Matematika-informatika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi amaliy matematika va informatika



Download 165 Kb.
bet5/9
Sana14.04.2022
Hajmi165 Kb.
#552065
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi услубий курсат

Masalaning qo‘yilishi
Bu bosqichda masalaning yechish uchun barcha ma’lumotlar aniqlanadi. Bosqichning mohiyati shundaki, bu erda masala aniq va to‘la ifodalanadi: maqsad nimadan iborat? Qaysi muammoni hal etish kerak? Muammoni qanday yechish kerak? – degan savollarga javob bo‘lishi lozim. Masalaning aniq qo‘yilishi uni yechishni ancha osonlashtiradi, ba’zi hollarda esa talab va shartlarni noto‘g‘ri qo‘yilganligini yoki uni yechish uchun ba’zi ma’lumotlarning etishmasligini aniqlaydi.
Umuman olganda, istalgan masalani yechish uchun uning berilishini va mohiyatini to‘g‘ri tushunib olish, qanday ma’lumotlar kerakli va oldindan qanday natija olinishini bilish kerak.


Masalaning matematik modelini tuzish
Bu bosqich ham ma’lum ma’noda oldingisiga o‘xshaydi. CHunki bu erda ham: maqsad nimadan iborat? Qaysi muammoni hal etish kerak? Muammoni qanday yechish kerak? degan savollar o‘rtaga qo‘yiladi. Lekin bu savollarni biz atematik tilda ifodalashimiz talab etiladi. CHunki, matematik masalaga o‘tish orqali qo‘yilgan masalani yechish uchun ishlab chiqilgan matematik usullarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Bu bosqichda real ob’ekt (ob’ektlar guruhi, jarayon, hodisa va hokazo) va uning qonuniyatlari o‘rganiladi. Bunday qonuniyatlarni o‘rganish uchun albatta unin matematik modelini qurish talab etiladi. Ob’ektning matematik modelini qurganimizdan so‘ng, biz real ob’ektni tahlil etishdan voz kechamiz, chunki ob’ektni uning matematik modeli orqali o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Masalaning yechish usulini tanlash.
Bu bosqichda hosil qilingan matematik masalaning yechish usuli tanlanadi. Tanlangan usulning to‘g‘riligini keyingi bosqichlarda tekshirib ko‘rish mumkin.
Masalaning yechish usulini tanlaganda masalaning qo‘yilishiga bo‘lgan talablar inobatga olinishi kerak. SHuningdek, uning aniqlik darajasi, Kompyuter ning resurslaridan oqilona foydalanish, murakkabligi, tanlangan usulning optimalligi hisobga olinadi.
Algoritm ishlab chiqish va ma’lumotlar strukturasini yaratish
Bu bosqichda masalaning yechish algoritmi tuziladi, ya’ni masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligi ishlab chiqiladi.
Masalani aniq strukturalashtirish, uni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan alohida alohida kichik-kichik masalalarga bo‘lib borish, algoritmni mantiqan detalizatsiyalash, tipik mantiqiy konstruksiyalardan foydalanish natijasida turli masalalar uchun ishchan dasturlarni tuzish imkoniyatini hosil qiladi.
Masalaning algoritmini turli usullarda ishlab chiqish mumkin. Lekin algoritmni blok-sxemalar ko‘rinishida ifodalash ancha qulay bo‘lib, bu usul o‘zining ko‘rgazmaliligi bilan ajralib turadi. Algoritmni ishlab chiqishda ma’lumaotlarning tarkibini aniqlash tiplarni oldindan belgilab olish va ularni strukturalashtirish muhim ahamiyatga ega. CHunki, mavjud quyi darajali algoritmik tillar sonli, matnli va simvolli konstantalarni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Umuman olganda, ishlab chiqilgan algoritm universal xarakterga ega bo‘lishi va shu sinfga tegishli barcha masalalar uchun o‘rinli bo‘lishi hamda faqat boshlang‘ich ma’lumotlar bilan bir-biridan farq qilishi kerak.

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish