BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MATEMATIK TAFAKKUR VA MATEMATIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Sh.Y. Yusufzoda, BuxDU o’qituvchisi
S.Sh.Ortiqova, BuxDU talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematik tafakkur va matematik qobiliyatlar haqida ilmiy fikrlar ilgari surilgan va matematik qobiliyatni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlar sanab o`tilgan.
Kalit so`zlar: tafakkur, mantiq, mulohaza, fikrlash, analiz, umumlashtirish.
Аннотация: В этой статье были повышены научные взгляды на математическое мышление и математические способности, а основные компоненты перечислены и составляют математические навыки.
Ключевые слова: созерцание, логика, комментарий, анализ, анализ, обобщений.
Annotation: In this article, scientific views on mathematical thinking and mathematical abilities have been raised and the main components are listed and constituting mathematical skills.
Keywords: contemplation, logic, comment, analysis, analyze, generalize.
Matematikaning mantiqiy tafakkur rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi qadim zamonlardanoq ma`lum edi. Tafakkurning matematik usuli haqida, har qanday ixtisosdagi mutaxasislarning uni bilishi kerakligi haqida gapirar ekanmiz , bunda mantiqiy tafakkurning yuqori sifatlari : aniqlik , qisqalik, tartiblanganlik , hatto kichkina bo`lsa ham sohtalikka yo`l qo`ymaslik , to`la dalil keltirish va hokozalar tushuniladi . Ko`p kishilar bu qobiliyatlarning ko`pchiligi til , adabiyot , tarixni o`rganish orqali ham rivojlanadi deyishlari mumkin. Albatta har bir fan o`quvchilarni aqliy kuchini rivojlantirishi kerak. Lekin mantiqiy tafakkurni shakllanishida matematika so`zsiz birinchi darajali ahamiyatga egadir , chunki u soxta da`volar bilan uzviy kelisha olmaydi , soxta fikrlarni haqiqatga o`xshatib ko`rsatishdan ko`ra uni rad qilishni afzal ko`radigan noyob fanlardan biridir . Ana shuning uchun ham matematika o`qituvchisining jamiyat oldidagi mas`uliyati juda kattadir : axir tafakkur usuli ko`p jihatdan o`qitish usuliga bog`liqdir.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi.
Matematik tafakkurni egallashning muhimligi haqida ota-onalar va o`quvchilar bilan suhbat o`tkazganda ko`pincha: - “Matematikaga qobiliyat yo`q” degan javobni eshitasiz. Matematik qobiliyat nima ? Uni rivojlantirish mumkinmi ?
Akademik A.N.Kolmogorov quyidagi matematik qobiliyatlarni ajratib ko`rsatadi.
1. Hisoblash qobiliyati ,bu , murakkab algebraik shakl almashtira bilish bilan xarakterlanadi .
2. Mantiqiy tafakkur qobiliyati – izchil , to`g`ri qismlarga ajratilgan mantiqiy mulohaza san`ati .
3. Fazoviy tasavvur yoki geometrik intuitsiya .
Matematik qobiliyatning turli tomonlari , turli kombinatsiyalarda uchrashi mumkin , bunda xatto ulardan yolg`iz bittasining rivojlanishi ham ba`zan ajoyib natijalarga va kashfiyotlarga olib kelishi mumkin . Shuni ham aytish mumkinki, matematikaning turli tadbiqlari ham bu qobiliyatlarning bir xilda rivojlanishini talab qilmaydi : bir sohada hisoblash uchun yaxshi algaritmni topish muhimroq bo`lsa , boshqa sohalar uchun mantiqiy fikrlash muhimroqdir . Shu sababli o`qituvchi o`quvchilarning turli matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng yo`l ochib berishi kerak. Matematik qobiliyatlar murakkab tarkibiy qismlardan iborat. V.A.Krutetskiy matematik qobiliyatlarni tuzulishida quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni sanab o`tadi :
1. Matematik materiallarni formallashtirib idrok qilish, ya`ni masalada uning matematik formasini tezgina sezib ola bilish;
2. Matematik obyektlarni, nisbatlarni va amallarni tez va keng ravishda umumlashtirish;
3.Amallar sistemasini ixchamlash, ya`ni mulohazani ba`zi oraliq zvenolarini o`z-o`zidan ma`lum faraz qilib tashlab ketish;
4. To`g`ri fikrlashdan teskarisini fikrlashga tez o`ta bilish imkoniyati ;
5. matematik masalalarni yechishda fikrlash jarayonining uyg`unligi;
6. Aqliy zo`riqishlarni o`ziga xos tejashga intilish –matematik masalalarni, aniq, ratsional ravishda intilish.
7. Matematik xotira; Masalan, mantiqiy fikrlash qobiliyati ko`p komponentlarni o`z ichiga oladi: bular analiz qilish, umumlashtirish, abstraklash va shunga o`xshash qobiliyatlardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vigotskiy LS Tafakkur va nutq. - M.: Ta'lim, 2010 yil.
2. Efanova, ZA Tafakkurni rivojlantirish. - Volgograd: Korifey, 2010 yil.
3. Beloshistaya, AV, Boshlang’ich sinflarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun topshiriqlar /A.V. Beloshistaya, V.V. Levitlar. - Moskva: Bustard, 2008.- 65 p.
4. Berkov, V.F. Mantiq: vazifalar, mashqlar, seminar / V.F. Berkov. - Minsk: TetraSystems, 1998 .-- p. 5-6.
5. Melnikova, T.V. Matematika. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish / T.V. Melnikov. - Volgograd: O’qituvchi, 2009. - 131 p.
Do'stlaringiz bilan baham: |