Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja



Download 29,52 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2022
Hajmi29,52 Kb.
#411444
  1   2   3
Bog'liq
1-S.Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari

Reja:

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik ta'limning ahamiyati.



2. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi faninining maqsadi, predmeti va uning asosiy vazifalari.

Tayanch so’zlar va iboralar: didaktik materiallar, to’plam, universal to’plam, ta’lim, predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tavsif.

Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo’g’ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo’lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.  SHu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg’or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to’lovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.  Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo’ladi.

Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta'kidladi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutmog`imiz kerak». Yosh avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruhida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.

1. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo`yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog`liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim — tarbiya jarayonini tako’lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.

Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o`rin tutadi. So`nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi.

Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.

Maktabgacha ta’limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.

2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:

1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?).

2. Maktabgacha ta’limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi.

3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak?

4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish).

5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?)

Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir.

2.s. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, seminar va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Seminar maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan seminar maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya'ni olingan bilimlarni seminar masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.


Download 29,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish