Yunusobod tuman 250-maktab 2- fevral 2018 yil fan oyligiga kirish test natijasi 6-“A” sinf Nurmanova Gulbahor Qadamboyevna
Yunusobod tuman 250-maktab 2- fevral 2018 yil fan oyligiga kirish test natijasi 5-“A” sinf Nurmanova Gulbahor Qadamboyevna
Matematika Informatika fan oyligiga
bag’ishlangan saflanish
(saflanish maktab fayesida yoki faollar zalida bo’lib o’tadi, tadbir bo’ladigan joy matematika informatika fan oyligiga oid stengazetalar, ko’rgazmalar sharlar gullar bilan bezatilgan bo’lishi kerak)
Bugun bizda aziz mehmonlar boshqacha kun, bugun informatika matematika fan oyligiga kirish marosimidir. Matematika bu cheksizlikka qarab intiluvchi izlanuvchi fandir, bugungi tadbirimiz sababchisidir.Bu fanni har bir o’quvchi bilishi kerak chunki atrofimiz matematika bilan o’ralgan.
Assalomu alaykum davramizning eng aziz mehmonlari!
Assalomu ey, ilmu fanning sohibu davronlari!
Assalom ey, aziz do’stlar ham fikrdosh o’rtoqlar.
Davramizda hush kelibsiz, bugun barcha tengdoshlar.
Assalomu alaykum aziz insonlar!
Fevral fan oyligi davomida maktabimizda ko’plab qiziqarli tadbirlar, konkurslar va ochiq darslar, ijodiy ishlar konkurslari bo’lib o’tadi. Shunday ekan hurmatli o’quvchilar fan oyligida faol qatnashaylik.
Oylik davomida maktabda “Eng zo’r stengazeta”, “Eng zo’r ko’rgazma qurol”, “Eng zo’r tarqatma material” kabi tanlovlar o’quvchilar orasida bo’lib o’tadi. Faol qatnashgan o’quvchilar fan oyligi yakunida albatta rag’batlantiriladi.
Endi navbatni maktabimizni 7-“B” sinf o’quvchilariga bersak.
“0 raqami”
Diqqat mening nomim nol
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
“1 raqami”
Bir degan sanoq sonman,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bitta quyosh
Yozishga ham ong’ayman,
Qoziqchga o’xshayman
“2 raqami”
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z , ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Huddi ko’ldagi oqqush!
“3 raqami”
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
“4 raqami”
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha!
“5 raqami”
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa,
“6 raqami”
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon sedan chiqmas.
Yozishga lozim bilmoq
Go’yoki oddiy ilmoq
“7 raqami”
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq
“8 raqami”
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
“9 raqami”
Men to’qqizman, to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.
Navbatni boshlang’ich sinf o’quvchilariga bersak
Matematika fani haqida sherlarga navbat
Ushlab ikki chetingdan
Bitta o'pib betingdan
Nelarga qodirliging
Bilib oldim ketingdan
Menga yoqdi chiroying...
MATEMATIKA yoxud qavsdagi odam o’ylari
Endi navbatni allomalarimiz haqida ma’lumotga navbat bersak
Al-Xorazmiy, Al-Beruniy
Shu bilan hurmatli o’quvchilar tadbirimiz oxirlab qoldi. Shunday qilib kelinglar fevral matematika informatika fan oyligida faol ishtirok etaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |