3. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iktisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqaa. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir kursatmovda. Bunga faqat mustaqashgik yillarida (1991-2001) erishildi. Boshqa sohalar qatorijismoniy tarbiya va sport soxasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi kursatkichlarga qarab ham bilsa bo’ladi.
4. O’zbekistonning mustaqil davlat bo’lishiga olib keldi va birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul kiluvchi organ – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shakllandi. U konunlarni ishlab chikish va tasdiklash xukukiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo’yicha Vazirlik mavjud. Bu Vazirlik o’z nufo’zidagi sohalar bo’yicha konunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekistonRespublikasining "Jismoniy tarbiya va sport turrisida"gi qanuni ham shu Madaniya va sport ishlari Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.Sport adminstratsiyasi yoki menejmenti yuqori o'quv muassasalarida yangi g'oya hisoblanadi. Janubiy Florida Universiteti birinchi bo'lib 1950-yillar o'rtalarida "Beyzbol biznes boshqaruvi" nomli o'quv sarlovhasini e'lon qildi. Birinchi fanlar to'plami 9 ta kontent sohalaridan tashkil topgan. 1966-yili Koral Kables dagi Mayami Universitetida tashkil topgan Sport boshqaruvi fani magistraturasi Ogio shtatida yo'lga qo'yildi. Bu voqea, Koral Gablezdagi profesional sportda sport boshqaruviga studentlarni tayorlash uchun o'quv dasturi ishlab chiqishga Mayami universiteti jismoniy ta'lim profesori James Masonga ta'sir o'tkazgan shahs- Bruklin Dodjers prizidenti Walter O'Malleyga borib taqaladi. Mason dasturni rivojlantirgan ammo bu Mayami universitetida qo'llanmagan. Mason 1996-yilda qabul qilingan dastur bilan birgalikda Ogio universitetiga ko'chdi. 5 yildan so'ng Amherst dagi massachiust universiteti sport boshqaruvi yo'nalishida magestratura qabuini taklif qilishni boshladi. Bunga qadar, Biscayne kolleji(hozirgi St Thomas universiteti) va St Johns universiteti sport boshqaruvi yo'nalishidagi bakalavr darajasini taklif qilgan birinchi muassasalar bo'ldi. Bugungi kunda AQSHda 200 dan ortiq kollej va universitetlar Sport boshqaruvi yoki dasturlarni boshqarish darajalari yo'nalishini taklif qilyapti.
Oliy ta'limdagi barcha bosqichlarda taklif qilingan darajalar bor shu jumladan: bakalavr, magistratura va doktorlik.
Yo'nalish xalqaro darajada Avstraliya,Kanada,Xitoy,Fransiya,Germaniya,Gretsiya, Hindiston,Irlandiya,Yaponiya,Korea,Yangi Zellandiya, JAR, Trinidat va tobago va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda keng qamrovda yoyildi.2
O’zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan konunlarni amalda ijro etuvchi organ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortik muxim qarorlar qabul qilindi va ular xayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, "Xalqdemokratik partiyasi", "O’zbekiston liberal dimokratik partiyasi" partiyalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Navro’z", "Mahalla", "Ekosan" va boshqa jamg’arma va uyushmalar mavjud.
5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (printsiplar) mavjud bo’lib, u O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qonunning 3-moddasida "Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari" quyidagicha belgilangan.
insonparvarlik;
demokratizm;
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.
Bu tamoyilida negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik printsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy taribiya va sport bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullannshini ta’minlash kabi ishlar ko’zda tutilgan.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi printsipi asosan o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklari mashg’ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko’zdatutadi. SHuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu printsiplarning yana bir jihati shun-daki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lo avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mahsulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, spor musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko’maklashishi hisobga olingan.
6. Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p mahsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o’ziga xs boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nola mavjud. "Jismoniy tarbiya", "Jismoniy madaniyat: "Sport" kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati" fanida yetarli darajada bayon qilingan. SHu sababdan ularga alohida to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsada, qisqacha tavsif borish joizdir. Ya’ni:
jismoniy tarbiya pedagogikjarayon sifatida inss kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to’g’ri hamda chiroyli o’sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko’rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to’ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug’ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir.
Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g’oliblar esa musobaqa shaklida anikdanadi.
"Boshkarish" atamasi barcha sohaga tegishli bo’lga umumiy ma’nodagi so’z bo’lib, u bevosita faoliyatlar rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va spoy harakatida "boshqarish" muhim ahamiyat kasb etuvchi fao liyatni ifodalab, sport tashqilotlari, sport klublary jamoalar (kollektiv) orasida musobaqalar, yig’inanj; manlarni o’tkazishga, yo’lboshchilik qilish ma’nossh ishlatiladigan atamadir.
4. Davlatni idora qilish bo’yicha barcha faoliyatlarda Prizidentlik tizimi, Oliy Majlis hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o’rni.
Boshkarish tizimlari /sistema/ o’z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o’quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular o’z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir. Ya’ni, o’quv yurtlari tizimiga: maktab, akademik litsey, o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari kiradi.
Ilmiy boshkarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or tajribalarning natijalarini qo’llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo’llaniladigan sinov-tajriba jarayonlar monitoringi ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshkarish usullari. Bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko’p qo’llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo’lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o’xshashlik, talablar yagonadek tuyulsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. SHuning uchun o’yinlardagi natijalar va jadvallardagi o’rinlar har xil bo’ladi. SHu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng.qo’llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu, o’z navbatida menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqtsa. Ularning batafsil mazmunlari shu nomdagi mavzularda bayon etiladi.
O’zbekistonda "Kadrlar tayyorlash milliy das-turi"ni amalga oshirish bo’yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishda "Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish" fanining ahamiyati katta bo’lmoqtsa. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, respublika, viloyat, shahar sport qo’mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik kilish yo’llarini o’rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o’z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tarbiya-lashda sohaga doir qonunlar, farmonlar va qarorlarni o’rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, talabalar-ning o’quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo’llarini singdirish o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o’zlashtirishda o’quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog’lash, ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o’z kasbiga yondoshishini taqozo etmokda.
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy maz-mundagi xalq milliy o’yinlarining mohiyatini chuqur o’rganish, "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o’quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog’lanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |