Chet el bolalar adabiyoti tanlov fani kursi bo’yicha bakalavrlar bilimlari va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar. Mazkur kurs chet el bolalar adabiyoti jahon adabiyotining ajralmas qismi sifatida ma’ruza, sеminar, rеyting tizimi kabi ta'lim shakllari vositasida o’qitiladi va chet el bolalar adabiyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi; ta’limdagi ilg’or uslub hamda usullar; ta’lim tamoyillari; mustaqil mutolaa uchun berilgan turli janrdagi badiiy asarlarning o’ziga xos xususiyatlarini ilg’ash, tahlil qilish hamda ular yuzasidan ijodiy fikrlay bilishga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |