Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

BORLIQNI MIQDORIY BILISH 
 
Mamajonova Munojatxon Najmiddinovna 
katta o‘qituvchi 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya
: Ushbu maqola borliqni anglashdagi eng muhim kategoriya 
sanalgan miqdor va uning turli sohalarda voqelanishiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, 
miqdorni lingvokulturologik jihatdan o‘rganishga e’tibor qaratilgan.
Аннотация
: Данная статья посвящается количеству, важной 
категории в познании мира и его реализации в разных отраслях. А также, 
уделено внимание изучению количества в лингвокультурологическом плане.
Annotation
: This article is dedicated to the number of important category in 
the knowledge of the world and its implementation in different industries. And also 
paid attention to the study of the number in linguocultureological terms 
Miqdor kategoriyasi inson tafakkurining keng qamrovli va serqirra 
kategoriyalaridan biridir. Izohli lug‘atlarda miqdor quyidagicha talqin qilingan: 
«Miqdor–nimaningdir sanoq, og‘irlik, kattalik yoki hajm jihatdan o‘lchovidir»; 
«Miqdor–tashqi olamdagi predmet va hodisalarni kattalik, hajm va son jihatdan 
tavsiflovchi kategoriya». Predmetlarning miqdoriy aloqasi qator fanlar doirasida 
1
Степанов Ю.С. Константы: Словарь русской культуры. – М.: Академический проект, 2004. – С.991. 
2
Бу ҳақда қаранг: Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. – Toshkent, 2019. – B. 204. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar

o‘rganiladi: matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, filologiya. Shuning uchun 
ham turli soha vakillari bu kategoriyani o‘rganishga intilib kelishgan. Lingvistikada 
ham ko‘plab tadqiqotchilar miqdor kategoriyasi ustida ish olib borishgan, miqdor va 
uning xususiyatlari to‘g‘risida qator ishlarini chop ettirishgan.
Borliqni miqdoriy bilishda kamida uch jihat qatnashadi: empirik, 
eksperimental va nazariy.
Miqdorni nazariy hamda eksperimental bilish, birinchi navbatda, aniq 
fanlarning vazifasi sanaladi. Masalan, matematika miqdor bilan shug‘ullanuvchi eng 
muhim sohadir. Shuningdek, falsafa, logika, psixologiya fanlari ham bevosita 
miqdor kategoriyasi ustida ish olib boradi.
Subyekt miqdor haqidagi empirik bilimlarni amaliy faoliyat davomida, ya’ni 
tajriba orqali egallaydi. Miqdoriy tushunchalar shakllanishi sohasining empirik 
bilish jarayonini Jan Piaje har tomonlama chuqur o‘rgangan. Olim haqqoniy 
bilishning majburiy shartlaridan biri sifatida xulosalarni eksperimental jihatdan 
isbotlash va nazariyalarni logik-matematik tuzilishga olib borishni ko‘radi. “Ko‘p”, 
“kam”, “bir xil”, “ko‘proq”, “kamroq” so‘zlari, Piajening fikricha, faqat miqdoriy 
emas, sifatiy bahoni ham anglatadi. Bu so‘zlar taxminiy, empirik anglashilgan 
miqdorni bildiradi.
Ilmiy bilishda miqdor, o‘lchov birliklari, shkalalar kabilarning aniq o‘lchami 
muhim sanalsa, amaliy tajriba, aksincha, miqdorni hayotiy vaziyatlar bilan 
bog‘laydi. Miqdor har doim ham aniq o‘lchanmasligi, hisoblanmasligi mumkin. 
Miqdoriy operatsiyalar matematik formula orqali yuzaga chiqqanda hamda 
raqamlar, ramzlar bilan ifodalanganda aniqlik kasb etadi. Ammo miqdor tabiiy til 
vositasida ifodalanganda, miqdoriy bahoning obyekti sifatida predmetlar, hodisalar, 
g‘oyalar va konseptlar, xususiyatlar va sifatlar, hissiyot va inson xayollari, taassurot 
hamda bashoratlari namoyon bo‘lganda o‘lchovning aniq tizimi tarqala boshlaydi. 
Demak, ilmiy metodlar miqdoriy bilish uchun qo‘llanadigan juda ko‘p uslublarning 
kichik bir turi, xolos. Aniq narsalardan tashqari, ularning belgilari, harakat va 
hodisalar ham miqdoriy baholanishi mumkin. Shuning uchun miqdor quyidagi 
ontologik triada ko‘rinishida namoyon bo‘la oladi: predmet miqdoriyligi, jarayon 
miqdoriyligi, belgi miqdoriyligi. Predmet miqdoriyligi predmet yoki uning 
qismlarini hisoblash, diskret bo‘lmagan materiallarni o‘lchashni nazarda tutadi. 
Jarayon miqdoriyligi alohida jarayonlarni yoki umumiy jarayonning bo‘lagini, 
uzluksiz jarayonlarni hisoblashni o‘z ichiga oladi. Belgi miqdoriyligi predmet yoki 
jarayon belgisi intensivligining o‘dchovidir. Predmet miqdoriyligi ot bilan, jarayon 
miqdoriyligi fe’llar, belgi miqdoriyligi sifat va ravish orqali ifodalanadi.
Ko‘pgina tadqiqotlarda miqdorni nomlashda tabiiy ravishda inson sezgi 
a’zolari ishining xulosalari umumlashtirilgan. Ko‘pincha, miqdoriy baholash uchun 
ko‘rish orqali anglashiladigan hisoblash mumkin bo‘lgan obyektlarning uzunligi, 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar

zichligi kabi makoniy munosabatlar, takrorlanuvchi harakatlarning davomiyligi 
hamda qisqaligi singari zamoniy munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdor turli tillarda turlicha vositalar bilan ifodalanishi mumkin. Bu vositalar 
o‘zaro o‘xshash bo‘lishi bilan birga, tillarning o‘ziga xos tomonlari hamda milliy-
madaniy jihatga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. ”Miqdor, sanoq” konseptining 
umummadaniy mazmuni, madaniyatning boshqa hamma konseptlari singari 
matematikadagi sanoq ilmiy tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hatto ilmiy nuqtayi 
nazardan xato hisoblanishi ham mumkin. Tilga xos belgi nafaqat lingvistik, balki 
ekstralingvistik ta’sirlarga ham uchraydi va qo‘llanishda qo‘shimcha ma’nolarga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun barcha tillarda miqdor semantikasi uchun xos bo‘lgan 
umumiy, haqiqiy ma’no nutqiy ifodalanishda madaniyat bilan bog‘liq ravishda 
sifatiy hamda baholovchi ma’nolar ham kasb etadi. Masalan, “ikki” baho 
O‘zbekistonda “qoniqarsiz”, “besh” “a’lo” baho sanalsa, Germaniya umumta’lim 
maktablarida buning aksini ko‘rish mumkin. Ruslar yetti raqamini, xitoyliklar 
sakkizni, osiyoliklar to‘rtni xush ko‘radi. Yevropaliklar o‘n uch raqamini 
yoqtirishmaydi. Shuning uchun ham sonlarning yozma shakli sifatida baynalmilal 
ideogrammalar–raqamlar belgilangan. Raqamlar so‘zlar bilan bir qatorda ishlatiladi 
va sanoq ma’nosi qat’iyligi bilan so‘zlardan farqlanadi. U yoki bu son bilan bog‘liq 
ramziy ma’nolar juda qadimdan turli tillar hamda madaniyatlarga xosdir.
Lingvistikaning faol rivojlanayotgan antropologik yo‘nalishi sifatida 
lingvokulturologiya til hamda madaniyatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risidagi ilmiy 
bilishning umumiy sohasi sanaladi. Yuqoridagi fikrlar miqdor kategoriyasi bevosita 
lingvokulturologiya bilan ham bog‘liq ekanini isbotlaydi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish