Konikma: mantiqiy amallar va sxemalarning afzalligi. Mulohazalar ustida mantiqiy amallarning bajara olish.
Malaka: mantiqiy amallar malakasiga ega bo’lish,mantiqiy amallarga doir misollar yecha bilish
Darsning borishi:
1. Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
2.Savol – javob kartochkalari
3.Xotirangni sina
Vazifa: darslikdagi 2.5-$ ni o’qish, 45-betdagi 6-7-mashq
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Mantiqiy amallar. Kundalik hayotimizda turii mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza - bu narsa va hodisalaming sifatini anglatuvchi darak gapdir.
Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan «VA», «YOKI» kabi bog'lovchilar, «EMAS» shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: «rost» yoki «yolg'on» mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun «rost» ni 1 raqami bilan, «yolg'on»ni esa 0 raqami bilan belgilaymiz.
Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.
Qisqacha tarixiy ma'lumot. Forobiy tomonidani mantiq (logika)ning turli muammolariga doir bir necha asarlar yaratilgan. Masalan, Forobiyning «Aql ma'nolari haqida» risolasida bayon etilganidek aql, umuman bilish haqidagi ta'limotida mantiq ilmi muhim o'rin tutadi. «Mantiq san'ati kishiga shunday qonunlar haqida ma'lumot beradiki, - deb yozgan edi u, - bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog'lom fikr yuritishga o'rganadi». Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o'rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo'ldan olib borish uchun aqini to'g'rilab turadi.
Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikdari uning inson haqidagi ta'limoti uchun xizmat qiladi, unga bo'ysundirilgaridir. Aqlga ega bo'lish bilimli, mantiqli bo'lish bilan chegaralanmay, u ma'lum axloqiy tamoyillarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak.
Forobiy aqlli inson haqida gapirib shunday yozadi: «Aqlli deb shunday kishilarga ayitiladiki, ular fazilatii, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalami kashfva ixtiro etishga zo'r iste'dodga ega: yomon ishlardan o'zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilami oqil deydilar. Yomon ishlami o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo'lganlami aqlli deb bo'lmaydi, ulami ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim».
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ba'zi amallar bilan tanishamiz.( Slayd misolida)
Do'stlaringiz bilan baham: |