Keyingi avlod
Toshbaqa suvdan chiqgach, quruqlikning baland to‘lqinlar yetib bormaydigan,
qo‘ygan tuxumlarini yuvib ketmaydigan joyigacha qiyinchilik bilan harakat qilib
boradi. Oldingi suzgichlari bilan uyaga aylanadigan, keng chuqurlik qazishadi. Uning
ichida orqa suzgichlari yordamida yana bitta chuqurcha qiladi.
Ikki soat toliqib ishlagandan keyin kichikroq chuqurning ichiga 100 tadan ko‘proq oq
tuxumlar qo‘yadi.Toshbaqa qo‘yilgan tuxumlar ustini qum bilan yopib, uyaning
qolgan hamma joyini qum bilan ko‘madi.
Keyingi ikki oy ichida u yana uchta shunaqa uya quradi va ular ichiga ham tuxum
qo‘yadi. Yana ikki oydan so‘ng tuxumlar yorilib, toshbaqalarning yangi avlodlari
paydo bo‘ladi va ular o‘z sayohatlarini boshlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |