MATEMATIKA
MAVZU: MASSHTAB
6 - sinf
MASALA
AB masofa xaritada 2,5 cm deylik. Aslida-chi? Toshkent va Termiz shaharlari orasidagi masofa 700 km. Xaritada bu masofaga necha santimetr mos keladi?
A
B
Masshtab 1: 40 000 000
1 : 40 000 000
40 000 000 cm
= 400 km
MASSHTAB
Chizmadagi ixtiyoriy kesmaning uzunligi va unga (hayotda) mos keladigan haqiqiy uzunlik to‘g‘ri proporsional miqdorlardir.
Masshtab - chizmadagi o‘lchamlarning haqiqiy o‘lchamga nisbati.
Masshtab - chizmadagi o‘lcham haqiqiy o‘lchamdan necha marta kichikligini ko‘rsatuvchi son.
MASSHTAB
Xarita, chizmalarda M 1 : 100, M 1 : 1000, … kabi belgilar uchraydi. Ular – chizmaning masshtabidir.
Kichik buyumlarning o‘lchamlarini kattalashtirib ko‘rsatish uchun 10 : 1, 100 : 1, 1000 : 1 … kabi masshtablardan foydalaniladi.
MASALA
Chizmaning masshtabi 1 : 400. Chizmada sport maydonining bo‘yi 50 cm, eni 40 cm bo‘lsa, uning haqiqiy o‘lchamlari qanday?
50 : x = 1 : 400
x = 50 400 = 20 000 (cm) =
200 (m)
Yechish:
Sport maydonining haqiqiy uzunligini x desak,
Sport maydonining haqiqiy eni uzunligini y desak,
40 : x = 1 : 400
x = 40 400 = 16 000 (cm) =
160 (m)
Javob: 200m, 160m
MASALA
Dunyodagi eng mitti qush kolibri hisoblanadi. U tumshug‘ining uchidan dumining uchigacha 6 cm keladi. Kolibri qushining chizmadagi o‘lchami: 1) 3 cm, 2) 2 cm, 3) 1,5 cm qilib ko‘rsatilgan, deylik. Qush rasmda necha marta kichiklashtirilgan?
YECHISH
1) 6 : 3 = 2
Javob: 1) 2 marta, 2) 3 marta, 3) 4 marta
3 : 6 = 1 : 2
2) 6 : 2 = 3
2 : 6 = 1 : 3
3) 6 : 1,5 = 4
1,5 : 6 = 1 : 4
MASALA
Uzumzor bog‘ to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning bo‘yi 360 m, eni esa 240 m ga teng. 1 : 1200 masshtabli chizmada bog‘ning o‘lchamlari qanday bo‘ladi?
Yechish:
Javob: 30 cm va 20 cm
= 30 cm
= 20 cm
643- masala
Yer maydoni xaritasida masshtab 1 : 1000 deb ko‘rsatilgan. Xaritada ikki nuqta orasidagi masofa: 1) 1 cm; 2) 1,7 cm; 3) 4 cm; 4) 5,5 cm; 5) 7 cm; 6) 10 cm ga teng. Haqiqiy masofalarni hisoblang.
645- masala
Toshkent va Namangan shaharlari orasidagi masofa 432 km. 1 : 2 000 000 masshtabli xaritada bu masofa qancha bo‘ladi?
646- masala
Xaritada 2,7 cm uzunlikdagi kesmaga 54 km li masofa mos keladi. Agar xaritada ikki shahar orasidagi masofa 12,6 cm bo‘lsa, ular orasidagi masofa aslida necha kilometr?
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: Darslikning 119-betidagi 666-, 667-, 675-, 676- masalalarni yeching.
Do'stlaringiz bilan baham: |