10
BOLA NEGA MAKTABGA BORISHNI XOHLAMAYDI?
Ashurova Muhabbat Sa’dullayevna
Buxoro viloyati Buxoro tumani 38- umumiy o‘rta ta’lim maktabining
oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ta’lim tizimida asosan ta’lim bilan tarbiyani bog‘lab borish muhim sanaladi.
Maqolada o‘quvchilarni maktabga qiziqishini shakllantirish uchun nimalarga e’tibor berish
kerakligi haqida fikr-mulohaza yuritilgan.Oliy toifali o‘qituvchi sifatida va 24 yillik tajribamdan
kelib chiqib,ota-onalar va yosh o‘qituvchilarga o‘z tavsiyalarimni berdim.Maqolada o‘quvchiga
bo‘lgan e’tibor,qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: bola inqirozi,moslashish,bola qalbi,mehr-muhabbat,interfaol ta’lim,didaktik
o‘yinlar.
Barkamol shaxsni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimining oldidagi
dolzarb muammolaridan biridir.
Har bir ota-ona farzandini yetuk,barkamol,yaxshi inson bo‘lib yetishishini istaydi,farzandi
o‘zidan ham bilimli bo‘lishi,yaxshi yashashi uchun harakat qiladi. Lekin ota-onalar orzu qilgan
narsalar doim ham amalga oshavermaydi. Farzandlarimiz ichida maktabga borishni istamaydigan
bolalar ham uchrab turadi.
1-sinf o‘quvchilari odatda ijtimoiy moslashishda muammolarga duch keladi. Har kuni ertalab
bola tushkunlikni his qiladi,maktabga bormaslik uchun sabab izlaydi.Shu bilan birga,dam olish
kunlari yoki ta’tilda u o‘zini butunlay yaxshi his qiladi.
Biz oilada bolalarni maktab yoshiga yetishidan avval maktab to‘g‘risida, u yerdagi narsalar
to‘g‘risida ijobiy fikrlar bilan bilan moslashtirib borishimiz kerak.
Kichik yoshdagi bolaning maktabga borishni xohlamasligi ko‘p hollarda unga yetarli mehr-
muhabbat yetishmayotganidan darak beradi.Bu uchun ota-onalar farzandlari bilan ko‘proq
suhbatlashishlari,uning nima istayotgani,qanday maqsadlari,qiziqishlari borligini so‘rashlari
kerak.Farzandlari bilan birga dars tayyorlashlari ,bilmaganlarini hayotiy tajribalaridan kelib chiqib
yordam berishlari kerak.
Odatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq e’tibor talab qilishadi.Dars beruvchi muallim
unga yetarli darajada e’tibor qaratmasa,u o‘zini ortiqchadek his eta boshlaydi va bilim berayotgan
insonni o‘zidan uzoqlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.Bu holatda ota-onalar farzandlariga vaziyatni
to‘g‘ri tushuntirib uning qarashlarini o‘zgartirishlari lozim. Shu bilan birga,o‘qituvchining dars
berish jarayonini ham kuzatib,zarur hollarda u bilan ham suhbatlashish darkor.
Agar 1-sinf o‘quvchisi (6-7 yosh) maktabga borishni istamasa, bu muammo maktabga
moslasha olmaganidan darak beradi. 7 yoshida,yoshga bog‘liq yana bir inqiroz boshlanadi,shu
jumladan bolaning maktabga qabul qilinishi. Agar bola psixikasiga bunga tayyor bo‘lganidan
oldinroq maktabga yuborilgan bo‘lsa,moslashuv juda qiyin bo‘ladi, bu esa bolaning sinfda
o‘tirishini istamasligiga olib keladi.Yoshi, inqirozi va bir yetakchi faoliyatdan ikkinchisiga o‘tish
chaqaloqning 7 yoshiga to‘lishi bilan aniq sodir bo‘lmaydi.Shuning uchun,bolani birinchi sinfga
berishga qaror qilishdan oldin,psixologga tashrif buyurib,bolaning ruhiyati yangi harakatlarga
tayyor yoki yo‘qligini bilib olish kerak.
Agar bola birinchi sinfda bo‘lsa ham maktabga borishni rad etsa,moslashish jarayonini
yumshatish uchun psixologga murojaat qilish va uning tavsiyalariga amal qilish kerak.
Ehtimol,yukni ko‘rib chiqish, qo‘shimcha darslarni bekor qilish va maktab ma’muriyati bilan
muhokama qilib,bolani ayrim fanlardan ozod qilish kerak.Bolani yaxshiroq dam olishga,o‘ynashga
imkon bering,shundagina maktabga moslashishi osonroq kechadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘pincha ota-onalarning talablariga javob bera olmaslikdan
qo‘rqishadi va tashvishlanishadi.Bola uyda yomon baho yoki yomon xatti-harakati uchun
jazolanishidan qo‘rqadi.Kichik xatolari tufayli ham bola xafa bo‘lishi mumkin. Moslashuv davri
bir oydan olti oygacha davom etadi,shundan keyin yosh o‘quvchilarda tashvish darajasi normal
holatga qaytadi.
Ota-ona farzandiga qanday yordam berishi mumkin?
24 yillik pedagogik ish faoliyatidan kelib chiqib,ota-onalarga quyidagilarni tavsiya qilaman:
1.Farzandingizning hayoti,fikrlari,his-tuyg‘ulari,qo‘rquvlari bilan qiziqing.Unga ular haqida
834
10
gapirishni o‘rgating.
2. O‘g‘lingiz yoki qizingizga biron bir narsani bilmaslik yoki o‘z vaqtida bajara olmaslik
odatiy ekanligini tushuntiring. Uyaladigan hech narsa yo‘q. Agar bola charchagan bo‘lsa,buni
aytishdan uyalmasin.Afsuski zamonaviy talablar ko‘pincha haddan tashqari ko‘p.
3. Farzandingizni masxara qiladigan sinfdoshini o‘qituvchisiga yoki ota-onasiga qo‘ng‘iroq
qilishga shoshilmang.Har doim ham bunday aralashuv yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin.
Bundan tashqari bu usul bilan bolaga mustaqillikni o‘rgata olmaysiz.
4. Farzandingizni yoqimsiz vaziyatlar(yomon baholar,sinfdosh bilan janjallashish)dan xulosa
chiqarishga o‘rgating.Olingan tajriba yanada ko‘proq muammolarni oldini olishga yordam beradi.
5. Ertalab bolani baqirish va urish bilan uyg‘otmang.Bolalar qanday kayfiyatda
uyg‘onishlari,maktabdagi kayfiyatlariga ta’sir qiladi.
6. Bolaga o‘rnak bo‘ling.O‘zingizning tashvishlaringiz,ishdagi qiyinchiliklaringiz bilan
o‘rtoqlashing va ularni qanday yengganingizni ayting.
7. Ba’zi hollarda,agar ota-onalar yordam bermasa yoki vaziyatni tushunmasa kechiktirmay
psixolog bilan maslahatlashish yaxshiroqdir.
Oiladagi mehr-muhabbat,farzandlarimizga bo‘lgan diqqat e’tibor bolalarimizning kelajagini
belgilaydi.Shuni unutmasligimiz kerakki,farzandlarimiz kelajagi o‘z qo‘limizda.
Oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida yosh o‘qituvchilarga quyidagilarni tavsiya
qilaman:
1. Bola maktabda psixologik noqulaylikni boshdan kechiradi.Ehtimol,bu tashqi omillar bilan
bog‘liq:o‘qituvchining qobiliyatsizligi va qo‘polligi bo‘lishi mumkin. O‘quvchingizni o‘z
farzandingizdek yaxshi ko‘rib,chiroyli muomala qilib,doimo mehr berishga harakat qiling.
2. O‘quvchingiz maktab kelmasidan ancha oldin harflar va raqamlarni o‘rgangan bo‘lishi
mumkin.Ular o‘qituvchi nima haqida gapirayotganini bilishadi,darslarda zerikishadi.Ammo
iqtidorli o‘qituvchi har doim bolalarni yangi materialning savodli va noyob taqdimotiga qiziqtirish
uchun yo‘l topadi.Darslarda doimo interfaol ta’lim va didaktik o‘yinlardan ko‘proq foydalaning.
3.Har bir darsingizda dam olish daqiqalarida harakatli o‘yinlardan foydalaning,chunki o‘yin
bu bola faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
4. Har bir o‘quvchingizga e’tiborli bo‘ling.Odatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq
e’tibor talab qilishadi.Agar o‘qituvchi yetarli darajada e’tibor qaratmasa, u o‘zini ortiqchadek
his eta boshlaydi va ustozini o‘zidan uzoqlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
5. O‘quvchilaringizni doimo rag‘batlantirib turing.Chunki,kichkina yutug‘iga maqtov
eshitsa,albatta,bu katta muvaffaqiyatlarga erishishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
6. Doimo o‘z ustingizda ishlang.Bugungi kun o‘qituvchisi o‘z ustida ishlashi,darsni samarali
tashkil qilish uchun zamonaviy usullarni tadbiq etishi,bir so‘z bilan aytganda, darsga innovatsion
yondashishi ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega.
7. Bugungi kun o‘qituvchisi o‘quvchilarga faqatgina bilim beribgina qolmay,ularni mustaqil
ishlashga,erkin fikrlashga,ijodkorlikka ham o‘rgatmog‘i zarur.
Xulosa qilib aytganda,o‘qituvchi doimo ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borsa,bolaning
maktabga moslashish va bilim olish jarayoni osonlik bilan amalga oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Maktab ta’limini rivojlantirish.2-bosqich loyihasi.’’O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim’’ 1-modul kitobi./Toshkent 2013-yil,103-bet/.
2.
O‘qituvchi
nimalarni
bilishi
kerak.Muallif:N.M.Bekniyozov./Toshkent
2016-yil,38-bet/.
3. Psixologiya.G’oziyev A.Z./Toshkent.O‘qituvchi 1994 yil/
4. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya./Toshkent.T.D.P.U. 2004-yil/
Elektron ta’lim resurslari:
1. WWW Ziyonet.uz.
2. info@ iqtidor.uz.
3. https://daryo.uz.
835
Do'stlaringiz bilan baham: |