Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish



Download 484,96 Kb.
bet131/173
Sana31.12.2021
Hajmi484,96 Kb.
#250719
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

Kichik guruhda loy dasturi. Yangi dasturda bu guruhda ko'proq takroriy mashg'ulotlar rejalashtirilib, asosiy maqsad bolalarni oddiy texnik usullarni yaxshilab egallashlariga qaratilgandir. Ammo tarbiyachi takroriy mashg'ulotlar uyushtirganda, bitta dastur mazmuni asosida xilma-xil variantda mashg'ulotlar uyushtirish lozim. Masalan, qalam yoki tayoqchalar, shu bilan birgalikda, tarbiyachi qator tarbiyaviy xususiyatlarni ham bolalarda tarbiyalab boradi. Masalan, bolalarni birga jamoa bo'lib ishlash, loy bilan toza ishlash, ishlayotganda yenglarini shimarib ishlash, ishlab bo'lgach qo'llarini yaxshilab yuvish va hokazo. Mashg'ulotlarning muvaffaqiyatli o'tishi mashg'ulotda tarbiyachining foydalanadigan metod va usullariga bog'liqdir. Bu guruhda tarbiyachi ko'proq informatsion-retseptiv va reproduktiv metodlardan foydalanadi. Bolalar bilan birgalikda turli xil o'zlariga tanish predmetlarni ko'rib chiqadilar. Bolalar shu predmetlarni qo'li bilan ushlab, uning kattaligini va boshqalarni payqashi mumkin. Shuningdek, bolalar bilan bir necha qismli predmetlarni ham ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o'sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko'rsatib, tushuntirib beradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko'proq o'yin usullaridan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg'ulotlari predmetli xarakterga ega bo'ladi, ya'ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bolalar ishiga yoki faoliyatiga baho berish ham muhim usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarning, ishni qanday bajarganlarini aytib o'tishi lozim. Birinchi kichik guruhda loy mashg'ulotlari haftada bir marta o'tkaziladi. Masalan, pechene, non va barmoq bilan yoki alohida tayyorlangan tayoqchalar bilan, ya'ni turli xil shakllar - kvadrat, doira, chuqurcha hosil qilib, uni bezatadilar.

152 Kattalik bo’yicha o’rta guruhda amalga oshirish kerak bo’lgan vazifalami ko’rsating



Buyumlarning o'lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so'zlari bilan, ya'ni buyumlarning o'zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so'zlar bilan bildiradilar. Narsalar o'rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta'riflash imkonini beradigan so'zlardan bolalar foydalan-maydilar. Shuning uchun kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi,kengligi yoki balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so'zlardan foydalanishni o'rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga ,,uzunroq — qisqaroq" tushunchasi haqidama'lumot berish uchun rangi, kengligi va yo'g'onligi bir xil, bir biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi.
Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. Namoyish qilinadigan materialning katta kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam bo'lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo'lmasligi kerak.Ayrim o'lchamlarni ajratib ko'rsatishda qo'l harakatlari yordam beradi. Pedagog (tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so'rash bilan bir vaqtda qo'lini narsa bo'ylab (chapdan o'ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo'lini narsaning ko'ndalangi (kengligi) bo'ylab yurgizadi. Balandligini taqqoslashda esa qo'lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqori
chekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o'yin vaziyatini paydo qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo'lib, uni hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va tor ko'prikcha ustidan yurgizib o'tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi:
"Nima uchun bitta ko'prikdan mashina o'ta oldi, boshqasidan o'ta lrnadi? Qaysi darvozadan mashina o'ta oladi, qaysisidan o'ta maydi? Nima uchun?
Awalo, bolalarga narsalarni yonma-yon qo'yish usulidan
foydalanish o'rgatiladi, chunki bir xil rangli narsalar taqqoslanadi
va ularni ustma-ust qo'yganda ular qo'shilih ketadi.
Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerakligini ko'rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar onma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan Laxshisi, chap tomondan) baravar qilib qo'yiladi; ustiga qo'yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham
birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa,unda narsalarning uzunligi teng (barobar) deyish mumkin.Narsaning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastkichekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotgandaesa narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo'yiladi. Ajratilgan belgianiq so'z bilan ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiykatta-kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, kengroq —torroq, enliroq — ensizroq kabi so'zlarni aytishga undab: ,,Qaysitasmauzunroq (enliroq,)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?"— deb so'raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: ,,Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan
ensizroq". Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o'rgatib boriladi.
Qarama-qarshi kattalikka ega bo'lgan narsalarni taqqoslas bolalarni narsalarning katta-kichikligini holda idrok etishga va ule tegishli ta'riflar (,,uzunroq - qisqaroq", ,,balandroq — pastroq va boshqalar) berishga o'rgatish imkonini yaratadi. Bolalarni narsalarning uzunligi, eni, balandligi jihatidan tengligi bilan tanishtirish va ularni ,,uzunligi bir xil (teng)", ,,eni teng" kabi
iboralardan foydalanishga o'rgatish imkoniyati paydo bo'ladi. Bolalar bilan birga ,,Kimning kafti kengroq" o'yinlarini o'ynash, |huningdek, ularga quyidagi savollarni berish mumkin: „ Qaysi tfaraxt balandroq: olma daraxtimi yoki o'rik daraxtimi? Qaysi balandroq (pastroq)? Qaysi uyning derazasi kengroq (torroq)?".
Shunday qilib, kichkintoylarga ularni qurshab turgan narsalar turli
uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi.


Download 484,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish