Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
279
molik biror ma’lumot ko‘rinishida bo‘lgan. Jadidlar ta’sirida matbuot rivojlanishi
xabar janrini ommalashishiga olib keldi. Bu 1906-yildan 1916-yilgacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oldi. Ushbu janrning jamiyatimiz hayotidagi ahamiyatini
Konstitutsiyamizning 67-moddasida OAV axborotning tog‘riligi uchun belgilangan
tartibda javobgarligi haqida fikrlar mavjud.
Xabar so‘zi arabcha biror yangilikni yetkazish, ma’lumot berish, degan
ma’noni bildiradi. Ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan xabarlarga ommaviy axborot
yoki ijtimoiy informatsiya deyiladi. XXI asr axborot asri ekanligidan kelib chiqib
bugungi kunda xabar janrining ahamiyati yanada ortdi. Xabar janrining asosida esa
fakt turadi. Fakt so‘zi lotincha “factum” so‘zidan olingan bo‘lib “qilingan ish” degan
ma’noni anglatadi. Xabar sifatida berilayotgan fakt jamiyat uchun, shu kun va shu
davr uchun qanchalik darajada kerakligi muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor
beriladi. [6. 177] Xabarlar rasmiy va norasmiy, qisqa va kengaytirilgan kabi turlarga
bo‘linadi. Xabarlar uchun mavzu qilib ayni paytda jamiyat vakillari uchun qiziqish
uyg‘otadigan turli soha doirasidagi yangiliklar manbaa vazifasini bajaradi. Xabar
matnlarida asosan bir bosh bo‘lakli gaplar qo‘llanadi. Ayrim o‘rinlarda keladigan
qo‘shma gaplar fikrni to‘liqroq yoritishga xizmat qiladi. Ko‘chimlardan imkon
darajasida foydalanilmaydi. Shuning uchun ham xabar matnlari o‘quvchi uchun
“quruq” tuyuladi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, yanada ko‘p va tez fursatlarda
axborotga ega bo‘lish zarurati jamiyat vakillarining internetga bo‘lgan talabini
oshirdi. Bugunning “yangiliklar o‘chog‘i” deya ta’riflanayotgan turli xil rasmiy va
norasmiy internet saytlaridan foydalanuvchilarning haddan ziyod ko‘payib ketishi,
matbuotga bo‘lgan e’tiborni susaytirmoqda. Xususan,
Kun. uz
da yurtimiz va
dunyoda bo‘layotgan voqealarni qisqa va lo‘nda shaklda berib borilayotgani va
jamiyatning ko‘p qismi axborotni televideniya, radio yoki matbuot sahifalaridan
qidirmay, yuqoridagi kabi turli xil shakldagi internet ma’lumotlari bilan
kifoyalanmoqdalar. Biroq bu fikrlarimiz bilan matbuot qoloqlashmoqda degan fikrni
berishdan yiroqmiz. Ayni damda matbuot ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q.
Xabarlarni yanada ixcham berish shakli bir qator gazetalarda uchrab turibdi.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: