O’quvchi: Matematika aql gimnastikasidir.
O’quvchi: Matematikaning o’z tili mavjut - bu formulalaridir.
O’qituvchi: Darhaqiqat, o’quvchilar.
Matematikaning go’zalligi ham shundaki,
Unda har bir fikr isbot qilishni talab qiladi.
O’qituvchi; Endi shior tanlab olsak, zotan har bir Davlatning o’z madhiyasi bo’lgani kabi insonni ham maqsadi sari boshlovchi to’siqlarni yengishga undovchi shiori, maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Shunday ekan
O’qituvchi; Shiorimiz?
O’quvchilar: Ilm ko’p - u, hunar oz.
Keragin ol-u, toshga yoz.
O’qituvchi; Maqsadimiz?
O’quvchilar: Matematika fanini chuqur o’rganish va uni yuksaltirish.
O’qituvchi: Vazifamiz?
O’quvchilar: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
O’qituvchi: Navbatchi-o’quvchi qilingiz hisob,
Xonada necha o’quvchi bor shu tob.
O’quvchi: Men Naimova Shahnoza 7-“A” sinfda bugun navbatchiman. Bizning sinfimizda 32 nafar o’quvchi bo’lishi kerak. Bugun darsda 31 nafar o’quvchi darsga atnashishga tayyor. Bir nafar o’quvchi sababli darsga qatnashmayapdi.
O’qituvchi: O’quvchilar, Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganlaridek, “O’zbekiston kelajagi bilimli yoshlar qo’lida”. Shunday ekan, har birimiz yurtimizda va jahonda sodir bo’layotgan yangiliklardan xabardor bo’lishimiz kerak. Jahonda va Vatanimizda qanday yangiliklar sodir bo’layapti. O’zbekistonimizni ichki va tashqi siyosati to’g’risida o’quvchilar tomonidan yangiliklar aytiladi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar endi guruhlarga bo’linamiz. Men “Markaziy bank” guruhi bo’laman. Sizlar esa, “Milliy bank”, “Tijorat bank” va “Tadbirkor bank” guruhlariga bo’linasizlar. Har bitta guruh o’zining bank guruhlarining vazifalari haqida qisqacha ma’lumot beradi. “Markaziy bank”, “Tijorat bank” larga xizmat ko’rsatuvchi, Davlatning asosiy banki. “Markaziy bank” Respublikada yagonadir. Bank – aholi, firma va tashkilotlarga pul mablag’larini jamg’aruvchi va ularni boshqalarga qarzga beruvchi qimmatli qog’ozlar oldi-sottisi va boshqa moliyaviy xizmatlar bilan shug’ullanuvchi moliyaviy muassasadir.
O’quvchi: “Milliy bank” O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtsodiy faoliyati “Milliy bank” ning O’zbekistonning barcha viloyatlari, katta shaharlar va tumanlarda bo’lim va filiallari bor. Moliya olamdagi eng nufuzli “The Banker” jurnali bergan bahoga ko’ra 2000 - yilda “Milliy bank” jahondagi mingta eng katta va obro’yli bank muassasalari sarasiga kiritilgan “Milliy bank” ana shu ro’yxatda 503 - o’rinni egallagan bo’lib u dunyodagi eng ishonchli banklarning biri deb hisoblanadi.
O’quvchi: “Tijorat banki” aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko’rsatuvchi bank. -“Markaziy bank”da qarzga pul oladi; - Mijozlarning pul mablag’larini saqlaydi va jamg’arishda ko’maklashadi.
Darsimizning birinchi zinasi yakunlandi. Marhamat, ikkinchi zinaga.
Do'stlaringiz bilan baham: |