744
10
huquqlarini toʻliq anglab yetishi, qonunlarga boʻysinishi va uni hurmat qilishi, oʻzining huquqiy
majburiyatlarini bajarishi, qonunni buzmaslik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishi ham huquqiy
madaniyatlik belgisi hisoblanadi.
Biz shaxsning huquqiy madaniyatini insonning huquqiy faoliyati asosidagi qadriyatlar tizimi
sifatida belgilaymiz. Huquqiy qadriyatlar, bizning fikrimizcha, huquqiy madaniyatning asosidir.
Ular inson va jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni qonun
orqali tartibga solishda
ehtiyojlarini qondiradigan bir xil ma’naviy qadriyatlarni anglatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlat rivojlanishining tarixiy jarayoni jamiyatda huquqiy
qadriyatlarning ustuvorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Masalan, davlat rivojlanishining
turli bosqichlarida bular jamoat tartibi, qonunga bo‘ysunish, milliy qadr-qimmat, hukmron
tabaqaning irodasi, fuqarolik va boshqalar edi (59). Yangi, demokratik
davlatning shakllanishi
va rivojlanishi sodir bo‘layotgan hozirgi bosqichda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
zamonaviy qadriyatlari - inson hayoti, uning huquqlari, erkinligi, adolat,
qonun ustuvorligi,
odamlarning huquqiy tengligi va boshqalar birinchi oʻringa chiqadi [4, 571-584].
Zamonaviy huquqiy aksiologiya gumanistik huquqiy qadriyatlarning mazmuni va tuzilishini
ochib beradi. Eng muhim huquqiy qadriyat – inson shaxsidur, bu mamlakatimiz asosiy qonunida
va xalqaro hujjatlarda ham aks ettirilgan va oʻz-o‘zidan qadriyatlar ierarxiyasida inson huquqlari
eng muhim qadriyatlar maqomiga ega bo‘ladi. Inson huquqlari har bir inson o‘z qadr-qimma-
tini e’tirof etishini ta’minlaydi. Eng muhim qadriyatlardan yana biri bu erkinlik tushunchasidir.
Erkinlik faqat qonun bilan belgilangan holda boshqalarga zarar keltirmaydigan har qanday nar-
sani qilish, o‘z e’tiqodlari, tushunchalari, manfaatlariga muvofiq harakat qilishdur.
Erkinlikning qadr-qimmati boshqa huquqiy qadriyat - adolat bilan bog‘liq. Adolat - bu ijtimoiy
munosabatlarning tartibidir.
Huquqiy madaniyat jarayonida aksiologik yondashuv oʻz mohiyatiga koʻra voqelikni atroflicha
oʻrganish hamda chuqur idrok yetishda muhim oʻringa ega. Akademik litsey oʻquvchilarining
huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvdan kutiladigan maqsad –
qonunlar, davlat ramzlari, huquq sohasidagi mutaxassislarning boy tajribasi va barcha huquqiy
qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati, ularni qadriyat darajasida bilish,sinchiklab oʻrganishdan
iborat. Akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik
yondashuv samaradorligini oshirishda oʻquvchilar orasida tajriba-sinov ishlari olib borilishi kerak.
Bundagi maqsad litsey oʻquvchilarining huquqiy qadriyatlar haqidagi tasavvurini boyitish uchun
ularga aksiologik yondashish va shu
orqali ularning qadriga yetish, dars jarayonida huquqiy
bilimlarini rivojlantirishdan iborat. Litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda
aksiologik yondashuvda, pedagogik metodlardan keng foydalaniladi. Oʻquvchilarning huquqiy
madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvni faqat ta’lim jarayonida emas,
balki
auditoriyadan tashqari tashkil qilinadigan huquqqa oid tadbirlar va tanlovlar, toʻgarak ishlarida
ham uzviy tashkil qilish lozim. Shuningdek, aksiologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun ta’limning turli shakl va uslublaridan keng foydalanish zarur boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida aksiologik yondashuv asosida akademik litsey
oʻquvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish orqali ularning
huquqiy madaniyatini
yuksaltirish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashti-
rish toʻgʻrisida PF-5618-son, 2019 yil 9 yanvar
2. Kaldibekova A, Xodjaev B. Pedagogik aksiologiya.– T.: 2009.
3. Сластенин В. А., Чижакова Г. И. Введение в педагогическую аксиологию. – М.: Ака-
демия, 2003
4. Сальников В. П. Правовая культура//Теория государства и права. Курс лекций /Под
ред. П. И. Матузова, А. В. Малько.-М.:Юристъ,1999