Matematika olamiga sayoxat



Download 52,15 Kb.
Sana22.03.2021
Hajmi52,15 Kb.
#61911
Bog'liq
Matematika olamiga sayoxat


Matematika olamiga sayoxat” mavzusida ochik mashgulot ishlanmasi.
Mashg`ulot: Matematika.

Mavzu: Qizikarli uchburchak.

Maqsad: Bolalarning uchburchaklardan turli ko`rinishidagi, katta o`lchamdagi buyumlar va shakllar xosil qilish malakasini mustaxkamlash.

Kutilayotgan natijalar: Bolalar uchburchaklardan turli narsalarni, narsalarni xosil qilishni o`rganadilar.

Kerakli jixozlar: Tarbiyachi uchun piramida, archa, tulki, dazmol, kuylak, ro`mol;

Bolalar uchun: Oq qog`oz, rangli qalamlar, rangli qog`ozlar, yelim qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllari.



Mashg`ulotning borishi: bolajonlar biz sizlar bilan qaysi geometrik shakllarni o`rganganmiz?

Bolalarning javoblari:

Mana shu geometrik shakllar bilan turli geometrik o`yinlar o`ynashimiz mumkin. Kelinglar bolalar bugun mashg`ulotimizni faqat uchburchakka bag`ishlasak “xa uchburchak oddiy shaklku buni bizdan kichiklar xam biladi-ku” deb o`ylayotganingizni bilib turibman. Bolalar, uchburchak oddiy emas. U sexrli, chunki uning qo`lidan juda ko`p ishlar keladi. Eshitinglar-a bolalar uchburchak uchta chiziqdan iborat bo`lgani uchun bu uchta chiziqlar doimo ushbu qo`shiqni aytib yurishar ekan:

Uchta uchu, uchta burchak.

Va yana uchta tomon.

Uchchovimiz qo`shilishib.

Yuramiz omon-omon!

Qani bolalar atrofimizdagi narsalarga qarab, o`ylab ko`raylikchi. Uchburchak shakli ishlatilgan narsalar bor ekanmi?

Shu payt eshik taqillab Bilmasvoy mexmon bulib kirib keladi.



Tarbiyachi: Ie bolajonlar bizning guruximizga bilmasvoy mexmonga keldi. Bilmasvoy bolalar bilan salomlashmaysanmi?

Bilmasvoy: Qanday salomlashaman.

Tarbiyachi: Bu nima deganing salomlashishni xamma biladiku. Qani bolalar Bilmasvoy bilan bir chiroyli qilib salomlashaylikchi.

Bolalar: Assalomu alaykum!

Bilmasvoy: Assalomu alaykum.

Tarbiyachi: Voy Bilmasvoy kiyimlaringni nega bunday qilib kiyding?

Bilmasvoy: Qanday qilib kiyibman.

Tarbiyachi: Bolajonlar Bilmasvoyning kiyimlarini  chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboramizmi!? (Shunda ikkita bola chiqib kiyimlarini chiroyli qilib kiyishga yordam berib yuboradilar). Bilmasvoy sanashni bilasanmi?

Bilmasvoy: Xa!



Tarbiyachi: Bulmasam bizga sanab beringchi?

Bilmasvoy: Bir, ikki, besh, sakkiz, o`n

Tarbiyachi: Xay-xay Bilmasvoy ozgina adashmadingmi. Bolalar Bilmasvoyga tartib bilan sanashda yordam berib yuboramiz!

Bolalar: Xa! Bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n.

Tarbiyachi: Bolalar qaranglar Bilmasvoyning qalpog`i biz so`zlayotgan uchburchak shakliga o`xshar ekan-a. Bilmasvoy xozir biz bolalar btlan qiziqarli uchburchak xaqida gaplashayotgan edik. Xoxlasang sn ham bizning safimizga qo`shilsang!

Bilmasvoy: Jonim bilan!

Tarbiyachi: Kel mana bu yerda joy bor ekan o`tir va qiziqarli mashg`ulotimizda sen ham ishtirok et.

Bolajonlar men xozir sizlarga uchburchak shakllarida oddiy narsalarni chizib ko`rsatib beraman, deb: -piramida, yelkanli qayiq, archa, masxarabozning qalpoqlarini chizib ko`rsataman.





Tarbiyachi: bolajonlar uchburchakdan turli mo`jizalar yaratish mumkin. Men uchburchak shaklidan tulkini, qarg`ani, kuylakni, ro`mollarini chizib ko`rsataman.

 

Bolalar uchun amaliy ish: Bolalar stoliga oq qog`oz, har-xil rangli qalam, rangli qog`oz, yelim, qaychi, turli o`lchovdagi uchburchak shakllarini qo`yib qo`yaman.

Bolalar stolingiz ustida qo`yilgan uchburchaklardan mo“jiza yaratishingiz mumkin.

Xoxlasangiz rasmini chizing, xoxlasangiz rangli qog`ozlardan qirqib yelimlashingiz yoki tayyor qirqilgan uchburchaklardan stol ustiga terib yasashingiz mumkin. Buning uchun tayyor namunalardan foydalaning, yoki o`zingiz o`ylab ijod qiling!

Bolajonlar Bilmasvoyga ham o`zingizning shakllaringizdan, jixozlardan beramiz u ham yasashga xarakat qilmoqchi-undan so`ng bolalar ishini kuzataman.

Qiynalgan bolalarga yordam beraman. Bolalar ijodiy ishlarini tugatganlaridan so`ng. O`z ishlarini qisqa ta`riflab beradilar.



Undan so`ng bolalar bilimini tekshirish va mustaxkamlash uchun savollar berib javob olaman.

1.Nafisa:-Uchburchakning rechta tomoni va nechta burchagi bor? (Uchburchakning uchta burchagi va uchta tomoni bor).

2.Asrorbek:– rechta tayoqchadan uchburchak shaklini xosil qilishimiz mumkin? (uchta tayoqchadan uchburchak shaklini yasash mumkin).

3.Nozima:-Uyning qaysi joyi uchburchak shakliga o`xshaydi? (uyning shifti uchburchak shakliga o`xshaydi).

4.Bekzodbek:-Uchburchakdan nimalar yasading? (Uchburchakdan piramida, qayiq, archa,  masxaraboz qalpog`i, tulki qarg`a, kuylak, ro`mol yasdik).

5.Shaxzodbek:-Uchburchak va to`rtburchakning farqi nimada? (uchburchak va to`rtburchak shaklining farqi burchaklari va tomonlarida).

6.Shoxijaxon:-Faqat bitta tayoqcha bilan stol ustida qanday qilib uchburchak xosil qilish mumkin? (tayoqchani stol burchagiga qo`yish kerak).

7.Umida:-Uchburchakni nima uchun uchburchak deymiz? (uchburchakni uchta tomoni va uchta burchagi bo`lgani uchun uchburchak deyiladi).

Tarbiyachi:– bolajonlar siz men bergan savollarga juda to`g`ri javob berdingizlar xammangizga raxmat!

Bilmasvoy:-Bolalar siz barcha narsalarni yaxshi bilar ekansizlar. Endi men ham sizning safingizga qo`shilaman!
Download 52,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish