Statik modellar. Statik modellar ob’ektning ishlashini statsionar, ya’ni vaqt bo‘yicha jarayonning parametrlari o‘zgarmaydigan sharoitlarda aks ettiradi. Shunga muvofiq static modellarda matematik tavsif vaqtni o‘zgaruvchi sifatida o‘zichiga olmaydi va taqsimlangan parametrli ob’ektlar holida algebraic yoki differensial tenglamalar bilan ifodalanadi.
Dinamik modellar. Dinamik model ob’ektning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aks ettiradi. Bunday modellarning matematik tavsifi albatta vaqt bo‘yicha hosilani o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha dinamik modelni kirish va chiqish o‘zgaruvchilarni bog‘laydigan uzatma funksiyalar ko‘rinishida quriladi (ayniqsa ob’ektni boshqarish maqsadlari uchun dinamik modellarni uzatma funksiyalar ko‘rinishida ifodalash qulay).
Matematik model modellashtirish dasturi shaklida amalga oshirilib, aniqlangan echim algoritmlari uchun ob’ektda bo‘lib o‘tadigan hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi matematik tavsifning tenglamalar tizimi hisoblanadi. Bu ta’rifga muvofiq matematik model uchta jihatlar majmuida ko‘rilishi kerak:
ma’noli, tahliliy va hisobiy.
Ma’noli jihat o‘zida modellanayotgan ob’ektning tabiatini fizikaviy tavsifini ifoda etadi.
Tahliliy jihat ob’ektda bo‘lib o‘tadigan hodisalar va ular orasidagi funksional aloqalarni aks ettiruvchi qandaydir tenglamalar ko‘rinishidagi jarayonning matematik tavsifidir.
Nihoyat, hisobiy jihat – dasturlashtillarning birida modellashtiruvchi dasturi sifatida amalga oshirilgan matematik tavsifining tenglamalar tizimining echish algoritmi va usulidir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda – matematik model – bu kompyuterda amalga oshirilgan matematik tavsifining (MT) tenglamalar tizimini echish algoritmidir, yoki matematik model – buMT real jarayonining kirish va chiqish o‘zgaruvchilarini o‘zaro bog‘laydigan tenglamalar tizimi bo‘lib, uning xossalarini bashoratlash uchun maxsus lgoritm yordamida bu tenglamalar tizimini echish va bu algoritmni kompyuterda amalga oshirishi kerak bo’ladi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR
1.Raxmankulova B.O., Ziyaeva Sh.K., Kubyashev K.E. “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish”, O’quv qo’llanma. TIQXMMI, 2020
2. Abdullaev Z.S., Yusupov M., Raxmankulova B.O., Aynakulov Sh.A. “Amaliy axborot texnologiyalari”. O’quv qo’llanma. TIQXMMI, 2018
3. Michael A.An introduction to Mathematical Modelling. 2001.
4. Eshmatov X., Yusupov M., Aynaqulov Sh., Xodjaev D. Matematik modellashtirish. O’quv qo’llanma.
5. Эшматов Х, Верлань А.Ф., Лукьяненко С. А. Численные методы в моделировании. Учебное пособие, «Узбекистан», 2010 .
6. Эшкобилов Ю.Х., Юсупов М., Бобоназаров Ш.П. «Математик моделлаштиришда сонли усуллар», услубий қўлланма, TИМИ, 2003.
7. Raxmankulova B.O., Aynakulov Sh.A., Mavlonov S.P., Kendjaeva D. “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkashish bo’yicha uslubiy qo’llanma(TJIChAva B va QSXET lar uchun), TIQXMMI, 2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |