga bag'ishlangan mashg'ulot namunasini sizlarga havola etamiz.

  1. mashg'ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma'lumot.

  2. mashg'ulot. Abu Ali ibn Sinoning ,,Al-hisob" nomli asari. Ibn Sinoning „Ash-shifo" nomli asari bo'limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag'ishlangan.

Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo'lib, to'rt bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan.
Ikkinchi bo'limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishtirish amallari ko'rsatiladi.
Uchinchi bo'limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ay- rimlari bilan bog'lanish ifodalanadi.
To'rtinchi bo'limda arifmetik va geometrik ko'rsatmali vositalar aniqlanadi.
IV sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlarda quyidagi xossalardan foydalanish mumkin.

Sonlarning xossalari


Ibn Sino aytishicha sonlarning tabiiy qatori shunday berilgan: 1,2,3,4,5,6,7,8,9, 10, 11, 12, 13, ...
Bunday qatordagi har bir sonning boshqalariga turlicha bog'lanishlari xossalari olim tomonidan ko'rsatib beriladi.

Sonning eng ilgarigi mashhur xossasi 1. Har bir son yonidagi kichigi bilan kattasi yig'indisining yarmiga teng hamda o'zidan


shunday teng uzoqlikdagi sonlar yig'indisining yarmiga teng.
Masalan, 5 ni tanlasak, yonidagi kichigi 4, kattasi 6. Ko'ramizki, 5=(4+6):2, bu 5 dan 3 va 7, 2 va 8 dan teng uzoqlikda, shuning uchun 5=(3+7):2 va 5=(2+8):2.

    1. Har bir son o'z-o'ziga ko'paytmasining 2 martasiga 2 qo'shilgani bilan ikki yondagi qo'shni sonning o'z-o'ziga ko'paytmasi yig'indisiga teng bo'ladi.

Berilgan son 6 bo'lsin, yonidagi sonlar 5 va 7. 6 ■ 6 • 2 + 2 = 74, 5 • 5 + 7 • 7 = 74.
Demak, 6 • 6 • 2 + 2 = 5 • 5+7 • 7.

    1. Har qanday sonning o'z-o'ziga ko'paytmasi unga qo'shni bo'Igan sonlar ko'paytmasiga bir qo'shilganiga teng:

Masalan, 5 - 5 = 4 - 6+1 yoki 8 • 8= 7 • 9 + 1.

    1. Sonlar sanog'i toq bo'lsin: 1+2+3+4+5+6+7— sanog'i 7 ta. Buni 7 + 6 + 5 + 4 + 3+ 2 + 1 ko'rinishda yozamiz. Tushunish os- onki, 7 (7+1 ):2=28.

    2. Sonlar sanog'i juft bo'lsin: 1+2+3+4, sanog'i 4 ta. 4+3+2+1 ko'rinishda yozamiz, bundan 4-(4+l):2=10.

    1. 45. Agar odam minutiga 100 tadan don sanasa, bir milliard donni sanashi uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?

    2. 46. Yerdan Marsgacha taxminan 60 mln. km. Agar raketaning tezligi 10 km/s bo’lsa, raketada Yerdan Marsgacha qancha vaqt uchish kerak bo’ladi? Soatiga 1000 km tezlik bilan uchadigan samolyot shu masofani qancha vaqtda o’tadi?

    3. 47. Mamlakatimizda taxminan 250 mln. kishi yashaydi. Agar hamma kishi bir qator bo’lib tursa, bu qatorning uzunligi qancha bo’ladi? Har bir kishi 50 sm uzunlikdagi joyni band qiladi, deb faraz qilinsin.

    4. 48. 5*6*7*8 yozuvida yulduzchalarni amal ishoralari bilan shunday almashtiringki, natijada qiymati 39 ga teng ifoda hosil bo’lsin.

    5. Uy vazifasi

    6. 49. Yer yuzidagi eng baland tor — Jomolungmadir. Uning balandligi 8848 m. Agar uyning qavatlari orasidagi masofani 4 m desak, balandligi shu tog’ balandligiga teng bo’lgan uy necha qavatli bo’lar edi?

    7. 50. Qanday hollarda bir oyda 5 ta yakshanba bo’ladi?




  1. mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakul`tativ dars namunalari

REJA:
Fakultativ mashg’ulotlar va fanlar chuqur o’rganiladigan sinflarning ishlarini yo’lga qo’yishning muhim printsiplaridan biri o’qitishning tegishli formasida qatnashishni xohlagan biror sohaga doimiy qiziqish va moyillik ko’rsatgan har bir o’quvchining tayyorgarligini shakllantirishdan iborat.
Shu bilan birga, qo’shimcha o’quv faoliyatini tanlash ishonchli, yuqori sinf o’quvchilarining fanni chuqur o’rganish ishi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun puxta o’ylangan va hamma joyda tashkil kilingan fakultativ mashg’ulotlarga tayyorlash sistemasi, har bir o’quvchiga „o’z kuchini sezish" ga qiziqarli va kuchi yetadigan mashg’ulotlar tanlashga, o’z qobiliyatini aktiv rivojlantirishga yordam beradigan o’quv-tarbiya tadbirlari zarur. Buning uchun o’rta maktabning boshlang’ich va o’rta sinflarida matematikadan sinfdan tashqari keng rivojlantirilgan ommaviy ish zarur va bu ish shunga xizmat qiladi. Tabiiyki, boshlang’ich va o’rta sinflarda vaqtidan oldin o’tkazilgan fakultativ mashg’ulotlar yoki biror o’quv fanini, qo’shimcha, chuqurroq o’rgatish mutlaqo o’z-o’zini oqlamaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fakultativ mashg’ulotga tayyorlashning o’quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos keladigan eng tabiiy va sinalgan formasi sinfdan tashqari ishdir. Hozirgi vaqtda maktabning matematik ta’limning yangi mazmuniga o’tishi munosabati bilan sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish uchun qulay sharoit yaratilmoqda: hozir mashg’ulotlar tematikasi eski programmaning arifmetika kursi doirasida chegaralangan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning imkoniyatlariga qaraganda ancha kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin.
O’qituvchilarining tajribasi boshlang’ich sinflarning sinfdan tashqari mashg’ulotlari o’rta o’quv yurtlari o’quvchilarining chuqur matematik tayyorgarligini oshirish umumiy sistemasining ajralmas qismi ekanini ko’rsatmoqda.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi — o’quvchilarda fanga qiziqishini rivojlantirish, asosiy kursda olinadigan bilimlarni to’ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik fakt va ma’lumotlar, malaka va ko’nikmalar zapasini to’plashdan iborat.
Hozirgi sharoitda matematikadan sinfdan tashqari ishlar boshlang’ich sinflarda o’tkazila boshlashi kerak edi.
Baxtga qarshi, hozircha boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan matematikadan sinfdan tashqari ish tashkil qilishning yetarlicha umumlashtirilgan tajribasi yo’q; sinfdan tashqari ishlarga oid boshlang’ich sinf o’qituvchilariga mo’ljallangan qo’llanma deyarli yo’q.
O’quvchilarning chuqurlashtirilgan matematik tayyorgarligining umumiy sistemasida sinfdan tashqari mashg’ulotlarning qanday rol o’ynashini hisobga olib, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda o’quvchilar bilan ishlashning bu turini yanada yaxshilash choralarini birinchi navbatda ko’rish kerak.
Bu yerda eng oldin sinfdan tashqari ishga, ayniqsa, to’garak mashg’ulotlariga ko’proq o’quvchilarni qatnashtirishga erishmoq lozim; faqat shunday sharoitdagina kelgusida matematik bilimlar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan hilma-xil ishlarni uddalashga yordam beradigan matematik qobiliyatlarga ega bo’lgan bironta ham o’quvchi „yo’qotilmaganligiga" ishonish mumkin.

Download 13,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish