MATEMATIK KECHA
TADBIR SENARIYSI
“MATEMATIKA KECHASI”
dastur senariysi
Sarvinoz: Salom so’zi qadimdan odat
Har kishiga kerakli kalom .
G’animatdir tilash sog’lik , baxt ,
Shuning uchun salom assalom !
Olloh bizga buyurgan avval ,
Salom berish muhim burchimiz.
Shuning uchun aziz do’stlar ,
Assalomu –alaykum deymiz !
Asadbek: U beradi yaxshi kayfiyat ,
U beradi ishlarga unum .
Dildan ketar darrov shum niyyat ,
Desang assalomu – alaykum
Keling barcha jam bo’lgan joyda ,
Boshni egib qilaylik ta’zim .
Besalomlik erur befoyda ,
Deymiz assalomu alaykum !
Sarvinoz: Assalomu alaykum qalb qo’ri bilan quyoshni lol qoldirib ilm berayotgan aziz ustozlar !
Asadbek: Assalomu alaykum xayoli faqat bilim olish bilan yonayotgan katta kichik maktabdoshlar !
Sarvinoz: Azizlar bugun matematikaga bag’ishlab o’tkazilayotgan MATEMATIKA KECHASI ga hush kelibsizlar !
Asadbek: Bugungi matematika kechasini ochishni MATEMATIKA jumlasiga ta’rif berish bilan boshlaymiz .
M
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,
Bo’limlari xilma xil qay birini aytayin .
Qancha qancha muammo hal etilgan ushbu on ,
Kompyuter savodi quloch yoymoqda hamon .
A
Asrlar ortidan kelar asrlar ,
Unut bo’lar o’tmish ,zamon ko’p sirlar .
Ammo yaratilgan fan asoslarin ,
Asrdan asrga eltar nasllar .
T
Ta’zim sizga buyuk fanga asos solgan bobolar ,
Ta’zim sizga nomi mangu shonli qolgan bobolar .
Siz yaratgan ushbu fanni biz ham sevib qolganmiz ,
Ihlos bilan o’qib uni ancha bilib olganmiz .
E
Ex , yer yuzidan to kosmik fazogacha
Kundalik turmush, hayot, quyosh, suv , havogacha .
Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon ,
Qudratli bu fan uchun bosh element nuqtajon .
M
Matematika fani go’zallikka boy juda ,
Go’zal son, go’zal yechim , go’zal chizma serjilo .
Boshqotirgich sofizm aqlni peshlasa gar ,
Topishmoqli misollar o’ylashga majbur etar.
A
Aniq fan kechasiga hush kelibsiz marhabo ,
Matematika bilan hamroh bo’ling doimo .
Matematika kerak har bir yigit va qizga ,
Aqlini va fikrini soladi yaxshi izga .
T
Turli tuman savol bilan o’ylataylik barchani ,
Ruhsat bering boshlamoqqa matematik kechani .
Charchaganda hisob – kitob o’yin o’ynab oling dam ,
Shirin qo’shiq o’yin sizga zavq beradi bir olam .
I
Iks igrik noma’lumga boy fanim ,
Ajdodlarim merosiga boy fanim .
Al-Xorazmiy , Beruniylar merosi ,
Fanlar ichra kashfiyotga boy fanim .
K
Kompyuterlar zamoniga yetib keldik ,
Ajdodlarim merosidan o’rnak olib .
Hisob –kitob ilmini biz bilib oldik ,
Fan cho’qqisin egallaymiz bilim olib .
A
Ayniyat , formulangni o’rganamiz tez oson ,
Lekin iks igriging o’ylatadir har qachon .
Ta’rif , teoremangni yodimizda saqlaymiz ,
A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz .
Sarvinoz: Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan ,
Bobolarning me’rosidan bizga taqdim etilgan .
Al-Xorazmiy , Beruniy , Ulug’beklar boyitgan .
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan .
Asadbek: Xa azizlar bu fan bizga juda ko’p sirlarni tanitgan .Matematikaning ayrim sirlardan sizlar ham ogoh bo’linglar .Endi navbatni raqsga beraman..Marxamat tamosha qilinglar .
(sahnada Raqamlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi)
Sarvinoz: Goxo goxo uchrab turar ,
Shunday qiziq hangomalar .
O’ylamasdan bir ish qilib ,
O’z xatosin bilmay qolar .
Asadbek: O’quvchilar siz turli shakllarni taniysiz va ular haqida ma’lumotga egasiz . Xozir eng ko’p ishlatiladigan geometrik shakllar uchburchak va to’rtburchakning hangomasining guvohi bolsak. Marxamat tamosha qiling .
Do'stlaringiz bilan baham: |