4
buyuk ustuvor vazifa turibdi. «Inson psixologiyasidagi
umidsizlik, o‘z erki va ijtimoiy adolat
uchun kurashish ruhining
zaiflashuvi nazariya bilan turmush nomutanosibligining
mas’ulidir. Odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, eng yuksak maq-
sad, muomala, muloqot, milliy va mustaqil xulq-atvorni dadil
shakllantirish ko‘proq psixologik omillarga bog‘liqdir»
1
.
Shaxsning yetuk ruhiy amali tafakkur erkinligi, jamiyat
taraqqiyoti salohiyatini ko‘rsatuvchi bosh vositadir.
Chunki
unda ijtimoiy ong, ruhiyat o‘z ifodasini topgan. Xo‘sh, bu ehti-
yojni zamon talablari darajasida shakllantirish uchun nima
qilimog‘imiz kerak?
Buning uchun ta’lim jarayonining barcha turlari va bos-
qichlarida uning samaradorligini oshirish,
umumpsixologik
qonuniyatlarga suyanmoq lozim. Qo‘lingizdagi o‘quv qo‘llanma
maktab, o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari talabalari
uchun o‘quv qo‘llanma sifatida yozilgan bo‘lib, risola shu
sohadagi dastlabki tajribadir. Shuning uchun o‘quv qo‘llanma
yoritish jarayonida qiyinchilikka duch kelish tamomila tabiiydir.
Muallif o‘z oldiga amaliy psixologiya kursini mumkin qadar
qisqartirmasdan, soddalashtirmasdan hozirgi zamon ehtiyojiga
xos ravishda yoritib berishdek murakkab vazifani qo‘ygan. Bu
fanning shu vaqtga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta
maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalari o‘quv rejasiga kiritilmay
kelganini
hisobga olsak, muallif oldida yanada mas’uliyatli
vazifa turganligini tushunamiz.
O‘quv qo‘llanmaning asosiy vazifasi, amaliy psixologiya
fanining tub mohiyatini yoritib berishdir. Shuningdek, ushbu
kitobda psixologiyaning amaliyotga oid bir qancha masalalarini
chunonchi, ta’lim samaradorligini oshirishning yangi bosqichida
o‘qitishning pedagogik-psixologik texnologiyalaridan
foydalanish
muammolari, psixologik tashxis, o‘qituvchi
psixologiyasi, o‘qituvchining ma’naviy-siyosiy e’tiqodi kabi
psixologik talablar tushuntirib berilgan. O‘quv qo‘llanma
amaliy psixologiyaning qonuniyatlari bilan tanishtirishdan
tashqari, o‘quvchi tasavvurida maxsus bilimlarni ham
1
“Tafakkur” jurnali. 4-son, 1999-yil, 16-bet.
Kitobxon.Com
kengaytirish va takomillashtirish uchun imkon beradi.
O‘quvchilar o‘z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniga ega
bo‘lishlari uchun amaliy psixologiyaga oid zaruriy adabiyotlar,
savol va topshiriqlar har bir bobning oxirida ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma istiqlolning xalqimizga yaratgan cheksiz
imkoniyatlari, mustaqil ijod va erkin fikrlashning dastlabki
talablaridan
kelib chiqib, hayotimizning yangilanish davrida
yoshlarimiz ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarning psixologik tabiatini chuqurroq o‘rganishga,
milliy istiqlol g‘oyalarining mohiyatini kengroq yaratib berishga
xizmat qiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalar-
ingizni quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: