5. Bitiruv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish
BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo`lishi lozim. Barcha bo`limlari bir-biri bilan bog’langan bo`lishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchi masalaga o`tgandagi mantiqiy bog’lanishlarga e’tibor berish lozim.
BMI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha bo`limlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BMIdagi materialning bayoni konkret va amaliyot natijalariga asoslangan bo`lishi, shuningdek olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy ishlab chiqish lozim.
Kirish – BMI ishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, qo`yilgan masalaning maqsadi va vazifalari belgilanadi, tadqiqot ob’ekti va predmeti shakllantiriladi, tanlangan tadqiqot metodlari ko`rsatiladi, olingan natijalarning muhimligi (ahamiyati) tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |