22
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematika tasavvurlarini
shakllantirish dasturi
I. Uzviylikning metodologik asoslari va ilmiy-pedagogik tamoyillari
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
va maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi va boshlang‘ich ta’lim
standartlarining ta’limiy, pedagogik va uslubiy bog‘liqliklari quyidagicha:
– yagona talablar
(Davlat talablari va boshlang‘ich ta’lim standartlarini amalga
oshirish
shartlariga, asosiy ta’lim dasturining mazmuniga erishish);
– tizimli yondashuv
(bolaning beshta rivojlanish sohasiga tayanish, bolalarning
yosh xususiyatlariga e’tibor berish);
– bolalarni rivojlanish sohalari asosida o‘qitish va tarbiyalashning umumiy
maqsadlari
(jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy
va hisssiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilim jarayonini
rivojlantirish, ijodiy rivojlanish).
Do'stlaringiz bilan baham: