Литературы
1. Полат Е. С. Обучение в сотрудничестве // Иностранные языки в школе.
– 2000. - № 1
2. Полат Е. С. Метод проектов на уроках иностранного языка. – 2000. -
№ 2. – С. 7 3. 3. Усейнова Н. В. Приемы вовлечения учащихся в интерактивную
деятельность на уроках английского языка. - 2005. № 6. – С. 49-54
4. Егорова Л. М. Нетрадиционные формы урока – один из способов
повышения интереса к предмету // ИЯШ 1991 № 3. - С 46 – 48
5. Gafarova, Z. Z. ; Bozorova, M. A. ; Jumayeva, Sh. Sh. ; Idiyeva, L. I. ;
Radjabova, L. U. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 2020, Vol. 24
Issue 1, p403-407. 5p.
6. https://www. psychosocial. com/article/PR200143/9299/
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
372
TO‘Y VA TO‘Y OLDI MAROSIMLAR
Olimjonova Dilnoza
talaba
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada to‘ydan oldin bajariladigan turli xil urf-
odatlarimizdan: “Sovchilik” ana’nalari va “Fotiha to‘yi”da bajariladigan ko‘plab
bir-biriga o‘xshamagan odatlar yoritilgan.
Kalit so‘z.
“Fotiha to‘yi”, “non sindirdi”, “sovchilik”, urf-odat, to‘y, “to‘qqiz
to‘y”.
Annotation:
The many different traditions that are performed before the
wedding: the “Gift-giving” traditions and the many diverse traditions that are
performed at the “Fatiha wedding” have been highlighted in this article.
Key words:
“Fatiha wedding”, ”dividing the bread” “gift-giving”, tradition,
wedding, “nine wedding”.
Har bir xalq o‘zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf-odatlariga ega.
Shu jumladan, o‘zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o‘ziga xos
tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o‘zbek xalqining to‘ylari qadim o‘tmishdan
to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, o‘zbek madaniyatida ko‘plab qiziqarli urf-odat va
marosimlar mavjuddir.
Bizning xalqimiz to‘yga tayyorgarlik ko‘rib yashashi qadimdan mavjuddir.
O‘g‘il tug‘ilsa, sunnat to‘yga tayyorgarlik ko‘riladi. Qiz tug‘ilsa, sep yig‘ilib
oshlanadi. Shu sababli to‘y xalqimizning qadimiy marosimi, qarindosh-urug‘ va
do‘st-u yorlar diydoriga to‘yish, ular bilan uchrashish, yaxshi kuy, qo‘shiqni eshitish,
ko‘pkari-yu kurashni tomosha qilish vositasi sifatida qadrlanadi. Xalqimiz doimo
odamlarni duo qilganda “Topganing to‘yga buyursin”, “To‘ydan boshing
chiqmasin”, “Uying to‘yxona bo‘lsin” deb duo qilishadi. Bundan tashqari, ota-
bobolarimiz “ Oltin olma, duo ol, duo oltin emasmu”,- deb bejiz aytishmagan.
1
“Nikoh to‘yi” o‘zbeklar uchun muhim marosim hisoblanib, to‘y oldi va
to‘ydan keyin o‘tkaziladigan tantanalarga alohida e’tibor bilan tayyorgarlik
ko‘riladi. Shuningdek, G‘. B. Shoumorovning so‘nggi o‘n yilliklar davomida chop
etilgan ishlarida o‘zbek oilasida ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
xususiyatlariga alohida e’tibor berilgan.
1
O‘zbek xalq maqollari. T.: Sharq.2005.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
373
Jumladan, qadim o‘tmish bilan yuzlashgan ko‘hna qadamjolar qad ko‘targan
go‘zal maskan-Samarqand. Har gal Samarqandga borsam, o‘zimni o‘tmish bilan
sirlashgandek his qilaman. O‘zining sirli salobati bilan insonni o‘ziga mahliyo
qiladigan minoralari, maqbaralari-yu ko‘shklari qarshisida qanday chuqur xayolga
sho‘ng‘ib ketganini bilmay qoladi kishi. Har gal uyga yo‘l olsam, albatta, bu yerning
bir-biridan shirin nonlarining hidi dimog‘imga urilardi. Huddi oila a’zolarimning
ham shuday go‘shaning nonlarini ko‘rishini istagandek sotib olardim. Talabalik
davrlarimda bu yerlarning turli xil urf-odalari-yu marosimlariga guvoh bo‘lganman.
Aslida gapni unashtirish marosimi- o‘zimizning fotiha to‘ylarimiz haqida
boshlamoqchi edim. Ular orasida “ Fotiha to‘yi “- unashtirish kuni deb ham
nomlanadi. Fotiha o‘zi nima? Qur’oni karimning dastlabki surasi Fotiha (ochuvchi)
deb nomlanadi. Bu so‘z bizga shunchalik singib ketganki, biror joyga mehmonga
borsak, Fotiha surasini o‘qib duo qilamiz. Unashtiruv marosimi ko‘pchilikning
duosini olib to‘y boshlash, xayrli ish boshlashdir. Shuning uchun ham bu marosimni
“Fotiha to‘yi”,- deb atalishi bejiz emasdir. Mazmunan bir- biriga o‘xshash bu
marosim yurtimizning deyarli barcha joylarida mavjud. Ya’ni fotiha to‘yi, nikoh
to‘yi, non sindirdi, boshi boylandi, unashtiruv, oq o‘rar, to‘qqiz to‘y, oqliq oldi kabi
nomlar bilan nomlansa-da, mazmunan bir xil marosimdir.
Qadimiy maskan Samarqandning ko‘p urf-odatlarini ko‘rgan bo‘lsam-da,
meni juda qiziqtirgan marosimlaridan biri to‘qqiz to‘y bo‘ldi. Bu qanday marosim
ekanligi haqida ko‘p o‘ylab ko‘rdim. Bu marosim haqida ko‘proq bilgim keldi va bu
haqida so‘rab-surishtira boshladim. Bu marosim aslida fotiha to‘yi bo‘lib,
samarqandda bu marosim “to‘qqiz to‘y”(to‘qqiz tovoq),- deb atashar ekan.
Jumladan, vodiyning eng so‘lim go‘shalaridan biri Andijon viloyatida esa bu udum
“oqliq oldi”(non sindirdi),- deb ataladi.
Fotiha to‘yini boshlab beruvchi dastlabki, marosim sovchilik marosimidir.
Sovchilik udumini O‘rxun-enasoy manbalarida ham uchratish mumkin. Bundan
tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, “sovchi” so‘zi - “xabarchi”
ma’nosini anglatadi. Demak, sovchi bo‘lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma’lumot
beradi va kelin haqidagi xabarni kuyovnikiga olib keladi.
1
Bundan ko‘rinib turibdiki,
bu yaqinda paydo bo‘lgan emas, qadimda paydo bo‘lgan o‘zbekning o‘zbekligini
ko‘rsatuvchi udumdir. Avvalo, kuyovning oilasi o‘g‘liga kelin topadi. Birinchidan,
sovchi bo‘lib kelmoqchi bo‘lgan oila a’zolari kelin haqida so‘rab-surishtiradi, agar
kuyovning oilasiga qizning oilasi yoqsa, kuyovning oila a’zolari kelinning uyiga
sovchilikka boradi. Hozirgi vaqtda kelin va kuyov sovchilikdan oldin uchrashib
ko‘rish holatlari haqida ham eshitmoqdamiz. Agar har ikki taraf ya’ni kelin va
1
Sarimsoqov B. Marosim folklori. “ O‘zbek xalq o‘g’zaki poetik ijodi”. T.: O‘qituvchi, 1990. 116-bet.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
374
kuyovning oilasi bir-biriga ma’qul kelsa, ikki yoshni unashtirish ya’ni “ Non
sindirish “ deb nomlangan muhim marosim amalga oshiriladi.
Non sindirish- to‘y boshlash uchun bajariladigan ilk marosimlaridandir. O‘rta
Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar orasida keng tarqalgan. Non sindirish otaning
sovchi yuborgan oilaga qizini uzatishga rozi ekanligi, va’daning qat’iy va muqaddas
ekanligini, shuningdek, kuyov-kelin, quda oilalar ahil bo‘lishiga bildirilgan istakni
ifodalaydi. “Non sindirish” odati ayrim farqliklarga ega. Chunonchi, Andijon
vodiysida non sindirish qizning otasi rozi bo‘lgach bajariladi. Qiz tarafning roziligi
olingach, quda taraf olib kelgan dasturxon ochilib, Yoshi ulug‘ odam ikkita nonni
bir qilib nonni sindiradi, so‘ng to‘y masalalari aniqlanadi. Bu asosan, bo‘lg‘usi
kelinga atalgan kiyim-kechak yoki imkon qadar yuborilgan sovg‘a-salomlar. Shu
kuni sindirilgan patirdan va boshqa noz-ne’matlardan qo‘ni-qo‘shnilarga, qiz
dugonalariga, singillariga, yaxshi niyatda tarqatadi. Erkaklar Qur’on tilovat qilib,
ikki yoshga baxt tilashadi. Ayollar ham o‘z o‘rnida sovg‘a-salom, sarpo-suruq
almashadi. Marosimdan so‘ng ikki oila a’zolari to‘yni o‘tkazish haqida maslahat
qilishadi. Ilgari Surxondayro taraflarda qalin miqdorini belgilab olingandan so‘ng
bajariladigan- non sindirish marosimi nonni teng ikkiga bo‘lib, kelin va kuyovning
qarindoshlariga taqsimlangan. Bundan tashqari, hozirgi kunda Samarqandda fotiha
to‘ylariga taklifnoma oraqali taklif qilinib, bu marosimlar ham to‘yxonalarda katta
bazm tarzida “qiz oshi” marosimi o‘tkaziladi, unga qiz o‘zining yaqinlari va
o‘rtoqlarini taklif etaladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu udum ikki yoshning hayot yo‘liga
qo‘yiladigan ilk qadamdir. Eng muhimi, bu marosim bunyod bo‘layotgan oila uchun
shukronalik maqsadida dasturxon yozib xayr-barokat so‘rashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |