1-sinf
MATEMATIKA darsi
Darsning mavzusi: 100 sonini hosil qilish.
Darsning maqsadlari:O’quvchilarga 100 soni haqida tushuncha berish.
100 sonini hosil qilishga doir misollar yechishni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad o’quvchilarni dunyoqarashini shakllantirish. Masala mazmuniga ko’ra iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni misol va masalalar yechish malakasini rivojlantirish.
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Sinf taxtasidagi yozuvlar:
Sana
Mavzu
Mavzuga doir chizmalar
Mustaqil ish uchun misollar
Ko’rgazmali qurollar
Masala sharti
Tezkor savol-javoblar
Test
Uy ishi
Darsning borishi:
Darsni tashkil qilish;
O’tilgan mavzuni so’rash, uyga vazifani tekshirish.
O’tiganlar yuzasidan savol-javob suhbati o’tkazish.
Sinf o’quvchilarini 3 ta guruhga ajratish.
Dars metodi: aralash, tushuntirish, savol-javob, musobaqa .
Darsning jihozi : jadval, sanoq cho’plar, masalarga oid rasmlar.
1-guruh nomi: Al-Xorazmiy
2-guruh nomi: Amir Temur
3-guruh nomi: Alisher Navoiy.
Guruh sardorlari o’z guruhi nomini izohlab beradi. Har bir guruhga misollar yozilgan qog’oz beriladi. Guruh a’zolari tez misolni yechib berishlari kerakligi aytiladi. Ishlarni teshkirish uchun hakamlarga beriladi. Hakamlar har bir guruhning bajargan ishini, savollarga bergan javoblarini baholab boradi.
Yangi mavzu: 100 sonini hosil qilish.
Doskaga sana va mavzu yozib qo’yiladi.
100 sonini hosil qilish haqida tushuncha beriladi.
1-misol.
54+46= 54+46=
50+40=90 54+40=94
4+6=10 94+6=100
90+10=100 54+46=100
54+46=100
O’nliklarga o’nliklar qo’shiladi.
Birliklarga birliklar qo’shilib hosil bo’lgan son o’nliklarga qo’shiladi.
O’quvchilarga 100 hosil bo’ladigan misollar ayttiriladi.
2-masala.
Masala sharti bir o’quvchiga o’qitiladi. Doskaga masalaning qisqa yozuvi yozib beriladi:
Musiqa to’garagi -34 nafar
Tasviriy san’at- ? 16ta ortiq
Hammasi nechta-?
Yechilishi:
34+16=50
34+50=84
Javob: 84 nafar o’quvchi.
3-misol.
Darslikda berilgan jadvaldan yig’indini topishga oid misollar o’g’zaki bajariladi.
4-masala.
Qisqa yozuvlar asosida masala tuzdiriladi va yechiladi.
Bor edi-100 kg un
Ishlatildi – 60kg
qoldi- ? kg
Yechish:
100-60=40 javob: 40 kg un.
O’quvchilarga yuqoridagi masalaga o’xshash masalalar og’zaki tuzdiriladi va yechiladi.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
5-misol.
99 sonidan keyin qaysi son keladi ? savolini berib o’quvchilardan javob olinadi. 100 soni doskaga yozib ko’rsatiladi. 100 uch xonali son ekani tushuntiriladi. 100 ning ichida 10 ta o’nlik borligi sanoq cho’plar bog’lami yordamida ko’rsatiladi.
Darsni mustahkamlash uchun savol –javob o’tkaziladi. Guruhlar to’plagan ballari hisoblab chiqiladi. G'olib guruh aniqlanadi. O’quvchilar bilimi baholanadi. Uyga vazifa: 6-misolni yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |