Масъул муҳаррир


“BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHNING



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet563/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   559   560   561   562   563   564   565   566   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
“BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHNING 
DOLZARB VAZIFALARI”
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani 
XTB ga qarashli 1-umumta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 Madrahimova Sayyora Ochilovna 
Annotatsiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yuksak bilim bilan birgalikda mentalitetga xos 
bo‘lgan tarbiya, kattaga hurmat, kichikka izzat kabi axloqiy me’yorlarni goballashuv jarayonida 
yoshlar qalbiga singdirish har bir o‘qituvchining vazifasi ekanligi hayotiy va huquqiy misollar 
bilan asoslab berishga harakat qilingan.
Shu bilan birgalikda boshlang‘ich ta’lim yoshlarning buyuk kelajagi uchun asosiy poydevor 
vazifasini bajarishi lozimligini tarixiy qiyoslashlar samarasi o‘laroq yondashgan holda tahlil 
qilingan.
Kalit so‘zlar. Boshlang‘ich ta’lim, o‘zbek xalqi, Davlat ta’lim standarti, Xalqaro baholash 
dasturlari, sifatli ta’lim, texnik elementlar, kasbiy kompetenlik.
Annotation. Attempts have been made to justify with real-life and legal examples that it is the 
duty of every teacher to inculcate in the hearts of young people the moral values of mentality, 
respect for the elder, and the lesser in the process of gobalning.
At the same time, it has been analyzed from the point of view of historical comparisons that 
primary education should play a key role in the great future of young people.
Keywords. Primary education, Uzbek people, State educational standard, International 
assessment programs, quality education, technical elements, professional competence.
Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor 
hissini kamol toptirishda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi fanlarning o‘rni beqiyosdir. Shunday 
ekan, biz ham boshlang‘ich ta’lim tizimidagi fanlarni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni 
ko‘zlagan holda ish olib bormog‘imiz maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich ta’lim tizimi uzoq tarixga ega. Qadimdan bobolarimizning 
ma’rifatli jamoa qurish orzusi asrlar osha o‘zbek xalqi qonida yashab kelmoqda.
Mustaqilligimiz ana shu orzularga qanoat berdi, ishonch uyg‘otib ko‘maklashdi. 
Hususan boshlang‘ich ta’limning Davlat ta’lim standartlari takomillashib, zamon talablari 
darajasida yangilanib bormoqda. Ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar uning mazmuniga, sifatiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Xalqaro baholash dasturlarining xalq ta’limi tizimiga kirib kelishi 
baholashning o‘z milliy tizimini yaratishga asos bo‘ladi. Ularga asosan yangi o‘quv dasturlar 
va darsliklar yaratilmoqda. Mana hozirgi kunga kelib barcha o‘quvchilar keng va yorug‘ o‘quv 
xonalarida zamonaviy jihozlangan binolarda ta’lim olmoqdalar. 
Har qanday sohada rivojlanish jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ana shu jarayon bilan 
hamohang holatda ta’limda, boshlang‘ich sinflar bosqichida ham yangiliklar, o‘zgarishlar, sifatli 
ta’lim jarayonlari muhim, albatta. Bunda asosan pedagogik kadrlarni o‘rni katta. Bir necha yillik 
tajribaga tayangan holda shuni aniq ayta olamanki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-
tarbiya sifatini oshirishning birinchi fundamenti bu sinf o‘qituvchilarini tayyorlaydigan oliy 
ta’limdan boshlanadi. Avvalo insonda ustoz bo‘laman degan qiziqish, qobilyat va ma’sulyatni 
his qila oshish hissi bo‘lishi kerak. Qolaversa bilim yurtida beriladigan ta’limni tushunarli holda 
o‘z ongiga singdira bilgan talaba keyinchalik amaliyot jarayonida qiynalmaydi. Bilim berish 
bilan birga amaliyotni ko‘paytirish kerak. Chunki kelayotgan amaliyotchi xuddi yangi zamonga 
tushib qolganday sezmasligi kerak. 
Bundan tashqari barcha pedagoglar besh yildan oshmagan holda o‘z vaqtida pedagoglarning 
malakalarini oshirish hududiy markazlarida malaka oshirib zamon talablariga mos holdagi yangi 
metodlardan va yangiliklardan xabardor bo‘lishi zarur. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi berayotgan ta’lim zamon talablariga mos holda bo‘lishi uchun 
texnik elementlarni aniq bilishi hamda ularni ta’limiy tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarda 
qo‘llay olishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hududiy qishloq, shahar va yoshini hisobga 
olgan yondashilsa o‘qituvchi hamda o‘quvchi uchun ham qulaylik yaratiladi. 3-4 soatlik darsdan 


823
10
bo‘shagan boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bilan o‘qituvchi bemalol qo‘shimcha muloqatda bo‘lishiga 
imkon yaraladi
1

Ta’lim-tarbiyani sifatini ko‘tarishning asosiy negizi o‘quvchini yosh xususiyatidan kelib 
chiqqan holda yondashish va o‘qituvchini doimiy o‘z ustida ishlashidir. 
Qo‘shimcha dars-bolani dars davomida to‘liq o‘zlashtira olmagan bilimini to‘ldirishga, 
ulgurmagan tushunchasini kengaytirib o‘rganishga katta imkon bo‘ladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki 
har qanday past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan qo‘shimcha haftasiga 3-4 soat ishlansa albatta 
ijobiy samara beradi. Boshlang‘ich sinfdagi ta’lim-tarbiyani sifatini oshirishning yana bir omili 
bu davomad. Bunda mahalla, oila, maktab konsepsiyasi katta ro‘l o‘ynaydi. Bola bir kunlik dars 
jarayonida qolsa undagi qabul qilish va mavzularni bir-biri bilan bog‘langan tarzda o‘rganish 
sxemasi buziladi va bo‘shliq paydo bo‘ladi. Buni to‘ldirish uchun u bir necha soatlik qo‘shimcha 
dars olishi kerak. Kichik maktab yoshidagi bolani maktabga qabul qilishda sog‘ligini to‘liq 
nazoratdan o‘tkazish kerak, keyinchalik sinfdagi boshqa o‘quvchilarga va dasr jarayoniga halaqit 
bermasligini tashxis bo‘limi psixologi tomonidan ham nazorat qilinishi lozim.
Yuqori sinf o‘qituvchilari bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida shunday bir bog‘lanish 
bo‘lsinki, unda o‘qituvchi nafaqat ta’lim-tarbiya sohasida balki muomila madaniyati kiyinish, 
etika va estetik jihatdan bir-birini to‘ldirishi shart. 
Bunda tuman metadislari o‘zlarining ta’lim yo‘lidagi yangiliklarini yo‘nalishi doirasida tuman 
o‘qituvchilariga yetkazib borishlari bilan biralikda takomillashtirilgan yangi g‘oya va kriativ 
ishlangan seminarlar o‘tkazib turishi natijalari o‘laroq, tez-tez ustozlarni yangiliklardan boxabar 
qilishlari, yangi metodlarni o‘rgatishlari, o‘qituvchilarning kasbiy kompetenligini oshirish 
yo‘llarini topishlari kerak. Ochiq dasrlar va semenarlarni tashkil etishlari, kasbiy malakalarini 
oshishiga amaliy yordam bo‘ladi. 
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning yana bir usullaridan biri doimiy ravishda o‘qituvchilarning 
dars tahlillarida faol bo‘lishlaridir.
Agarda yuqori sinf ona tili fani o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfdagi yozuv, ona tili va o‘qish 
darslariga tahlilga kirsa, matematika va fizika fan o‘qituvchilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 
ustozlar bir-biridagi bo‘shliqlarni to‘ldiradilar va fanlar aro kompetensiyayaviy bog‘lanish ta’lim 
sifatini oshirishga yordam beradi. 
Yana bir alohida ahamiyatli jihati o‘quvchilarda ham sinfdan sinfga yuqorilagan sayin 
darslarni o‘zlashtirishlari osonroq bo‘lishi natijasida past o‘zlashtiradigan o‘quvchilar sonini 
keskin kamayishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, bular har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldida turgan asosiy vazifa 
ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning dolzarb vazifalaridir. Bugungi kunda ana shu talablardan kelib 
chiqqan holda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oliy ma’lumotli, yetuk mutaxassis bo‘lishi bilan bir 
qatorda muntazam o‘z ustida ishlaydigan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda innavatsion 
texnologiyalarni ta’limda qo‘lay oladigan, bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga 
olgan holda, usul va metodlarni tanlay oladigan salohiyatli kadr bo‘lishi talab etiladi. Xulosa 
qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi kunda dunyo miqyosida ta’lim tizimining rivoj topib 
borayotganligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bu albatta boshlang‘ich ta’lim tizimiga 
ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bilamizki boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarda 
mustahkam bilim hosil qilish, jamiyatning hamma jabhalarida ijodiy faoliyat ko‘rsata oladigan 
savodli va madaniyatli shahslarni tarbiyalashga erishishdan iboratdir. Bunda esa o‘qituvchilardan 
asosiy talab yosh avlodga barcha fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish, shu bilan bir 
qatorda olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini yaratishdir. Bu talablarni amalga oshirishda 
yaxshi o‘qish malakalarini takomillashtirish ham muhim hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda yaxshi o‘qish malakalarini shakllantirishda yaxshi, ongli, tez va to‘g‘ri 
o‘qishning ahamiyati kattadir. Yuqorida ko‘rib o‘tkanimizday buning uchun bizlarga albatta 
hozirgi ta’lim tizimiga kirib kelgan va ajralmas qismiga aylangan ilg‘or pedagogik texnalogiyalar 
va ta’limiy o‘yinlar, mustaqil ishlardan unumli foydalana olishimiz muhimdir. Shuningdek 
an’anaviy usullardan cheklanib yangi zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangan holda 
darsni samarali tashkil etish mumkin. O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish davridan boshlanib 
keyingi sinflarda takomillashtira boramiz. Agar biz shu usullar, qo‘llanmalar, interfaol metodlar, 
ko‘rgazmalar asosida ijodiy yondashib darsni tashkil etsak ko‘zlagan maqsadimizga erishgan 
1
Mahkamov U., Tilyaboeva N. Kasbiy mahorat. / O‘quv qo‘llanma. 134-b- T.: TDIU, 2007.


824
10
bo‘lamiz.
Shu bilan birgalikda boshlang‘ich sing o‘quvchilarga ta‘lim bilan birgalikda tarbiyaga ham 
alohida yondashish talab qilinadi. Agar har bir o‘qituvchi ta’lim hodimi yosh katta maqsadlar va 
orzular yo‘lida qadam qo‘ygan yosh qalbga yurt tayanchi, ertangi kun bunyodkori degan fidoyi 
maqsad yo‘lida yondashsa yoshlarimiz ta’lim va tarbiya borasida yetuk va Vatan uchun amaliy 
yordam bera oladigan kadr bo‘lib chiqadi.
Bunda dastlab o‘qituvchi kasb salohiyati darajasi yuqori intelekti yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoev “Ilm-fan yutuqlari-
taraqqiyotning muhim omili” nomli ma’ruzasi. 2016 y 30 dekabr.
2. Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi. –T.: Yangiyo‘l poligraf servis, 2010.
3. Bahodirov R.M. “Ilmlar fazilati” Toshkent.: “Qatortol - Kamolot”,1997.
4. Mahkamov U., Tilyaboeva N. Kasbiy mahorat. / O‘quv qo‘llanma. - T.: TDIU, 2007.


825

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   559   560   561   562   563   564   565   566   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish