10
II. Ta’limiy o‘yin “Gap tuz” deb nomlanadi. Bu o‘yinda sinf ikki guruhga bo‘linadi va daraxt
rasmi beriladi . O‘qituvchi tomondan o‘rtaga umumiy savollar beriladi .
1 –guruhga
1) Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Tuzilgan gapda shaxs va
narsaning nomini bildirgan so‘z ishtirok etsin.
Misol uchun: Daraxtdagi olmalar pishgan .
2)Shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Tuzilgan gapda shaxs
va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘z ishtirok etsin.
Misol uchun: Olma daraxtimiz ko‘p hosil berdi.
2- guruhga .
1) Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Tuzgan gapda shaxs va
narsaning belgisini bildirgan so‘z ishtirok etsin.
Misol uchun: Bog‘imizdagi olmalar qip –qizil tusga kirdi.
2) Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘z ishtirok etgan gap tuzing. Tuzgan gapingizda
shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘z ishtirok etsin .
Misol uchun: Daraxtdagi olmalar to‘p –to‘p qilib yerga tushdi .
Guruhlar tuzgan har bir gap savol- javob orqali tahlil qilinadi va rag‘batlantirib boriladi. Ushbu
o‘yin orqali o‘quvchilarning guruhda ishlash ko‘nikmasi shakllanib, tafakkur doirasi kengayadi .
O‘z fikrini mustaqil bayon qila oladi . Bu o‘yinni mavzuni mustahkamlashda foydalanilsa katta
samaraga erishish mumkin.
III. PISA tatqiqotlarida o‘quvchi dasturni o‘zlashtirganligini emas, balki bilim va ko‘nikmalarni
hayotda qay darajada qo‘llay olishini baholaydi .PISAda butun dunyo o‘quvchilarining
ta’limda erishgan natijalarining sifatli va haqqoniy ekanligiga e’tibor qaratiladi, shu bilan birga,
o‘qituvchilar,ta’lim sohasi vakillari va siyosatchilar uchun boshqa mamlakatlardagi ta’limga oid
davlat siyosati hamda amaliyoti haqida tasavvurlarni boyitish imkonini beradi .
1 . Quyidagi rasmlarning qaysi birida gap tasvirlangan ?
596
10
A)
B)
D)
2. Quyidagi rasmlardan farqlisini toping ?
A)
B)
D)
Ushbu testlar natijasiga ko‘ra o‘quvchilar rasmlarga qarab fikrlashni, atrof –muhit, tabiat
haqida o‘rtoqlari bilan bahslashishni o‘rganadi. PISA testlar murakkab bo‘lishiga qaramasdan
o‘quvchi ongini rivojlantiradi va boshqa dars mashg‘ulotlarida foydasi seziladi. Masalan
matematika darsida shakllarni aniqlashda, atrofimizdagi olam fanida hayvon,o‘simliklarni bir-
biridan farqlashda ularda ko‘nikma hosil bo‘ladi. Ushbu metodni boshqa metodlardan farqli
jihati shundaki,yuqori sinflarda murakkablashgan holatda qo‘llash mumkin.
Pedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchilar mavzuni ancha oson va tez o‘zlashtirishlari
mumkin. Pedagogik texnologiyada o‘quv maqsadlarini qo‘yilishi o‘zining ma’lum xususiyatlariga
ega. Bu shundan iboratki, ta’lim maqsadlari o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan aniq
ko‘rinadigan va o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. N.Atayeva, M.Salayeva, S.Xasanov. Umumiy pedagogika. (pedagogika nazariyasi va
amaliyoti asoslari). Darslik. Toshkent.: 2013
2 Ona tili darsligi 1 sinflar uchun. T.G‘afforova, E.Shodmonov, X.G‘ulomova. Toshkent
2019 y
3 “Ma’rifat” gazetasi 2019 yil 3 son
4 “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali 2019 yil sentabr
597
Do'stlaringiz bilan baham: |