O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA
yo‘nalishi talabalari uchun
«HISOBLASH USULLARI»
fanidan
KURS ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Farg‘ona– 2022 y.
Tuzuvchi:
1. Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, f.m.f.d(Ds)
Sh.T.Karimov.
2. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, f.m.f.n(PhD), Q.Rahimov
3. Amaliy matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi A.I.Ismoilov
Taqrizchilar:
1. Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi T.Tojiyev.
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali o’quv bo’limi boshlig’i Sh.A.Umarov.
Uslubiy ko‘rsatmada “Hisoblash usullari” fanidan kurs ishlarining namunaviy mavzulari, ularni bajarish va rasmiylashtirish qoidalari hamda himoya qilish tartibi xususida asosiy ko‘rsatmalar bayon etilgan. Matematika-informatika fakulteti Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan.
Uslubiy ko‘rsatma amaliy matematika va informatika kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilindi va ma’qullandi. (Bayon № “____” ______________ 2022 y.).
Uslubiy ko‘rsatma Matematika-informatika fakulteti kengashi qarori asosida nashrga tavsiya etildi. (Bayon №“____” ______________ 2022 y.).
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2008 yilda “Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlari va kurs ishi (loyihalari) ning sifati oshirish” to‘g‘risidagi qarorlarida yosh avlodni axborot texnologiyalari vositalari bilan ishlashga keng o‘rgatish, ta’limning elektron o‘quv bazasini yaratish, hamda ta’lim muassasalarining informatsion infrastrukturasini shakllantirish vazifalariga alohida e’tiborni qaratish ta’kidlangan.
Bu borada Oliy o‘quv yurtlarining talablariga “Hisoblash usullari” fanidan chuqur bilim berish, ularga quyi saviyali Hisoblash usullari madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bakalavriat yo‘nalishlarining yangi o‘quv rejalariga binoan talabalar ushbu fanni uch semestr mobaynida o‘zlashtiradilar. Talabalarning nazariy bilimlarini shakllantirish maqsadida mazkur fan doirasida kurs ishlarini bajarilishi rejalashtirilgan.
Kurs ishlari “Hisoblash usullari” fanining yakuniy bosqichida bajariladi.
Uning asosiy maqsadi – fanni o‘zlashtirish jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalardan foydalanib, talabaning zamonaviy tizimli Hisoblash usullariga tegishli bo‘lgan masalalarni mustaqil bajarish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |