yopiq b) ochiq javobli.
Testlar mavzu bo’yicha, bo’lim bo’yicha, chorak bo’yicha, nazorat uchun, kurs bo’yicha bo’lishi mumkin. Axborotnomadagi testlar umuman matematika kursi bo’yicha berilgan bo’lib, unda 5-11 sinf matematikalari hisobga olingan bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham kasr, davriy kasr, o’nli kasr xossalarga, natural sonlar va ular xossalariga oid savollar ko’plab uchraydi.Testlar o’tilgan mavzularni baholashda, yangi mavzuni tushuntirishda har ikkala holni umumlashtirishda o’quvchilarni tanlab, yoki yoppasiga baholash uchun ishlatiladi. Shuning uchun har bir tuzulgan testni matematika o’qituvchilari metod birlashma yig’ilishlarida ko’rib, o’rganib chiqib, uni ishlatish uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini belgilab berilsa maqsadga muvofiq.Test tuzishda javoblar sonini iloji boricha ko’paytirilgani ma’qul chunki, javob ko’proq bo’lsa, topgani imkoniyat kengayadi. Javob 2,3 ta bo’lsa aniq javob ehtimolligi ortadi. Bundan ko’rinadiki to’g’ri javob ehtimolligini 50% ni tashkil etadi. Endi javob 3 ta bo’lsa, to’g’ri javob 3 tadan bir qismini tashkil etadi. Ya’ni 33 % ni tashkil etadi. Bu avvalgiga nisbatan o’quvchini o’ylashga fikrlashga va intilishiga undaydi. Bunday testlarni tuzish uchun o’qituvchilarga juda qulay bo’lgan easyQuizzy va iSpring Suite dasturlari aynan qo’l keladi.
Xulosa
Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollantirish orqali uni aqliy jihatdan mukammal rivojlantirishga erishish maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda matematika darslarida bob tugagandan so’ng, qo’shimcha mashqlardan so’ng, darslar musobaqa va testlar asosida o’tkazilishi hozirgi zamon o’quvchilarining intelektual salohiyatlarini oshiradi.
Matematika darslarida test ,qiziqarli masalar asosida darsni tashkil etish o’quvchilarni egallagan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, psixik proseslarini shakllantiradi. Ta’lim oluvchilarda matematika faniga qiziqishlari yetarli darajada emasligi uchun, Musobaqa va o’yin usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki talaba o’quvchi o’yin orqali mavzuni tez va oson o’zlashtiradi. O’yin va musobaqa usullaridan va testlardan foydalanishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun darsni turli testlardan foydalanib, bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ushbu loyihani tavsiya etishimdan maqsad Davlat ta’lim standartlari bo’yicha o’qitish o’quvchilar uchun muhim jarayon hisoblanadi. Bu tavsiyalar o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq madaniyatini,test ishlash ko’nikmalarini matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashishga imkon yaratadi.
Shu o’rinda yuqoridagi tavsiyalarimdan foydalangan holda o’tgan matematika darsimning taqdimotini ilova qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |