Juanna Rowlingkitobining ikkinchi qismi “Harry Potter va maxfiy hujra” deb nomlanadi. Bu qismda Potter maktabning 2-kursida ta’lim oladi. O’qishning ilk kunlaridanoq yosh Harryni ko’p sarguzashtlar kutadi.
Bu maktabning asoschilari Godrik Grifindor, Helga Bufenduy, Ravena
Kogtevram va Salazar Slizeren ismli odamlar bo’lib, ularning ichida bir yovuz ya’ni Salazar Slizeren maktabda faqat butun oilasi sehrgar bo’lgan bolalar o’qishi kerak deb hisoblaydi va ota onasi sehrgar bo’lmagan o’quvchilarni “haromqon” deb haqoratlab, ularni o’ldirishni boshlaydi. Qolgan uchala sehrgar bundan xabar topishib, Slizerenni maktabdan haydashadi. Slizeren maktabdan ketayotib maxfiy hujra paydo qiladi. Bu hujra maktabda qachonki Slizerenning haqiqiy davomchisi paydo bo’lsagina ochiladi va u yerdan juda ham dahshatli bo’lgan, bir qarashda kishini o’ldiradigan maxluq chiqib, Slizerenningning fikricha, maktabda o’qishga loyiq bo’lmagan o’quvchilarni o’ldiradi.
Shunday qilib, Harry Potter bu yil ham ajoyib qahramonliklar ko’rsatadi. U maxluqni o’ldirib, maxluq o’zi bilan olib ketgan Jiny Uisly ismli qizchani qutqaradi. Aytib o’tish joizki, bu ishlarning boshida Woldemort turar edi va Slizerenga buyurgan ham aynan shu edi. Uning asl ismi Tom Riddle bo’lib, u o’zidan xotira kundaligi qoldirgan va shu kundalik Harryning qo’liga tushib qolishi orqali u bu ishlarga aralashib ketadi. Dambldor bu yil ham Harryning mahoratiga , uning dovyurakligiga qoyil qolib, u bilan yaqin do’stga aylanadi.
Nihoyat, Potterning bu yilgi o’qishi sarguzashtlarga boy o’tadi. U o’z do’stlari bilan uy-uylariga qaytib ketishadi. J.Rowling kitobining uchinchi qismi “Harry Potter va Azkaban maxbusi” deb nomlanadi. Bu qismda Harry Potter va uning do’stlari 3-kursda ta’lim olishadi. Har yilgidek bu yil ham Potter uchun qiziqarli voqealarga boy o’tadi. Harry maktabga kelmasidanoq yomon xabar butun odamlar orasida tarqaladi. Sirius Black ismli odam Azkabandan qochipti. Azkaban bu juda ham kechirib bo’lmas gunoh qilganlar uchun qamoqxona bo’lib, u yerda juda qattiq nazorat ostida maxbuslarni saqlashadi. Odamlarning gaplariga ko’ra bu odam Harry Potterlar oilasi qayerda ekanligini Woldemortga sotgan va ularning o’limiga sababchi bo’lgan. Endi esa u Potterni o’ldirish uchun qamoqxonadan qochgan. Bu gaplarni Harry eshitadi va Blackni topib undan qasd olishga kirishadi.
Ammo asar oxirida bu gaplarning hammasi yolg’onligi, Potterning ota- onasini boshqa, ya’ni Peter Pedegrew ismli odam sotgani ma’lum bo’ladi. Ammo asar davomida Sirius topiladi va qayta qamaladi. Chunki bu haqiqatni faqatgina
Harry va uning do’sti Germiona ismli qiz bilar edi. Ular Siriusni qutqarib uni qochishiga ko’maklashishadi. Shu yerda yozuvchi Sirius Black Harryning tutungan otasi ekanligini ayon qiladi. Black Harryga uni o’zining uyiga olib ketishi haqida aytadi. Ammo uning tutungan otasi ekanligini ma’lum qilmaydi. Ular bir umrga qalin do’st bo’lib qolishadi. Potter ham uning taklifidan xursand bo’ladi. Axir kim ham o’zi yomon ko’rgan odamlar bilan yashashni xohlar edi.
Yana bir yil o’z nihoyasiga yetdi. Potter vaqtincha xolasinikida yashab, so’ng Blacknikiga ko’chib boradi.