3-mavzu. X.K.Andersen ertaklarida tarix va zamon ifodasi (1 soat) ; Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Xans Andersen haqida ma’lumot. Andersenning Yevropa bo’ylab sayohati va ijodiy olami. Adib asarlarining janriy arsenali. Andersenning tarixiy asarlari va ertaklari bolalar kitobxonligida. Adib ertaklarining mavzuviy mundarijasi va obrazlar olami. Eratklardagi hayvonlar, parrandalar va hasharotlar obrazlari hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati. Daniya ertakchisi Xans Andersen ijodining o’zbek bolalar kitobxonligidagi o’rni.
4-mavzu. Sharl Perro ertaklarining g’oyaviy-badiiy
xususiyatlari (1 soat) ;
Yevropada adabiy ertak janrining paydo bo’lishi va taraqqiyoti haqida. Nasriy-adabiy ertaklarning janriy xususiyatlari. Sharl Perro badiiy ertak asoschisi. Uning “Qizil Shapkacha”, “Zolushka”, “Etik kiygan mushuk” asarlarining jahonga mashhurlik sabablari. Adib ertaklarining o’ziga xos tamoyillari. Adib ertaklarining g’oyaviy dolzarbligi va badiiy xususiyatlari.
Adabiy ertakda taxayyulot. Adabiy ertaklarning tarbiyaviy-estetik ahamiyati. 5-mavzu: Janni Rodarining “Rim ertaklari”
qissalar turkumi tahlili (2 soat)
a ) “Telefonda aytilgan ertaklar” qissasi; b ) “Jelsomino yolg’onchilar mamlakatida” qissasi haqida; v ) “Yangi yil archalari” qissasi; g ) “Osmondagi tort” qissasi; d ) “Televizorga kirib qolgan Jim” qissasi tahlili; e ) “Qanday xatolar bo’ladi” qissasiga munosabat.
2. Adib qissalarining o’zbek tiliga o’girilish tarixi.
Hech bir odam yo’qki, mo’jizotlarga qiziqmaydigan bo’lsin. Garchi ochiqoydin iqror bo’lmasakda, qandaydir g’ayrioddiy, sirli, aqlu idrokimizni hayratga soluvchi narsalar haqidagi ezgu orzular har birimizning vujudimizda, qalbu shuurimizda muqarrar joy olgan bo’ladi. Bu go’zal orzular aslida biz dilu jonimiz bilan berilib ertaklar tinglagan oils bolalik chog’larimizda nish urganligi shubhasizdir. Ertak insonni kichikdan katta qiladi, deb xalq bejiz aytmagan. Ertaklar hamisha yaxshilik qilishga o’rgatib kelgan, yuzaki, minnatli, g’arazli emas, chinakam, samimiy, pok niyat bilan yaxshilik qilishga undagan. O’zi boshdan oyoq afsonayu to’qima gaplardan iborat bo’lishiga qaramasdan bizlar chinakam haqiqatni dastavval ertaklar timsolida teran va yaqqol his etamiz va anglaymiz.
Bolalik paytida bo’lajak buyuk ertakchi Xans Kristian Andersen otasidan, ertaklar nima degani, deb so’raganida, u o’g’liga shunday javob qilgan ekan:
-Agar hayotni bekamu ko’st va haqqoniy aks etdirgan bo’lsa, haqiqiy ertak degani o’sha bo’ladi. Bundan tashqari, chinakam ertak kishini o’ziga tortib, yuragiga jiz etib tegadi. Binobarin, Janni Rodarining boy tasavvurotlari tufayli dunyoga kelgan qahramonlar endilikda kitob sahifalarini tark etib, hayot qo’yniga singib ketishgan. Rodarining kitoblari ota-onalar va tarbiyachilarning bolalar bilan yaqinlashuvida, ular bilan birga o’ynab kulishlarida, bahslashishlarida yordam beruvchi vositadir. Italyan sehrgarining ertaklari ham kichik, ham katta- barchani bab-baravar mahliyo etib, hamma ertaklar kabi dillarda qanotli sevinch tuyg’ularini uyg’ota oladi.
Janni Rodari o’z ertaklarini yeti yoshdan yetmish va undan ham ulug’ yoshdagi kishilarga mo’ljallab yozadi. “Juda ko’p ertaklarim katta yoshdagi odamlar uchun yozilgan,-deb ta’kidlaydi yozuvchi.-Darvoqe, bolalar uchun asar yozar ekanman, bir ko’zim bilan ertak o’qiyotgan o’g’li uzra egilib turgan otani ko’rib turaman.”
Do'stlaringiz bilan baham: |