Elektron o`quv qo`llanma – fanning o`quv hajmini qisman yoki to`liq
qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o`z ichiga olgan bo`lib, masofaviy
o`qitish va mustaqil o`rganish uchun mo`ljallangan o`quv manbai.
Elektron o`quv-metodik majmua – davlat ta’lim standarti va fan dasturida
belgilangan, bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o`quv
jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil
bilim olish va o`rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan,
talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan elektron o`quv–
uslubiy manbalar, multimediali didaktik vositalar va materiallar, multimediali
elektron ta’lim resurslari, multimediali baholash metodlari va mezonlarini o`z
ichiga oladi.
145
Matematika fanini o’qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo’icha o’quv-uslubiy majmua
Do'stlaringiz bilan baham: |