y = ax2 + bx + c funksiya. Kvadrat funksiyaning grafigini yasash.
3. Kvadrat tengsizliklar (11 soat)
Kvadrat tengsizlik va uning yechimi. Kvadrat tengsizlikni kvadrat
funksiya grafigi orqali yechish. Oraliqlar usuli. Kvadrat tengsizlikka olib
keladigan sodda iqtisodiy, fizik va amaliyot masalalari.
4. Ratsional ko‘rsatkichli daraja (11 soat)
Butun ko‘rsatkichli daraja va uning xossalari. Natural ko‘rsatkichli
darajaning arifmetik ildizi. Arifmetik ildizning xossalari. Ratsional
ko‘rsatkichli daraja. Irratsional ko‘rsatkichli daraja haqida tushuncha. Sonli
tengsizliklarni darajaga ko‘tarish.
5. Darajali funksiya (10 soat)
Funksiyaning aniqlanish sohasi. Funksiyaning o‘sishi va kamayishi.
Funksiyaning juft va toqligi. Daraja qatnashgan tenglama va tengsizliklar.
6. Trigonometriya elementlari (28 soat)
Burchakning radian o‘lchovi. Nuqtani koordinata boshi atrofida burish.
Sinus. kosinus, tangens va kotangensning ta’rifi. Sinus, kosinus, tangens
va kotangensning ishoralari. Bir argumentning trigonometrik funksiyalari
orasidagi asosiy munosabatlar. Trigonometrik ayniyatlar. α va -α burchakning
sinusi, kosinusi, tangens va kotangensi. Ikki burchak yig‘indisi va
ayirmasining trigonometrik funksiyalari. Ikkilangan burchakning va yarim
burchakning trigonometrik funksiyalari. Keltirish formulalari.
7. Progressiyalar (19 soat)
Arifmetik progressiya. Arifmetik progressiya dastlabki n ta hadining
yig‘indisi. Geometrik progressiya. Geometrik progressiya dastlabki n ta
hadining yig‘indisi. Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyaning barcha
hadlar yig‘indisi. Murakkab foizlar. Amaliy masalalar yechish.
8. Takrorlash. Masala va misollar yechish (8 soat)
9-sinf
Geometriya
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat)
1. Takrorlash (4 soat)
2. O‘xshash geometrik shakllar (17 soat)
Ko‘pburchaklarning o‘xshashligi. O‘xshash uchburchaklar va ularning
xossalari. Uchburchaklarning o‘xshashlik alomatlari. To‘g‘ri burchakli
uchburchaklarning o‘xshashlik alomatlari. O‘xshashlik alomatlarining
isbotlashga doir masalalarga tatbiqlari. Geometrik shakllarning o‘xshashligi.
O‘xshash ko‘pburchaklarning xossalari. Gomotetiya va o‘xshashlik.
Masalalar yechish.
3. Uchburchak tomonlari va burchaklari orasidagi
munosabatlar (18 soat)
O‘tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi. Ba’zi
burchaklarning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensini hisoblash. 0o
dan 180o gacha bo‘lgan burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va
kotangensi. Asosiy trigonometrik ayniyatlar. Uchburchak yuzini ikki tomoni
va ular orasidagi burchak sinusi yordamida hisoblash. Sinuslar teoremasi.
Kosinuslar teoremasi. Sinuslar va kosinuslar teoremalarining ba’zi
tatbiqlari. Vektorlarning skalyar ko‘paytmasi. Ikki vektor orasidagi burchak
va uni hisoblash. Uchburchaklarni yechish. Masalalar yechish.
4. Aylana uzunligi va doira yuzi (12 soat)
Aylanaga tashqi va ichki chizilgan ko‘pburchaklar. Muntazam
ko‘pburchaklar. Muntazam ko‘pburchakka tashqi va ichki chizilgan
aylanalar. Muntazam ko‘pburchakning tomoni bilan tashqi va ichki
chizilgan aylanalar radiuslari orasidagi bog‘lanish. Aylana uzunligi. Aylana
yoyi uzunligi. Burchakning radian o‘lchovi. Doira va doira bo‘laklarining
yuzi. Masalalar yechish.
5. Uchburchak va aylanadagi metrik munosabatlar (7 soat)
Proporsional kesmalar va ularning xossalari. To‘g‘ri burchakli
uchburchakdagi proporsional kesmalar. Berilgan ikkita kesmalarga o‘rta
proporsional kesmani yasash. Aylanadagi proporsional kesmalar. Masalalar
yechish.
6. Takrorlash. Masalalar yechish (10 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |