“Agar mendan sizni nima qiynaydi? Deb so`rasangiz, Farzandlarimizning ta`lim va tarbiyasi - deb javob beraman”
“Agar mendan sizni nima qiynaydi? Deb so`rasangiz, Farzandlarimizning ta`lim va tarbiyasi - deb javob beraman”
Sh.M.Mirziyoev
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
Matematika - turli shartli belgilarni juda keng qo‘llaydi. Matematika bir turdagi shartli belgilardan boshqalarini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, matematika bu - ramziy mavhumiyatni o‘rganadigan fandir.
Matematika - turli shartli belgilarni juda keng qo‘llaydi. Matematika bir turdagi shartli belgilardan boshqalarini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, matematika bu - ramziy mavhumiyatni o‘rganadigan fandir.
Fanlar shohi endi-endi tizimli tarzda o‘rganilayotgan davrlarda uning muomala tili ha juda sodda bo‘lgan. Xususan, ilk matematik kitoblarni bitgan mualliflar, o‘zlari keltirmoqchi bo‘lgan misollarni oddiy so‘zlashuv tilida, matn tarzida keltiraverishgan. Masalan, "falon buyumdan falonchasini bunchaga ko‘paytirsa, manabuncha bo‘ladi" qabilidagi gaplar bilan misollarni yozaverishgan.
Aslida, matematikada bo‘lish amalini ifodalash uchun hali hanuz turli belgilardan foydalanilmoqda. Masalan, ba’zi matematika kitoblarida «÷» ishorasi ham bo‘lishni bildirsa, boshqalarida «/», va yana ayrimlarida «:» ham bo‘lish kerakligini bildiradi. «÷» belgisini qo‘llashni 1659 yilda nemis matematigi Iogann Ran (1622-1676) o‘zining «Teutsche Algebra» asarida boshlab bergan (aytgancha, uning asarida ko‘paytirish amalini yulduzcha, ya'ni, * belgisi bilan ifodalangan, bilasiz, bu belgi hozirda ham ko‘paytirish amalini ifodalash uchun keng qo‘llaniladi.
Boshlang`ich ta`limda bo’lish amalini qo`llash usuli
Matematikada bo'lish — ko'paytirishga teskari amal. Unda bo'lish ko'paytirishning xususiy holi ekanligi kelib chiqadi. Bo'lish bilan bog'liq bir masalaga ko'paytirish orqali aniq va tez javob topish mumkin.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari bo‘lish amalini o‘rganishga kirisha boshlaganda yechadigan bir masalani qaraylik: «8ta apelsinni har biriga 2 tadan qilib likobchalarga qo‘yib chiqishdi, 2 tadan qilib necha marta apelsin qo‘yishdi? Nechta likobcha kerak bo‘ldi?» Masalaning savoliga javob bo‘lish yordamida topiladi: 8:2 = 4.