J.Rowling kitobining oltinchi va so’nggi qismi “Harry Potter va qonli shahzoda” deb nomlanadi. Mazkur yil butun sehrgarlik olami uchun va asosan,
Harry Potter uchun oxirgi yil bo’lib qoladi.
Woldemort qochib ketganidan so’ng u o’z jonini 7 bo’lakka bo’lib yashiradi. Dambldor va Harry shu narsalarni topish uchun hamma joyni aylanib chiqib, shu orqali Woldemortni o’ldirmoqchi bo’lishadi. Yangi o’quv yili boshlangach, maktabga yangi o’qituvchilar kelishadi. Harry maktabdagi kuchli sehrgarga aylanadi. Uning nomi hammaning tilida yuradi. Potter 16 yoshga kirib, ancha katta yigitga aylanadi, o’ziga o’qituvchilardan do’stlar orttiradi.
Shuningdek, shu maktabda ishlab yurgan o’qituvchilardan biri Severus Sneip Woldemortga bo’ysunadigan odam bo’ladi. Qisqa vaqt ichida maktab o’quvchilaridan bo’lgan Draco Malfoy ismli bolani ham Woldemort tomonga o’tishga majbur qiladi. Ammo Dambldor 5 yildan buyon shu o’qituvchiga ishonib kelgan. Yovuz kuchlar kundan-kunga maktabga kirishni boshlaydilar.
Dambldor va Harry bu paytda Woldemort bilan mashg’ul bo’lib buni sezishmaydi. Ammo qaytib kelishganda, maktabda Woldemortning tarafdorlari to’lib ketganini ko’rishadi. Lekin endi qandaydir chora ko’rishga kech edi. Shu payt Dambldor Harryga tezda ketishini, nima bo’lganda ham qaytmasligi kerakligini uqtiradi. Harry ketishi bilanoq Dambldorni bosqinchilar o’rab olishib, uni o’ldirishadi. Bu ishni Dambldor ishongan odam Severus Sneip amalga oshiradi.
Eng ulug’ va eng buyuk sehrgar olamdan o’tadi. Bu ishlar Harryning ko’z oldida yuz beradi. Ular Dambldorni o’ldirishgach, butun Hogwartsni ostun-ustun qilishadi. Maktab qaytib tiklab bo’lmas holga keladi. Biroq, Harry Dambldor boshlagan ishni oxiriga yetkazishga so’z berdi. U ustozining o’limi uchun albatta, qasd oladi.
Ha, yana bir narsani aytib o’tish joizki, shu yillar ichida Harryning 2 do’sti uni doim qo’llab-quvvatlab kelishdi. Ularning ismini bilasiz. Qonli shahzoda esa Severus Sneip ekanligi, Woldemortni faqatgina Harry Potter o’ldira olishi ham asarning so’nggi qismida batafsil aytib o’tilgan. Yozuvchi ham o’z asaridan ta’sirlangan bo’lsa kerak. Asosiy qahromonimizning hayoti esa har bir o’quvchini qiziqtirishi turgan gap. Biz esa yozuvchidan bundan-da, qiziqroq asarlar, Harry Potterdan esa yangi qahramonliklar kutib qolamiz. Shu asar asosida ajoyib filmlar ishlangan bo’lib ular xuddi shunday nomlar bilan ataladi. Bu nomdagi filmlar hozir katta ekranlarga chiqqan hamda yuqorida keltirilgan olti qism kattayu kichik tomoshabinlarga takror-takror havola etilayotir. Filmda yosh Harry Potter rolini Daniel Radclife o’ynagan. Nazarimizda, ingliz xalqining bu asari butun dunyo bolalarining sevib o’qiydigan kitoblari qatoridan o’rin egallashga ulgurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |