Matematika o`qitish metodikasi


-mavzu: Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ko`p xonali sonlar ustida nomеrlashga



Download 13,8 Mb.
bet111/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

14-mavzu: Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ko`p xonali sonlar ustida nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi
Bir millionning hosil bo‘lishi, o‘qilishi va yozilishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga bir millionning hosil bo‘lishi, o‘qilishi va yozilishini o‘rgatish. Mavzu asosida misol va masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: 0 dan 1000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy olish, yoza olish, taqqoslay olish, tartibga solish, modellarda tasvirlay olish.
Tarbiyaviy: kitoblarni sevishga, ularni avaylab tutishga chaqirish, uni asrashga undash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, sonlarni to‘g‘ri
o‘qish malakalarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda avvalgi mavzularga oid savollar beriladi. O‘tigan mavzu yangi mavzu bilan bog‘lanadi.

  1. Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu 110-topshiriq asosida ekranda tushuntiriladi. Ekranda 1 00 000 sonini hosil bo‘lishi chyot yordamida ko‘rsatiladi.
Hisob chyotining har bir simi ro‘parasida uning xona birligi yoziladi.
Hisob chyoti dastlabki holatida turadi va ovozga qarab simlardagi halqalar harakatlanadi. Qaysi xona birligidagi halqalar harakatlanayotgan bo‘lsa, shu xona birligi nomi ajralib turadi.
Oxirida million soni yozuvi paydo bo‘ladi:

Chyotda 999 999 ga 1ni qo‘shib 1000000 hosil qilinadi. 9 ta birlikka 1 ta birlik qo‘shilsa 1 ta o‘nlik hosil bo‘ladi.


9 ta o‘nlikka 1 ta o‘nlik qo‘shilsa 1 ta yuzlik hosil bo‘ladi.
9 ta yuzlikka 1 ta yuzlik qo‘shilsa 1 ta minglik hosil bo‘ladi.
9 ta minglikka 1 ta minglik qo‘shilsa 1 ta o‘n minglik hosil bo‘ladi.
9 ta o‘n minglikka 1 ta o‘n minglik qo‘shilsa 1 ta yuz minglik hosil bo‘ladi.
9 ta yuz minglikka 1 ta yuz minglik qo‘shilsa 10 ta yuz minglik hosil bo‘lib, keying xona birligi – millionni tashkil qiladi.
999 ming 999 birlikka 1 ta birlik qo‘shilsa bir million hosil bo‘ladi.

  1. topshiriqo‘quvchilarga mustaqil ishtarzida bajariladi. Avval o‘quvchilar daftarlariga quyidagicha jadval chizadilar va o‘qituvchi matematik diktant tarzida sonlarni o‘qib beradi. O‘quvchilar jadvalga eshitgan sonlarini yozadilar.

Olti ming; qirq ming; bir ming to‘qqiz yuz to‘qson yeti; o‘ttiz to‘qqiz ming ikki yuz sakkiz; olti yuz o‘n to‘rt ming sakkiz yuz oltmish besh; to‘qqiz yuz sakkiz ming olti yuz yigirma.



  1. misol doskada bajariladi. Bo‘sh katak o‘rniga katta yoki kichik belgilaridan birini qo‘yadilar. 34 000 = 340 ∙ 100 76 000 > 76 ∙ 10

9000 : 100 = 90 50 000 > 500 000 :100
113 masala og‘zaki tushuntirish bilan bajariladi.
3 ta bir xil tugmacha uchun 120 so‘m to‘landi. 100 ta shunday tugmacha uchun necha so‘m to‘lash kerak? Yechish: 120 : 3 = 40 (so‘m) bu bitta tugmachaga to‘langan pul
100 ∙ 3 = 300 (so‘m) bu hamma tugmachaga to‘langan pul. Demak, 100 ta tugmachaga 300 so‘m pul to‘langan.
114-masala doskada bajariladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyati haqida, ularni qanday asrash haqida tushuncha beriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
Birinchi kun – 4 ta bog‘lamda 56 ta Ikkinchi kun – ?, shunday bog‘lamda 42 ta Ikkinchi kun – ? ta
Yechish: 56 : 4 = 14 (ta ) 1 ta bog‘lamdagi kitoblar soni
42 : 14 = 3 (ta) 2 – kun olib kelingan bog‘lanlar soni Javob: ikkinchi kun 3 ta bog‘lamda kitob olib kelingan.


  1. Download 13,8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish