Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

Pedagogik masala № 
2.
«Kunduzi 
kim q
aerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi kunduz — shunday vaqtki, bunda 
hamma kishilar ishlamaydi. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot 
etishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. YAxshi mehnat kishini bezatadi va xursand qiladi. 
Mana biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz. Kunduzi ko‘chalarda 
odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani eslab ko‘ringlar, 
ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak. Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak. 
SHahar ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, bolalar olgan 
bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi. 
1. Tevarak atrof — 
chamalash, orientirovka qilish, o‘zi turgan
nuqta, yon atrofdagi ob’ektni, o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma — yon, yaqinida, 
yonida.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo’lgan barcha bilimlarini 
puxtalash, uni kuzatish, oriyentirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi 
ko’nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o’z fikrlarini to’la bildira oladigan terminlarning 
bolada yaxshi o’zlashtirilishini o’z vaqtida ta‘minlab borish zarur.
Bu bilim malaka va ko’nikmalarning barchasi 1-sinf o’quvchisining materialini muvaffaqiyatli 
o’zlashtirishdagi yutug’i bo’lib hisoblanadi.
Tevarak-atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham bog’liqdir, u inson ongidagi ko’rish, 
eshitish, so’zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek 
saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg’ularining roli 
ahamiyatlidir.
Bolalarning tevarak atrof haqidagi lug’atlarining boyib borishi, ularning tevarak atrofni 
tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta‘minlaydi.
Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak 
atrofii o’rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog’lab olib boriladi. Bu esa 
bolaning tevarak atrofni o’zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo’ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk 
yoshidan boshlab o’zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya‘ni tanasining tomonlari bilan mo’ljal qiladi.
Bog’cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so’zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- 
orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o’ngra.
Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo’lib 
hisoblanadi va u o’zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo’ljalga oladi. Keyinroq borib unga 
yana bir sistema qo’shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya‘ni so’zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni 
o’ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo’ladi, qaysiki bu 
tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga.


Shunday qilib bog’cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so’z bilan belgilash tizimi 
davridir.
Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo’ldiki yuqorida degan 
so’zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, 
orqasida esa — orqasini, o’ngda — o’ng qo’li qaeyrda bo’lsa o’sha tomonni, chapda — chap qo’li 
qayerda bo’lsa o’sha yerni idrok qilgan. O’z tanasi bo’yicha tevarak-atrofni idrok qilish bu boshlang’ich 
idrok bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy tomonlarni 3 ta guruhi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo’yicha eng birinchi bo’lib 
yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va 
farqlanadi bola tomonidan.
Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o’zlashtirsa ham, hali u uning 
aniqligida yanglishadi.
Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o’ng va chapni ajratishdir.
Kuzatishlardan bola bu qarama-qarshi tomonlarni asta-sekin egallab boradi, qaysiki ularni 
tajribalari orqali egallab boradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tevarak atrofni o’rganish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan 
o’tkazilgan tajribalardan shuni ko’rish mumkin-ki, bolalar tevarak atrofii orientirovka qilishga 
o’rganayotganlaridayoq oddiy atamalardan murakkabroqqa, tevarak-atrof terminlariga o’ta boshlaydilar. 
Ularning nutqdaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so’zlari (biror predmetni ko’rsatib, aytib) 
«yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo’la 
oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig’ini aniqlay bilishi boshlang’ich 
bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning yanada o’rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u 
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan 
foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi 
egallanishining natijasidir.
Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» ko’shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning 
joylashuvini aniqlashga yordam beradi.
Masalan, hamma o’yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o’rtada, 
qo’g’irchoq esa oxirgi orqasida turibdi.
Bola orientirovka qilishga o’rganayotganida «yonma-yon» so’zining ma‘nosiga keyinroq 
tushunadi, yoki «o’rtada», «orasida» kabilarni o’rganib bo’lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki 
«yonidan», yana keyinroq borib bola bu so’zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki 
o’ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni orientirovka qilishga o’rgatish ishini 
turli yo’llar va yo’llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish