41. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyada sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)A1+
b)A1
c)B1
d)B1+
42. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyada natural, butun va rasional sonlarni o‘qiishi, yozishi, taqqoslay olishi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)A2
b)A2+
c)B2
d)B1+
43. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyada sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)A2+
b)A2
c)B2
d)B1+
44. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyada formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)B1
b)B2
b)B1 a)
b)A2 a)
45. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyada nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)B1+
b)B2
c)B1
d)A2+
46. Matematika mazmuniga oid kognitiv kompetensiyada ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg’on tasdiqlarni farqlay olishi qaysi standart darajaga mos keladi?
a)A1
b)A1+
c)B1
d)B1+
47. Qanday kompetensiyada ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
a)Kommunikativ kompetensiya
b)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
48. Qanday kompetensiyada mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
a)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
b)Kommunikativ kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
49. Qanday kompetensiyada doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi?
a)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
b)Kommunikativ kompetensiya
c)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
d)Milliy va umummadaniy kompetensiya
50. Qanday kompetensiyada jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
a)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
b)Milliy va umummadaniy kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
51. Qanday kompetensiyada vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
a)Milliy va umummadaniy kompetensiya
b)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
c)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
52. Qanday kompetensiyada aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
a)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
b)Milliy va umummadaniy kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |